• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ijod va sevimli kasbi sabab oila qurishdan voz kechgan me’mor — Zaha Hadid inshootlari

    Noyob iste’dodi va g‘ayrioddiy dunyoqarashi Zaha Hadidni jahonning eng mashhur me’morlari qatoriga qo‘shgan. Pritsker mukofoti va Buyuk Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangani, shuningdek, loyihalari yirik shahar-u poytaxtlarni bezab turgani uning nechog‘lik shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarilgani va iqtidorini tasdiqlaydi. Me’morchilikda o‘z maktabi-yu imzosini qoldira olgan ayolning hayot va ijod yo‘li haqida “Daryo” hikoya qiladi.

    Kelajak binolari muallifi

    Arxitektura — zamon, jamiyat taraqqiyoti, intilishlar va orzular ifodasi. Aynan u orqali mamlakat va xalqlar madaniyati, hashami, tarixiy salobatini his qilish mumkin. Har qanday hodisa arxitekturada o‘z izini qoldiradi. Lekin u ba’zida zamondan ancha ilgarilab, o‘zida futuristik orzu-umidlarni ham aks ettiradi. Bu kabi loyihalar shakl topib, g‘oyadan bino bo‘lguniga qadar o‘nlab yillar qog‘ozda mavridini kutib yotadi.

    Foto: “pinterest.com”
    Dunyoning eng nufuzli me’mor ayoli bilan ham aynan shunday bo‘ldi. Uning kelajak uylari haqidagi g‘oyalari butun dunyo bo‘ylab tarqalib, millionlab odamlarni ilhomlantirdi va hayajonga soldi. U o‘zi ta’kidlaganidek, butun umrini mehnatga sarflab, hatto oila ham qurmadi. O‘n bir yoshidanoq arxitektor bo‘lishni qat’iy maqsad qilgan Hadidning ota-onasi ilmli va hur fikrli kishilar bo‘lib, unga ulkan ishonch hissini singdirganini aytadi.

    Siyosatchi otadan ko‘ra ijodkor onaning yo‘li afzalroq

    Foto: “dezeen.com”

    Zaha Hadid 1950-yilning 31-oktabrida Iroqning Bag‘dod shahridagi nufuzli, avlod-ajdodlari yuqori tabaqaga mansub oilada tug‘ilgan. Otasi Muhammad al-Haj Husayn Hadid mosullik boy sanoatchilardan bo‘lib, 1932-yili so‘l-liberal “al-Ahali” guruhiga asos soladi. 1930–1940-yillari bu muhim siyosiy tashkilot sanalardi. Husayn Hadid, shuningdek, Iroqdagi Milliy-demokratik partiya asoschilaridan biri edi. 1958-yili Iroqda general Abd al-Karim Qosim hukumati uchun davlat to‘ntarishi uyushtirilib, monarx ag‘darilgach, u moliya vaziri lavozimini egallaydi.

    Onasi Vajiha al-Sabunji ham asli mosullik bo‘lib, rassomchilik bilan shug‘ullanar, akasi Foulat Hadid esa yozuvchi, hisobchi va arab ishlari bo‘yicha ekspert bo‘lgan. Hadid intervyularining birida Iroq janubida joylashgan qadimgi Shumer shaharlariga bolaligida qilgan sayohatlari unda arxitekturaga qiziqish uyg‘otganini ham yashirmagan.

    1960-yillari Hadid Angliya va Shveysariyadagi  maktab-internatlarda ta’lim oladi. Keyin esa Bayrutdagi Amerika universitetida matematika bo‘yicha o‘qiydi. So‘ng 1972-yili arxitektura uyushmasiga qarashli arxitektura maktabida o‘qish uchun Londonga ko‘chib o‘tadi. Hadid bu yerda Rem Kolxas, Elia Zengelis va Bernard Chumilardan tahsil oladi. O‘qishni tamomlarkan, professor Kolxas unga “O‘z orbitasidagi sayyora” deb ta’rif beradi. Zengelis uni o‘zi o‘qitgan talabalar ichida eng iqtidorlisi deb ataydi.

    Hadid 1977-yili o‘qishni tamomlagach, sobiq murabbiyi, niderlandiyalik taniqli me’mor va dekonstruktivizm nazariyotchisi Rem Kolxasga qarashli OMA byurosida Kolxas va Zengelis bilan birga ish boshlaydi. Kolxas orqali u arxitektura muhandisi Piter Rays bilan uchrashadi va Piter Hadidni karyerasining dastlabki bosqichlarida qo‘llab-quvvatlaydi.

    Hadid 1980-yilda Londonda Zaha Hadid Architects kompaniyasiga asos soladi. 1980-yillar boshida u chizmalari orqali tomoshabinlarni yangi, zamonaviy arxitektura uslubi bilan tanishtiradi. O‘sha vaqtda odamlar e’tibori postmodernizm uslubidagi dizaynlarga qaratilgandi, shu sababli Hadidning chizmalari uni boshqa dizaynerlardan ajratib turar, arxitekturada yangicha yo‘nalishga asos solishga sabab bo‘lgandi.

    U Arxitektura assotsiatsiyasida ham o‘qituvchilik qilib, yillar davomida Harvard dizayn maktabi, Kembrij, Chikago, Illinoys va Kolumbiya universitetlarida, Hamburgdagi Hochschule für bildende Künste’da saboq beradi.

    O‘smirlik yillaridan boshlab, Zaha Hadid doimiy ravishda ko‘plab loyihalar ustida bosh qotirib, gohi buyurtma, gohi o‘z tashabbusi bilan o‘ylaganlarini amalga oshiradi. Turli yillarda u Temza daryosi ustidan o‘tuvchi aholi yashaydigan ko‘prik (1976), Angliyaning Lester shahri uchun teskari osmono‘par bino (1994) va Gonkongdagi tog‘ cho‘qqisida klub (1983) qurish uchun loyihalarini taklif qiladi. Kardiffdagi opera uyini (1994-yilda boshlanib, tugallanmay qolgan), Ohayo (1998) va Rimdagi (1999) Zamonaviy san’at markazlarini loyihalashtiradi.

    Bu va boshqa loyihalar unga nufuzli tanlovlarda g‘oliblikni keltirdi (birinchisi 1983-yili Gonkongda qo‘lga kiritilgan), unga nigohlarni qaratdi, keyin esa mutaxassislar nazariga tushdi, lekin shunga qaramay, ko‘plab loyihalari qog‘ozlarda qolib ketaverdi. Ko‘p hollarda buyurtmachilarning nostandart va o‘ziga xos dizaynlarni qabul qila olmagani bunga sabab bo‘laverdi.

    Amalga oshgan loyihalari

    Ilk loyihasi — Vitra mebel kompaniyasi uchun qurilgan, Stealths bombardimonchisiga o‘xshab ketuvchi kichik o‘t o‘chirish bo‘limini 1993-yili barpo qiladi. Undagi soyabon-qanotlar 1920-yilgi avangardchilar uslubidagi pavilyonni yodga soladi.

    Vitra mebellar uyining o‘t o‘chirish binosi. Vayl Reyn, Germaniya

    Vitra mebellar uyining o‘t o‘chirish binosi. Vayl Reyn, Germaniya
    Foto: “habr.com”

    Undan keyingi bajarilgan loyiha — Vena shahridagi Spittelau Viaducts turar joy kompleksi (1994–2005). Uy tom ma’noda g‘ayrioddiy yechimlar bilan barpo qilingan: uning ichidan piyodalar o‘tish yo‘lagi bilan birga estakada, ostida esa binoning boshidan oxirigacha cho‘zilgan va bino ostidan to‘g‘ri yer yuzasiga olib chiquvchi metro liniyasi joylashgan.

    Spittelau Viaducts turar joy kompleksi. Vena, Avstriya (1994–2005)

    Spittelau Viaducts turar joy kompleksi. Vena, Avstriya (1994–2005)
    Foto: Zaha Hadid Architects

    Yana bir loyiha — Birlashgan Arab Amrliklarining birinchi Shayx Zayd ko‘prigi mamlakat zamonaviyligi va farovonligi timsoliga aylanadi. Hadid ko‘prik dizaynini BAAdagi qumtepalardan ilhomlangan holda yaratadi. Ko‘prikning uzunligi 842 metrni, balandligi esa 60 metrni tashkil etadi, soatiga undan 60 ming avtomobil o‘ta oladi. Ko‘prik juda mustahkam qurilgan bo‘lib, soatiga 160 kilometr tezlikda esayotgan bo‘ronga dosh bera oladi.

    Shayx Zayd ko‘prigi. Abu-Dabi, BAA (1997–2010)

    Shayx Zayd ko‘prigi. Abu-Dabi, BAA (1997–2010)
    Foto: Habr

    Zaha Hadidning ishlari yirik shaharlarni bezagach, endi ko‘proq buyurtmalarni qabul qila boshlaydi. Strasburgdagi vokzal va avtoturargoh, Avstriyaning Insburg shahridagi Olimpiya arenasining bir qismi hisoblangan “Bergisel” tramplini loyihalari amalga oshadi. Tramplin qurilishiga 15 oy va 15 mln yevro sarflanadi. Bu ishi uchun Zaha Hadidga Avstriya davlat arxitektura mukofoti beriladi.

    Hoenheim-North vokzali va avtoturargoh. Strasburg, Fransiya (1998–2001)

    Hoenheim-North vokzali va avtoturargoh. Strasburg, Fransiya (1998–2001)
    Foto: Habr

    “Bergisel” chang‘i uchish tramplini. Insburg, Avstriya (1999–2002)

    “Bergisel” chang‘i uchish tramplini. Insburg, Avstriya (1999–2002)
    Foto: Habr

    Hadid Pritsker mukofotiga sazovor bo‘lishidan avval atigi bitta yirik loyihani — Sinsinnati shahridagi Rozental zamonaviy san’at markazini taqdim etolgandi. Bu markaz qurilishining boshlanishi Hadid faoliyatida burilish nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Binoning birinchi qavatidagi oynadan yasalgan fasad ichkariga ko‘z tashlashga undaydi, zaldagi beton pol esa yo‘lak bilan yopiq maydon orasidagi chegarani bilintirmaydi.

    Har bir tashrifchini zinapoyalari va panduslari (nishab yo‘lak) bilan jalb etadigan bino tuzilishini Hadidning o‘zi “shahar gilami” deb ataydi. Bino g‘ayrioddiy tuzilishga ega. Uning ichida pol, shift va devorni bir-biridan ajratib olish juda qiyin.

    Sinsinnatidagi Rozental zamonaviy san’at markazi. Ohayo, AQSh (1997–2003)

    Sinsinnatidagi Rozental zamonaviy san’at markazi. Ohayo, AQSh (1997–2003)
    Foto: Habr

    Aynan mana shu “shahar gilami” Hadid uchun zamonaviy arxitekturadagi “qizil gilamcha” bo‘ladi va uni dunyodagi eng bozori chaqqon me’morga aylantiradi. Zaha Hadid Architects byurosi bir necha yillik buyurtmalar bilan ta’minlanadi, oradan 10 yil o‘tib Hadid 500 nafar arxitektordan iborat xodimlar jamoasiga yetakchilik qila boshlaydi, ular dunyoning 44 mamlakatida mingdan ortiq loyihani amalga oshira boshlashadi.

    Londonda o‘tgan yozgi olimpiada o‘yinlari uchun maxsus yaratilgan loyiha Hadidning eng mashhur ijodiy ishlaridan biriga aylanadi. Binoning asosiy yutug‘i uning dizaynida emas, balki imkoniyatlarida edi. Olimpiada o‘yinlari paytida bino uchta hovuzi bilan 17 500 tomoshabinni sig‘dira olgan va keyinchalik yengil atletika musobaqalariga uchun mo‘ljallangan, 2500 kishini o‘z ichiga oluvchi, ixchamgina majmuaga aylanadi.

    Olimpiya suv sporti majmuasi. London, Buyuk Britaniya (2005–2010)

    Olimpiya suv sporti majmuasi. London, Buyuk Britaniya (2005–2010)
    Foto: Habr

    Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazining qurilishi butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun Boku shahrining jozibadorligini yanada oshiradi. Markaz “Arxitektura” yo‘nalishi bo‘yicha “Design of the Year—2014” mukofotiga sazovor bo‘ladi. Bino qurilishida shishadan maksimal darajada foydalanilib, natijada sun’iy yoritishga ehtiyoj ancha kamayadi. Quyosh nuri bilan to‘yingan markaz binosining ichida Haydar Aliyev muzeyi, ko‘rgazma zallari, ma’muriy idoralar, restoran va kafelar bor.

    Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi. Boku, Ozarbayjon (2007–2012)

    Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi. Boku, Ozarbayjon (2007–2012)
    Foto: Habr

    So‘nggi yillarda Hadid faoliyati bahs va munozaralarga sabab bo‘ladi. Uni binolarda bo‘sh joydan samarasiz foydalanishda ayblay boshlashadi. Masalan, uning loyihasi asosida qurilgan birinchi inshoot ko‘zda tutilgan maqsad uchun yaroqsiz deb topiladi va ko‘rgazmalar pavilyoniga aylantiriladi. Bundan tashqari, loyihalarni qurish va saqlash juda qimmatga tushadi. Ular hatto Hadidni, asosan, Xitoy va inson huquqlari hurmat qilinmaydigan Yaqin Sharqda binolar qurgani uchun tanqid qiladilar.

    Pekindagi “Galaxy SOHO” savdo-ko‘ngilochar majmuasining loyihasi Britaniya Arxitektorlar Qirollik Instituti mukofotiga loyiq ko‘riladi, biroq mahalliy aholining g‘azabini qo‘zg‘atadi: qurilish tufayli tarixiy markaz vayron bo‘lgandi.

    Ko‘p funksiyali “Galaxy SOHO” kompleksi. Pekin, Xitoy (2008–2012)

    Ko‘p funksiyali “Galaxy SOHO” kompleksi. Pekin, Xitoy (2008–2012)
    Foto: Habr

    Qatardagi “Al-Janub” stadioni qurilishi vaqtida halok bo‘lgan ishchi Hadidga nisbatan tanqidlarni kuchaytirib yuboradi. Ushbu hodisa yuz berishida arxitektor aybdor deb topiladi va qilmishiga yarasha javob berish talab qilinadi. Hadid va Patrik Shumaxer bunga javoban arxitektor o‘z ishini a’lo darajada bajarishi va ijtimoiy adolat haqida bosh qotirmasligi kerakligini aytadi.

    Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun qurilgan “Al-Vaqra” stadioni. Qatar (2013–2019)

    Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun qurilgan “Al-Vaqra” stadioni. Qatar (2013–2019)
    Foto: Habr

    Amalga oshmagan loyihalar

    2016-yilning yozida arxitektorlardan Londondagi Hitrou aeroportining yangi terminali qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘z takliflarini berish so‘raladi. Tanlov tashkilotchilari “Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda yangicha yondashilgan, mahalliy hamjamiyatni o‘ziga jalb qiladigan va Britaniya arxitekturasining eng yaxshi jihatlarini ochib beradigan, jahon standartlariga mos aeroport uchun jasur g‘oyalar”ni izlayotgan edilar. Birinchi o‘rin Grimshaw arxitektura byurosi loyihasiga nasib etadi.

    Zaha Hadid Londondagi Hitrou aeroportining yangi terminali uchun taqdim etgan loyiha

    Zaha Hadid Londondagi Hitrou aeroportining yangi terminali uchun taqdim etgan loyiha
    Foto: Zaha Hadid Architects

    2015-yil yozda Italiyaning Bolzano shahrida 40 yil avval yopilgan teleferik stansiyani tiklash uchun tanlov e’lon qilinadi. Zaha Hadid Architects g‘olib bo‘la olmaydi va birinchi o‘rin Norvegiyaning Snøhetta arxitektura studiyasiga beriladi.

    Italiyaning Bolzano shahrida 40 yil avval yopilgan teleferik stansiyani tiklash uchun e’lon qilingan tanlovga Zaha Hadidning taqdim etgan loyihasi.

    Italiyaning Bolzano shahrida 40 yil avval yopilgan teleferik stansiyani tiklash uchun e’lon qilingan tanlovga Zaha Hadidning taqdim etgan loyihasi.
    Foto: Zaha Hadid Architects

    2012-yilning oktabr oyida Zaha Hadid byurosi Nyu-Yorkdagi 425 Park Avenyuda osmono‘par bino qurilishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Studiya balandligi 213 metrdan oshadigan 40 qavatli uyning loyihasini taqdim qilgandi. Loyiha finalchilar ro‘yxatidan joy oladi, ammo g‘oliblik Foster+Partners byurosiga beriladi.

    Zaha Hadid byurosi 2012-yil oktabr oyida  Nyu-Yorkdagi 425 Park Avenyuda osmono‘par bino qurilishi bo‘yicha taklif qilgan loyiha. 

    Zaha Hadid byurosi 2012-yil oktabr oyida  Nyu-Yorkdagi 425 Park Avenyuda osmono‘par bino qurilishi bo‘yicha taklif qilgan loyiha. 
    Foto: Zaha Hadid Architects

    2010-yilda Gollandiyaning Gaaga shahrida raqs va musiqa markazini yaratish uchun arxitektorlar tanlovi o‘tkaziladi. Loyihaga ko‘ra markaz maydoni 46,5 ming kvadrat metr bo‘lishi kerak edi. Zaha Hadid byurosi ushbu tanlovda Gollandiyaning Neutelings Riedijk Architects studiyasiga imkoniyatni boy beradi.

    Zaha Hadid byurosi 2010-yilda Gollandiyaning Gaaga shahrida raqs va musiqa markazini yaratish uchun taklif qilgan loyiha. 

    Zaha Hadid byurosi 2010-yilda Gollandiyaning Gaaga shahrida raqs va musiqa markazini yaratish uchun taklif qilgan loyiha. 
    Foto: Zaha Hadid Architects

    To‘satdan kelgan ajal

    “artnet.com” manbasiga ko‘ra, 2015-yilning oxirida Zaha Hadid Architects san’at olamining eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritiladi. 2016-yilning fevral oyida u Britaniya Arxitektorlar Qirollik institutining (RIBA) oltin medalini olgan birinchi ayol bo‘ladi.

    Ammo o‘sha yili (2016) kuchli va bir qarashda sog‘lom ayol bronxit bilan kasallanadi. Mayami klinikalaridan birida davolanayotgan me’mor 31-mart kuni to‘satdan vafot etadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,  taniqli dizayner o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Aftidan, ayol uzoq vaqt davomida yuragi bilan bog‘liq muammolarni shifokorlardan yashirib kelgan. 

    31.01.2022, 12:12   Izoh (0)   22894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.