• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    UzAuto Motors Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishini ma’lum qildi

    UzAuto Motors kompaniyasi yarimo‘tkazgichlarning global yetishmovchiligi butun jahon avtomobil sanoatiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani bois yana murojaat bilan chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kompaniya murojaatida ta’kidlanishicha, mikrosxemalar yetishmovchiligi UzAuto Motors kompaniyasi uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi Humax korxonasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatgan.

    Foto: UzAuto Motors

    Foto: UzAuto Motors

    “COVID-19 sababli yarimo‘tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o‘z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetishmovchiligiga olib keldi. UzAuto talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o‘zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan yechim izlayapmiz”, — deya xabar beradi Humax Automotive .

    Ta’kidlanishicha, UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo‘llanilgan yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.

    19-yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari Humax kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi. Qayd etilishicha, xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi.

    Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:

    • ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko‘ra, bozordan o‘zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o‘rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo‘qotilmaydi;
    • avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so‘ng, avtomobilni qayta jihozlash.
    Kompaniya xaridorlardan uzr so‘ragan. “Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq, 2021-yilning oktabr o‘rtalarida UzAuto Motors yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab Cobalt’ni xaridorlarga o‘rindiq isitish modulisiz, 1 million so‘mga arzonroq yetkazib berishni taklif qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev buni iste’molchilar huquqlarini buzish deb baholagan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bu masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan keng muhokamalar hamda Rasul Kusherbayevning so‘rov xatiga asosan, UzAuto Motors tomonidan iste’molchilarga Chevrolet Cobalt rusumli 4-pozitsiya avtomobillarini modulsiz yetkazib berish taklifi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi o‘rganib, natijalari e’lon qilinishini bildirgandi.

    Mavzuga doir: 

    • UzAuto Motors va boshqa korxonalar aksiyalarini IPO’da kimlar va qanday qilib sotib olishi mumkin bo‘ladi?
    • UzAuto Motors’ga muammo tug‘dirayotgan chiplar va uni ishlab chiqarishdagi inqiroz haqida mutaxassis izohi
    Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagandi. Kompaniya buni yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich transformatsiya qilingani bilan izohlab, shu doirada yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Sentabr oxirlarida esa kompaniya Lacetti va Spark ishlab chiqarish tiklanganini e’lon qildi. Oktabr boshida esa UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish hajmini oshirdi. Oktabr oxiriga borib kompaniya Lacetti va Labo yetkazib berishni 2 oyga kechiktirganini ma’lum qildi. Noyabr oxirida esa UzAuto Motors barcha turdagi avtomobillarini yetkazib berishni 2 oyga kechiktirdi. Dekabrda komapniya fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgandi.

    19.01.2022, 11:56   Izoh (0)   37000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dakar rallisi — 2022”ning yodda qoladigan lahzalari (foto)

    15.01.2022, 10:51

    Namanganda Nexia kanalga tushib ketdi, Farg‘onada Lacetti velosipedchining hayotiga zomin bo‘ldi. Baxtsiz hodisalar tafsilotlari

    12.01.2022, 23:12

    UzAuto Motors’ga muammo tug‘dirayotgan chiplar va uni ishlab chiqarishdagi inqiroz haqida mutaxassis izohi  

    10.01.2022, 21:08

    UzAuto Motors Equinox 2022 narxlarini ma’lum qildi

    30.12.2021, 18:32

    O‘zbekiston 11 oyda xorijdan 503 mln dollarlik avtomobil import qildi

    28.12.2021, 08:38

    O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi

    27.12.2021, 10:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.