Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilab olindi. Bu haqda 26-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta‘kidlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot kotibi

“Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, ‘Inson qadri uchun – 100 ta maqsad' belgilab olindi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, 2022-yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda”, – dedi prezident.

Davlat rahbari barcha sa‘y-harakatlar, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shartligini ta‘kidladi.