“O‘zgidromet” 19-yanvar kuni Qamchiq dovoni yo‘lida haydovchilar uchun noqulay ob-havo yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shu kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq “O‘zgidromet” respublikaning tog‘li hududlarida 19-yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.
Izoh (0)