Amirsoy dam olish maskanidagi kanatlar oldiga 19-yanvar kuni kechga tomon katta masshtabda qor ko‘chkisi tushdi.
Chimyon qor ko‘chki stansiyasi kuzatuvchisi Albert Popovga ko‘ra, ushbu hodisadan hech kim zararlanmagan. Qor ko‘chki stansiyasi kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi xat asosida, dam olish sihatgohi, aholini vaqtincha qabul qilmagan.
FVV xizmati qor ko‘chki atrofini zudlik bilan ogohlantiruvchi to‘siqlar bilan o‘rab olgan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Amirsoy dam olish maskaniga yaqin hududlarda 16-yanvarda ikkita katta hajmda qor ko‘chkilar kuzatilgan. Qor ko‘chkilaridan talafotlar bo‘lmagan.
“O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, 19-yanvar kuni Amirsoy dam olish maskanida kuchli qor bo‘ronlar kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston tog‘li hududlarida 19-yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga doir: Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari
Izoh (0)