Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan tunnelda ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 11-fevraldan boshlab bir oy davomida Abdulla Qodiriy ko‘chasidan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Rekonstruksiya davomida tunnelning 2 tomonidagi 3 ta yo‘nalishning faqat bittadan yo‘nalishi navbatma-navbat avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. Haydovchilar qolgan 2 ta yo‘nalishda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)