Turkiya Adliya vazirligining rahbari Abdulhamid Gul iste’foga chiqayotganini e’lon qildi, ammo o‘z qarorining sabablarini keltirmadi.
“Muhtaram prezidentimizning roziligi bilan men 2017-yil 19-iyuldan buyon ishlab kelayotgan adliya vaziri lavozimidan iste’foga chiqyapman”, — deb yozgan Gul Twitter’da.
Shuningdek, u iste’fosini qabul qilgani uchun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga minnatdorlik bildirgan.
29-yanvarga o‘tar kechasi Erdo‘g‘on Adliya vazirligiga yangi rahbar tayinladi. Endi ushbu lavozimda Bekir Bo‘zdag‘ faoliyat olib boradi. Bo‘zdag‘ bundan avval Turkiya Oliy sudyalar kollegiyasi raisi lavozimida ishlagan, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari ham bo‘lgan.
Avvalroq Germaniya harbiy dengiz kuchlarining rahbari Qrim haqidagi gaplaridan so‘ng iste’foga chiqqandi. U Qrim yarimoroli hech qachon Ukrainaga qaytmasligini aytgan.
Izoh (0)