Elektr energiyasi tarmoqlarida ro‘y bergan uzilishlar sabab Qamchiq dovonidagi tunellarning yoritish tizimlari o‘chib qoldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, Rezak va Qamchiq avtoyo‘l tunellarida yoritish tizimlari o‘chib qolgan. FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda tunellarda yoritish ishlarini tashkillashtigan. Natijada 2300 dan ortiq yengil va yuk avtomobillarining xavfsiz harakati ta'minlangan. Hozirda Qamchiq dovoni yo‘lida elektr energiya ta'minoti tiklangan.
Izoh (0)