• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yo‘l belgilarini ishlab chiqishda “Avtoyo‘l” monopoliyasi bekor qilinadi

    11-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha mavjud 3 mingga yaqin chorrahada svetoforlarning “yagona egasi” yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Qaysi viloyat hokimi yoki ichki ishlar boshlig‘i ushbu korxonalarni borib, ularning muammolari bilan qiziqqan? Afsuski, hech kim”, — degan prezident yig‘ilishda. Respublika bo‘yicha mavjud 3 mingga yaqin chorrahada svetoforlarning “yagona egasi” yo‘qligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Misol uchun, Toshkent shahrida Katta va Kichik halqa yo‘llari – “Avtoyo‘l”ga, poytaxt ichidagi 74 ta markaziy ko‘cha – shahar obodonlashtirishga, 5,2 mingta ko‘cha – tuman hokimliklariga, mahallalar, ko‘p qavatli uylar hududidagi yo‘llar shirkatlarga qaraydi.

    Endi viloyat va tuman markazlaridagi yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari, svetoforlar, yoritgichlar o‘rnatish, yo‘l chiziqlar chizish, piyoda o‘tish joylarini belgilash, umuman yo‘l harakati vositalarini tartibga solishga Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi mas’ul bo‘ladi. Sohadagi korxonalar hokimliklardan hududiy YXHBlarga o‘tkaziladi. O‘tkazishdan oldin viloyat hokimlariga korxonalarni texnika bilan ta’minlash topshirilgan.

    Shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar ushbu xizmatlar uchun autsorsingga ham yo‘l ochiladi, ya’ni raqobat bo‘ladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu boradagi ishlarni moliyalashtirish uchun YXHB tizimida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika va viloyat jamg‘armalari tashkil etilishi ma’lum qilingan. Jamg‘armalar har yili kamida 400 milliard so‘m tushadigan aniq manbalarga ega bo‘ladi.

    Davlat rahbari misol tariqasida Farg‘ona viloyati tajribasini ko‘rsatib o‘tgan. Viloyat budjetidan 24 milliard so‘m ajratilib, 125 kilometr yo‘llarga yoritgich va nur qaytaruvchi vositalar, 24 ta piyoda yo‘laklariga svetofor, 107 tasiga “sun’iy do‘ngliklar” o‘rnatilgan. Natijada viloyatda umumiy avariyalar 31 foizga, o‘lim bilan bog‘liq holatlar 21 foizga, piyodalar ishtirokidagi hodisalar 37 foizga kamaygan.

    Viloyat, tuman va shahar hokimlariga ichki ishlar boshliqlari bilan birga muammoli joylar, “avariya o‘choqlari”dan kelib chiqib, ularni bartaraf etish bo‘yicha oylik va choraklik manzilli dasturlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

    Bundan tashqari, yo‘l belgilarini ishlab chiqishda “Avtoyo‘l”ning monopoliyasi bekor qilinadi va ushbu sohaga tadbirkorlar jalb qilinadi.

    Ta’kidlanishicha, yo‘llardagi mavjud 400 mingta yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarining yarmi talabga javob bermaydi. Misol uchun, birgina Toshkent shahrida 15 mingta yo‘l belgilari yetishmaydi, 22 mingtasini yangilash talab etiladi.

    Shuningdek, respublika bo‘yicha yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqaradigan 1 dona korxona (“Avtoyo‘l”ga qarashli “Avtoyo‘l belgi” korxonasi) mavjud bo‘lib, uning quvvatlari ehtiyojning 20 foizini ham qoplamaydi. Har bir viloyat hokimligida 1 tadan yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari, svetoforlar o‘rnatish, yo‘l chiziqlari chizishga mas’ul korxona bo‘lgani bilan ularning 80 foiz texnikasi eskirgan yoki yaroqsiz holda.

    Yig‘ilishda Yunusobodning Yunus-ota ko‘chasida 2020-yilda 4 ta avtohalokat sodir bo‘lgan bo‘lsa, 1 dona svetofor o‘rnatish orqali 2021-yilda birorta avariya bo‘lmagani, Kichik halqa yo‘lining Lak-bo‘yoq korxonasi qarshisida qarama-qarshi yo‘lni ajratuvchi to‘siq o‘rnatish orqali avariyalarga barham berilgani misol qilib keltirilgan.

    “Mana sizga ilmiy yondashuv va oddiy tahlil bilan yechim”, — dey di davlat rahbari. Poytaxt va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda tezlik cheklovlarini ilmiy asoslanib belgilash lozimligi qayd etilgan. Jumladan, maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi shart. Ayrim gavjum ko‘chalarda esa hozirgi 70 kilometr soatdan 60 kilometrgacha tushirish zarurati borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi nazorati izdan chiqib ketgan — Shavkat Mirziyoyev
    • “Bechora inspektor nima qilishi kerak?” — Shavkat Mirziyoyev YPX inspektorlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish muammosi haqida
    • O‘zbekistonning barcha viloyatlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlari tashkil etiladi

    11.02.2022, 15:49   Izoh (0)   13106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan yigit ushlandi

    11.02.2022, 15:36

    “Bechora inspektor nima qilishi kerak?” — Shavkat Mirziyoyev YPX xodimlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish muammosi haqida

    11.02.2022, 14:55

    Andijondagi shifoxonada gaz portlashidan biri kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    11.02.2022, 14:26

    O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi nazorati izdan chiqib ketgan — Shavkat Mirziyoyev

    11.02.2022, 14:20

    O‘zbekistonning barcha viloyatlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlari tashkil etiladi

    11.02.2022, 14:14

    O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi

    11.02.2022, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.