• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

    Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyevga yo‘l harakati xavfsizligi sohasini isloh qilishga doir ko‘rsatmalari uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Uning qayd etishicha, prezident raisligidagi yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan videoselektor “nihoyatda tanqidiy ruhda” o‘tgan.

    “Men, avvalambor, barcha ichki ishlar xodimlari nomidan hurmatli prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki ko‘p yillardan beri ichki ishlar tizimida, ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgandi. Mana shu muammolarning yechimini, ularning sabablari va bartaraf etish chora-tadbirlarini bandma-band, bosqichma-bosqich belgilab berdilar” — degan u.

    Bekmurod Abdullayevning ta’kidlashicha, prezident avtomaktablardagi ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratgan. Ularning “talabga umuman javob bermasligi” to‘g‘risida qattiq tanqidiy fikrlar bildirgan.

    “Bu borada prezidentimiz barcha mavjud maktablarni inventarizatsiya qilish, ularning infratuzilmasini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasining qarorini ishlab chiqqan holda, ularga bo‘lgan talablarni jahon standartlariga mos ravishda to‘ldirish va talabga javob beradigan avtomaktablarnigina ta’lim tizimida qoldirish topshirig‘ini berdi”, — degan u.

    Bekmurod Abdullayev, shuningdek, haydovchilik maktablarida o‘qitish metodikasi va davomiyligini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

    “Agar ilgari haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha darslar ikki-uch yil yoki kamida olti oy davom etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu muddat uch oy — 277 soatdangina iborat. Prezident buni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar tajribasini o‘rganib chiqqan holda, mutlaqo yangi ta’lim tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi”, — degan vazir o‘rinbosari.

    Bundan tashqari, prezident Toshkent shahrida avtomobillar maksimal tezligini 70 kilometr/soat dan 60 kilometr/soatgacha tushiriladi. Mamlakatdagi barcha maktab va bolalar bog'chalari yaqinidagi tezlik 30 kilometr/soat qilib belgilanib, qoida 300 metr masofada amal qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshlagan. Bekmurod Abdullayev faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarda haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayishini aytib o‘tgandi. “Endi puli yoki tanish-bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz”, — degan u.

    Shuningdek, u hukumat yangi imtihon markazlari bo‘yicha har qanaqa asosli e’tiroz va tanqidlar bo‘lsa, buni to‘g‘ri qabul qilishini hamda fuqarolarga, jurnalist va blogerlarga doim ochiq ekanini ma’lum qilgan. “Ammo sizlardan iltimos, asossiz, shunchaki eski korrupsion tizimni xohlab ko‘r-ko‘rona qilinadigan tanqidlarga og‘ir-bosiqlik va xolislik bilan munosabat bildirsangiz xursand bo‘lar edik. Bir narsani unutmaylik, bu islohotlarning barchasi faqat va faqat xalqimiz, inson qadri, fuqarolarimiz hayoti va salomatligi uchun”, — deya qayd etgan vazir o‘rinbosari.

    Avvalroq O‘zbekistonning barcha viloyatlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlari tashkil etilishi, qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi va haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratilishi xabar qilingandi.

    Mavzuga doir:

    • “Unga qonun yo‘q. Maza qilib yuribdi” — Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda eng ko‘p qoida buzgan haydovchilarni nomma-nom sanadi
    • “Bechora inspektor nima qilishi kerak?” — Shavkat Mirziyoyev YPX xodimlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish muammosi haqida
    • O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi nazorati izdan chiqib ketgan — Shavkat Mirziyoyev

    13.02.2022, 13:35   Izoh (0)   20700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning qator hududlarida 14-fevral kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

    13.02.2022, 12:34

    Xalq ta’limi vaziri Andijondagi uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

    13.02.2022, 12:17

    Qo‘qonda narkodispanserda ro‘yxatda turuvchi erkak dorixona oldida qornini shisha bo‘lagi bilan tilib tashladi (video)

    13.02.2022, 11:54

    Surxondaryoda Instagram orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs ushlandi

    13.02.2022, 11:36

    Olmaliqdagi restoranda mast erkak va ayollar o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

    13.02.2022, 11:15

    Jizzaxda Facebook’da tanishgan ayolni shaxsiy suratlarini tarqatmaslik uchun 5 mln so‘m pul olgan shaxs ushlandi

    13.02.2022, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.