• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimida ikki muddatdan ortiq qolmaslikka va’da berdi

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezident lavozimda ikki muddatdan ortiq qolish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

    “Qancha vaqt Qozog‘iston prezidenti bo‘lishimni bilmayman, lekin bir narsa aniqki, Konstitutsiyaga muvofiq ikki muddatdan ortiq (prezident — tah.) bo‘lmayman. Ya’ni qonunlar, ayniqsa, Konstitutsiya qayta yozilmaydi”, — dedi To‘qayev “Xabar 24” davlat telekanaliga bergan intervyusida.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Qozog‘iston rahbari uning prezident sifatidagi vazifasi butun jamiyat, siyosiy tizim va iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirishda ijobiy natijalarga erishish ekanini ta’kidladi. U, shuningdek, respublikada parlament tizimini isloh qilish to‘g‘risida jiddiy bosh qotirayotganini aytdi.

    “Aytishim mumkinki, mamlakatimizdagi parlament tizimini va albatta, partiya tizimini isloh qilish haqida jiddiy o‘ylayapman. Chunki 28-yanvar kuni Nur Otan partiyasi qurultoyida davlat rahbari sifatida bu haqda aytganimdek, men barcha jamoat, partiya va siyosiy tuzilmalardan yuqori turishim zarur, deb hisoblayman. Bu turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarni davlatimiz manfaatlaridan kelib chiqadigan pozitsiyasi bo‘yicha umumiy maxrajga olib kelish uchun o‘ziga xos magnit bo‘lib xizmat qiladi”, — deya tushuntirdi u.

    Qozog‘iston prezidenti Respublika Xavfsizlik kengashiga raislikni o‘z zimmasiga olish masalasi qanday hal qilingani to‘g‘risida ham gapirdi.

    “(Yanvar tartibsizliklari paytida – tah.) Xavfsizlik kengashi raisligini zudlik bilan hal qilish kerakligi to‘g‘risida muzokara bo‘ldi, o‘shanda vaziyat keskinlashayotgan edi: yashirmayman, o‘sha paytda hozir xalqqa murojaat qilib, bundan buyon Xavfsizlik kengashining raisi men ekanimni aytishim zarurligi masalasini o‘zim ko‘tardim. Bu masala tom ma’noda yo‘l-yo‘lakay hal qilindi”, — dedi u.

    Shuningdek, To‘qayev Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan hokimiyatni bo‘lib olish ustida savdolashmagani haqida gapirdi.

    “Hech qanday savdolashuv bo‘lgani yo‘q. Shaxsiy imtiyozlar haqida gap bo‘lmadi. Gap faqat Xavfsizlik kengashidagi maqom haqida edi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

    Mavzuga doir: Nazarboyev Nur-Sultonda qolgan va To‘qayev bilan aktivlarni bo‘lishib olish haqida muzokaralar olib bormoqda — The Guardian

    Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxining keskin oshishi fonida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik namoyishchilar siyosiy talablarni ilgari surib, jumladan, Nazarboyevning siyosatdan ketishini talab qildi.

    Tartibsizliklar fonida To‘qayev Nazarboyevning o‘rniga Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlarini zimmasiga oldi. Nazarboyev matbuot kotibining aytishicha, u ushbu lavozimini amaldagi prezidentga o‘z ixtiyori bilan topshirgan.

    28-yanvar kuni esa To‘qayev Qozog‘istondagi hukmron Nur Otan partiyasining raisi etib saylandi. Mazkur siyosiy uyushma tashkil etilgan 1999-yildan buyon unga Nazarboyev rahbarlik qilib kelayotgandi.

    Avvalroq Nazarboyev amaldagi prezident “butun hokimiyatga ega” ekani va Qozog‘iston siyosiy elitasida hech qanday ziddiyat yo‘qligi haqida gapirgandi.

    27-yanvar kuni Qozog‘iston Senati Nazarboyevga tegishli bo‘lgan elboshi maqomini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi. Mamlakat Senati ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini endi birinchi prezident bilan muvofiqlashtirmaslikni taklif qilgan. Hozirda Nazarboyev respublika Konstitutsiyaviy Kengashiga kirish huquqini saqlab qolmoqda.

    29.01.2022, 22:33   Izoh (0)   71695
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada adliya vaziri almashdi

    29.01.2022, 21:11

    Xitoy AQShni Tayvan mustaqilligini rag‘batlantirish harbiy ziddiyatga olib kelishi haqida ogohlantirdi

    29.01.2022, 19:09

    Navalniy haqidagi film Amerikaning “Sandens” kinofestivalida ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi

    29.01.2022, 18:38

    Svetlana Tixanovskaya tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

    29.01.2022, 17:16

    Rossiyada bir sutkada 113 ming kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya boshidan buyon mutlaq rekord

    29.01.2022, 16:09

    Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Rossiya kiberhujumga tayyorgarlik ko‘rayotganidan ogohlantirdi

    29.01.2022, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.