• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bugungi kunda axborotning rangi ham, og‘irligi ham, o‘lchami ham yo‘q. Axborotni cheklab bo‘lmaydi” — senator Farhod Boqiyev

    Senatning 23-yalpi majlisida senatorlar Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va zararli axborotdan himoya qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur jarayon haqida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev majlis yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida izoh berdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Har birimiz ota-ona sifatida farzand tarbiyalab kelyapmiz. Shuni taroziga qo‘yib o‘ylab ko‘rsak, parlament so‘rovi bugungi kunning aktual masalasi ekanligi ko‘rinadi. YouTube platformasiga farzandingiz bilan kirib ko‘rsangiz uyalib qolasiz. Ma’naviyatimizga zid bo‘lgan kontentlar joylashtirilgan. Vazirlar mahkamasiga 10 ta masalani qo‘ydik. Bu yerda axborotni cheklash haqida gap ketmayapti, axborotni cheklab ham bo‘lmaydi”, — deydi u.

    Farhod Boqiyevning aytishicha, “bugungi kunda axborotning rangi ham, og‘irligi ham, o‘lchami ham, chamadonga o‘xshab ushlaydigan joyi ham yo‘q”.

    “Biz uni ushlab to‘xtata olmaymiz yoki qulog‘imizga eshitmagin, ko‘zimizga ko‘rmagin, deb buyruq berolmaymiz. Biz axborotni o‘qib o‘zimiz tafakkurimizda tahlil qilib olaveramiz. Davlat rahbari tomonidan 2017-yilda aniq mexanizm ilgari surilgan, bu – beshta muhim tashabbus. Milliy kontentlarni yaratib, ko‘paytirsak, Wikipedia’ni yangilasak, uning bazasini kengaytirsak O‘zbekiston haqida ma’lumotlar olish ham osonlashadi, Xalqaro hamjamiyatda O‘zbekiston haqida ma’lumotlar ham ko‘payadi. Bu yerda ijtimoiy tarmoqlarni bloklash haqida gap ketmayapti”, — deya qo‘shimcha qiladi Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.

    Keyinchalik “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova hamda “Adolat” partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi.

    Toshkent shahar hokimi “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “tiktokerlarga taqiq qo‘yish emas, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha ish olib borishimiz kerakligi” haqida aytgan edi.

    “TikTok bir platforma, u yerda turli kontent bor. Hamma o‘ziga kerakli kontent oladi. Ming afsuski, taqiq qo‘yilgan odamlar kerakmas kontentlarga kirgani ko‘rinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirilsa, hech qanday platformaning zarari yo‘q, deb o‘ylayman. Mening fikrimcha, tag‘in bilmadim”, — degan edi hokim “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

    04.02.2022, 20:09   Izoh (0)   15296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Talablarga javob beradigan imtihon tizimi uchun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkor litsenziya olishga ariza topshirishi mumkin — IIV JXD

    04.02.2022, 19:10

    G‘afur G‘ulom bog‘i masalasi kun tartibimizda turibdi — Senat

    04.02.2022, 18:44

    Oliy Majlis binosi ortidagi sun’iy ko‘l o‘rnida teatr qurilishini ekologik ekspertizadan o‘tkazish so‘raldi

    04.02.2022, 18:05

    Abduqodir Toshqulov Voleybol federatsiyasi prezidenti etib saylandi

    04.02.2022, 17:10

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    04.02.2022, 16:22

    “Zuzuni ko‘rgani kelayotganlar ko‘paydi”. Qizchaga zarar yetkazmagani ortidan mashhur bo‘lgan ayiq haqida

    04.02.2022, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.