Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston voleybol federatsiyaga rahbar saylash masalasi ko‘rildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, federatsiya rahbari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodi ilgari surilgan.
Uning nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylangan.
“Vazirlik jamoasi Abduqodir Xamidovichni mazkur mas’uliyatli lavozim bilan qutlab, yurtimizda voleybol sport turini rivojlantirish va uni yoshlar orasida keng ommalashtirishdagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Toshqulov 2021-yil 14-yanvardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri sifatida ishlab kelmoqda.
Izoh (0)