Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 7-fevral kuni Kremlda yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazdi. Asosan, Ukraina atrofidagi vaziyat muhokama qilingan uchrashuv besh soat davom etdi, biroq sezilarli yutuqqa erishilmadi. Aftidan, muzokaralarning eng diqqatga sazovor joyi ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi ulkan stol bo‘ldi. Putin va Makronning 4 metrlik stol atrofida o‘tirishi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazil va memlarga sabab bo‘ldi.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Britaniyaning GB News telekanali boshlovchisi Kolin Brezer “samolyot tashuvchi kemaning o‘lchamidagi stol” Putinga nega kerak bo‘lganidan hayratlandi.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Business Insider’dan Jon Xoltivanger stolni “kulgili darajada katta” deb atadi. Ammo NPR muxbiri Eleanor Beardsley istehzo bilan uni “ixcham va qulay” deb ta’rifladi.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Aktyor Stiven Xanter (“Xobbit” trilogiyasidagi Bombur roli bilan tanilgan) butun boshli dialogni o‘ylab topdi:

— Menimcha, meni qahvamni adashib sizga berishdi.

— Nima?

— SIZDA MENING…

— Balandroq gapirsangizchi!

— Mayli qo‘yavering! Keling, Ukraina haqida gaplasha…

— Nima deb ming‘irlayapti bu?

— Xudo haqqi, kichikroq stol qo‘yinglar!

—ESHITMAYAPMAN.

— Bolalar bog‘chasi…

— HA-HA-HA.

Fransiyaning Liberation nashri stolni o‘z muqovasida aks ettirdi.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Va, albatta, stol memlar qahramoniga aylandi.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Keyinroq Fransiya prezidentiga yaqin ikki manbaga tayanib, Reuters xabar berishicha, yetakchilarning bunday uzoq masofa saqlab o‘tirishiga Makron Rossiyada koronavirusga PZR-testini topshirishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Makronning oldiga tanlov qo‘yilgan — rossiyalik shifokorlar testidan o‘tish va Putin bilan qisqaroq masofa saqlab gaplashish yoki testni rad etib, qat’iyroq qoidalarga rioya qilish.

Reuters suhbatdoshlaridan biri Makronning xavfsizlik nuqta’iy nazaridan Rossiyada PZR testini topshirishdan bosh tortishini shunday izohladi: “Bu qo‘l berib ko‘rishmaslik va shunday uzun stolni anglatishini yaxshi tushunardik. Lekin ularga prezidentning DNKsini olishga ruxsat bera olmasdik”.

Ikkinchi manbaning qo‘shimcha qilishicha, Makron Rossiyaga tashrif buyurishdan oldin Fransiyada PZR testini topshirgan, Rossiyaga kelganidan keyin esa shaxsiy shifokori yordamida antigen testidan o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)