• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mening olovli noroziligim qalbim faryodidir”. Dunyo matbuoti va siyosat tarixida burilish yasagan maqola — “J’Accuse…”

    “To‘rtinchi hokimiyat”ning bir bo‘lagi bo‘lmish matbuotda adolat va haqiqatni talab qiluvchi, jamiyat farovonligiga hissa qo‘shgan minglab maqolalar e’lon qilingan. Eng qizig‘i, o‘sha matnlar o‘tmishda shaxslar nomidan-da mashhur, dovrug‘i baland. Jahon matbuoti tarixida chinakamiga burilish yasagan, uni yangi bosqichga olib chiqqan “J’Accuse...” — “Men ayblaymanki...” maqolasi zamonasi uchun tom ma’noda adolat bongi bo‘lgan edi.

    Maqola nega yozildi?

    Foto: “exler.ru”

    1894-yili Fransiya Respublikasining kontrrazvedka xizmati bo‘lmish Statistika va harbiy razvedka boshqarmasi mamlakatdagi nemis harbiy attashesi fon Shvarskoppen nomiga yozilgan, Fransiya armiyasiga doir ba’zi ma’lumotlar keltirilgan imzosiz xatni qo‘lga kiritadi. Ushbu xatda fransuz artilleriyasiga doir maxfiy ma’lumotlar yozilgan bo‘lib, razvedka zudlik bilan bunday ma’lumotga kim ega bo‘lishi mumkinligi va yozuvi xatdagi yozuvga o‘xshash harbiylar ro‘yxatini tuzadi.

    Ro‘yxatga o‘n ikki ofitser kiritilib, fransuz harbiy rahbariyati ular orasidan asli elzaslik (bu viloyat Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi talash hudud sanalib, uni 1871-yili Germaniya Fransiyadan tortib olgandi) yahudiy Alfred Dreyfusni ayg‘oqchi deb topadi. Biroq haqiqiy aybdor Dreyfus emasdi. O‘sha davrlarda fransuz jamiyatida hukm surgan antisemitizm (yahudiylikka qarshi harakat) qarashlari sabab Dreyfusga yetarli isbot va dalillarsiz aybdor tamg‘asi yopishtiriladi.

    1895-yili Dreyfus josuslik va davlatga xiyonatda ayblanib, ko‘plab harbiylar ishtirokida sharmandali ravishda unvonidan mahrum etiladi. Siyosiy jazolarga nisbatan o‘lim jazosining bekor etilgani uchun u Iblis oroliga umrbod surgun qilinadi. Polkovnik Pikar Dreyfusning aybsizligi haqida ommaga bildirganda, uni ham qamoqqa oladilar.

    Alfred Dreyfus

    Alfred Dreyfus
    Foto: LiveJournal

    1897-yili Alfredning ukasi Metyu Dreyfus akasining aybdor emasligini aytib, xat muallifi bosh mayor Esterxazi ekanini oshkor etadi va unga rasmiy ayblov qo‘yadi. Harbiy sud esa Esterxazini aybsiz deb topadi. Sirlari oshkor bo‘lib, sharmanda bo‘lishdan qo‘rqqan fransuz harbiy rahbariyati hatto gumonlanuvchining uyini tintuv ham qilmaydi.

    Bu voqealardan so‘ng fransuz va butun Yevropa jamiyati ikkiga bo‘linadi. Ko‘plab ziyolilar Dreyfusning aybsizligiga ishonadi, ammo bunga qarshilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Fransuz yozuvchi va jurnalisti Emil Zolya ham Dreyfusning aybsizligiga, Fransiya harbiylari mag‘rurlik sabab o‘z aybini tan olmayotganiga amin bo‘ladi.

    1898-yilning 13-yanvarida Zolya bilan hamfikr bo‘lgan Jorj Klemansoga (1906–1909 va 1917–1920-yillari Fransiya hukumatini boshqargan) tegishli “L’Aurore” gazetasida adibning “J’Accuse…(Men ayblaymanki…)” ochiq xati bosilib chiqadi. Xat Fransiya prezidenti Feliks For (bu paytda Fransiya parlament respublikasi edi, mamlakatni bosh vazir boshqarardi) nomiga yozilgan bo‘lib, Zolya unda hukumat va harbiy rahbariyatni antisemitizm, noxolis qaror chiqarishda ayblaydi.

    “J’Accuse…” nima uchun muhim va mashhur?

    Foto: “france24.com”

    Maqola jahon matbuoti tarixida burilish yasaydi. Zolyaning xati Dreyfus ishidagi qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Butun dunyo nigohi Dreyfus ishiga qaratilib, muhokamasi sira tinmaydi. Masalan, rus shoiri Lev Tolstoy bu mashmashaning alohida e’tiborga arzimasligi, undan-da muhim ishlar borligini ta’kidlab, ishni “fransuz matbuoti tomonidan bo‘rttirilgan voqea” deb ataydi.  Anton Chexov esa o‘zining Emil Zolya tarafida ekanini yozadi.

    Fransiyada esa Zolyaning kitoblari antidreyfuschilar tomonidan ko‘chalarda yoqib yuboriladi. Adibga nisbatan sud ishi ochiladi va bir yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Zolya bu jazodan Angliyaga qochibgina qutuladi.

    Dreyfus ishi sud jarayoni

    Dreyfus ishi sud jarayoni
    Foto: Yandex Dzen

    Kurash keskin davom etadi va ish shu darajaga borib yetadiki, Shvarskoppenning o‘zi ham hech qachon Dreyfus bilan hamkorlik qilmaganini tan oladi. Bu fransuz hukumati, ayniqsa, harbiylari uchun qattiq tarsaki bo‘ladi. Nihoyat 1906-yili Fransiya hukumati va harbiy rahbariyati rad etib bo‘lmas dalillar asosida kapitan Alfred Dreyfusning aybsizligini e’lon qiladi va uni vazifasiga tiklaydi. Fransuz ilg‘or jamoatchiligi va matbuotining o‘n yillik kurashi ortidan adolat va haqiqat tiklanadi. Jahon tarixida ilk bor matbuot va jamoatchilik hukumat-u harbiylar ustidan g‘alaba qozonadi. “Dreyfus ishi” va “J’Accuse…” dunyo jurnalistikasini yangi bosqichga olib chiqadi.

    Mashhur “J’Accuse…” maqolasidan parchalarni taqdim etamiz:

    “Fransiya Respublikasi prezidenti janob Feliks Forga maktub.
    Sud harbiy kengashi Esterxazini oqlashga jur’at etdi. Bu butun haqiqat va adolat uchun qattiq zarbadir. Bu Fransiyaning yuzidagi dog‘ga aylandi.
    Ular jur’at qilgani uchun men ham jur’at etaman. Men faqat haqiqatni aytaman, chunki adolatsizlikka yo‘l qo‘yilsa buni aytishga va’da berganman. Mening vazifam gapirish, nohaqlikka sherik bo‘lishni xohlamayman. Yo‘qsa, tunlarim o‘zi qilmagan jinoyati uchun azob chekayotgan, eng dahshatli qiynoqlarni boshdan kechirayotgan begunohlarning sharpasi bilan to‘ladi.
    Bu to‘g‘rimi? Yevropaga o‘t qo‘yishi mumkin bo‘lgan va xavfli haqiqatlarni yopiq eshiklar ortida ehtiyotkorlik bilan ko‘mib tashlash kerakmi? Yo‘q!
    Oh, bu ayblovning asossizligiga qarang! Biror kishini bu ishi uchun jazoga hukm qilish — qonunsizlikning mo‘jizasidir. Men haqiqatparvar insonlarni ushbu ishni o‘qishga chaqiraman, toki ularning yuraklari g‘azabga to‘lib, qo‘zg‘olon haqida qichqirmasdan, Iblis orolida azob-uqubatlarni boshdan kechirayotgan mahbus haqida o‘ylasin.
    Bu dahshatli vaziyatning “go‘zal” natijasi shundaki, u yerda o‘z vazifasini bajargan halol inson — polkovnik Pikar qurbonga aylanadi va haqoratlanib, jazoga tortiladi.  O, adolat, naqadar qo‘rqinchli umidsizlik yuraklarni egallab olmoqda.
    Harbiylarning qon-qoniga singib ketgan oliy intizom g‘oyasi ularning adolatli hukm chiqarishiga umidni so‘ndirmaydimi? Intizom deganda biz itoatkorlikni nazarda tutamiz. Ular (harbiylar) hayotining hukmdori bo‘lgan urush vaziri hukmning haqligini aytganda harbiy sud uni bekor qila oladimi? Harbiy bo‘ysunish jihatdan bu aqlga sig‘maydigan narsa.

    Fransuz adibi va publitsist Emil Zolya

    Fransuz adibi va publitsist Emil Zolya
    Foto: Wikipedia
    Ular gazetalarga pul berib, o‘zlarini Parijning g‘azablangan aholisi yordamida himoya qilishmoqchi bo‘lishdi va bu bilan jinoyatga qo‘l urishdi. Ular bu bilan adolatni yengishdi hamda jim turishga majbur qilishdi. Yana ular jamoatchilik fikrini zaharlab, g‘azabga to‘lgan xalqni o‘zlarining yolg‘on ishlariga qo‘shdilar.
    Nafratga xizmat qiluvchi vatanparvarlikdan foydalanish jinoyatdir.
    Haqiqat yer ostiga ko‘milgach, u yerda shunday portlovchi kuch to‘playdiki, u portlagan kuniyoq hamma narsani o‘zi bilan birga portlatib yuboradi.
     Men podpolkovnik Pati de Klamni (Dreyfusning qo‘l yozuviga asoslanib, uni xatni yozgan ayg‘oqchi deb topgan fransuz armiyasi grafologi (yozuvi mutaxassisi)ni adolatsizlikning iblisona yaratuvchisi bo‘lganlikda ayblayman!

    General Mersyeni hech bo‘lmaganda jur’atsizlik tufayli asrning eng katta adolatsizliklaridan biriga sherik bo‘lganlikda ayblayman!

    General Billotni Dreyfusning aybsizligi haqidagi ishonchli dalillarni yashirganlikda, shu bilan jamiyat va adolatga katta ziyon yetkazganlikda ayblayman!

    General de Buadefra va general Gonzni bu mudhish jinoyatga sherik bo‘lganlikda ayblayman!

    General de Pelye va mayor Ravarini g‘arazli tergov, ya’ni aybdorlikka moyillik ruhi bilan sug‘orilgan tergov o‘tkazganlikda ayblayman!

    Uch grafolog: Belhom, Varikar va Kuarni agar ular ko‘rish va fikrlash qobiliyatiga zarar yetkazuvchi biron kasallik bilan og‘rimasa, yolg‘on va soxta hisobot taqdim etganlikda ayblayman!

    Harbiy rahbariyatni “L’Eclair” va “L’Echo de Paris” gazetalari orqali jamoatchilik fikrini chalg‘itish va uning e’tiborini o‘zlarining jinoiy faoliyatidan boshqa tomonga qaratish uchun uyushtirilgan iflos kampaniyani amalga oshirganlikda ayblayman!

    Yuqoridagi ayblovlarni ilgari surar ekanman, menga 1881-yil 29-iyuldagi Matbuot to‘g‘risidagi nizomning yolg‘on va tuhmat tarqatganlik uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi 30–31-moddalarini qo‘llash bilan tahdid qilinishini yaxshi bilaman. Men ongli ravishda o‘zimni adolat qo‘liga topshiraman!

    Ayblovlar qo‘yilgan odamlarga kelsak, men ularni tanimayman, ularni hech qachon ko‘rmaganman va shaxsan o‘zimda ularga nisbatan nafrat ham yo‘q. Men uchun ular shunchaki umumlashtirilgan tushunchalar, ijtimoiy yovuzlikning timsoli. Bu maktubni gazetaga joylashtirish orqali qo‘ygan qadamim esa haqiqat va adolat g‘alabasini tezlashtirish uchun qilingan keskin choradir.
    Yagona istagim: zulmatda saqlanayotgan, juda ko‘p azob-uqubatlarga duchor etilgan va aslida baxtli hayotga haqli bo‘lgan insonlarga adolat shu’lasini yetkazish. Olovli noroziligim qalbimning faryodidir. Shunday ekan, meni sudga berishsin va sud yorug‘ kunda bo‘lsin. Men kutaman.

    Chuqur hurmati ila ser Emil Zolya.

    “J’Accuse” Dreyfus ishidan so‘ng ham o‘z qadrini yo‘qotmadi va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jurnalistlarni adolat talab qiluvchi maqolalar yozishga ilhomlantirib keldi. Emil Zolyaning ushbu maqolasi nomi bilan Alfred Dreyfus ishi haqida hikoya qiluvchi “J’Accuse” filmi ham suratga olingan.

    07.02.2022, 21:38   Izoh (0)   51117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:28

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Buxoroda echkiemarga nos chektirgan fuqaroga jazo tayinlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:20

    Avtomobilning qaysi qismida eng ko‘p bakteriyalar to‘planishi ma’lum bo‘ldi

    Layfstayl | 20 iyun, 18:19

    “O‘zbekistonda 7 mln odam toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan” — Jahon banki vakili

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:08

    Filippinda 175 mln dollarlik giyohvand moddalar kontrabandasi qo‘lga tushdi

    Dunyo | 20 iyun, 18:05

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Farg‘onada xonadonlardan biri yonayotgan “dom”dan 7 kishi qutqarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.