• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zamonaviy Rossiya davlatining “qurilishi”. Moskva knyazligi qay tariqa ulkan Rus qirolligiga aylandi?

    Bugun dunyoning eng yirik davlati bo‘lib turgan Rossiya qachonlardir Oltin O‘rda xonlariga yasoq to‘lovchi 250 dan ortiq mayda knyazliklarga bo‘linib ketgandi. Ammo rus knyazliklari orasida Moskva knyazligi kuchayib boradi va uning hukmdori Ivan IV (Grozniy) 1547-yil 16-yanvarida Butun Rus qiroli tojini kiyadi. Shu bilan zamonaviy Rossiya davlatiga tamal toshi qo‘yiladi. Kelajakda ruslar insoniyat tarixidagi eng katta uchinchi imperiya barpo etadi. “Daryo” Rossiyaning “Butun Rus qirolligi”ga aylanguniga qadar bo‘lgan kechmishi haqida hikoya qildi.

    Dastlab “Rossiya” nomi haqida

    Avvalo, biz bugun biladigan Rossiya nomining kelib chiqish haqida to‘xtalsak. Rossiya ilk bor Vizantiya manbalarida “Rosia” shaklida ishlatilgan bo‘lib, bu nom keyinchalik g‘arbiy Yevropa va rus tiliga ham aynan yunon manbalaridan kirgan. Mahalliy aholining o‘zi ham o‘zlarini rus deb atagan bo‘lib, keyinchalik butun sharqiy slavyanlar shu nomda aytila boshlanadi. Bu nom ular asos solgan ilk davlat — Kiyev Rus nomida ham aks etadi.

    Rus so‘zining paydo bo‘lishi haqida taxminlar ko‘p. Ba’zi olimlar bu so‘zni hozirgi fin tilidagi “Ruotsi” so‘ziga bog‘laydi. Ruotsi bu — Shvetsiya. Rusning birinchi hukmdorlari bo‘lmish aka-uka Sineus, Truvor va Ryurik varyag (skandinav-shved)lardan edi. Tarixchilar yangi hukmdorlar va ular bilan kelgan yollanma jangchilar nomi keyinchalik butun sharqiy slavyanlar nomiga aylanganini ta’kidlaydi. Ammo, tabiiyki, bu nazariya ko‘plab rus tarixchilari tomonidan rad etiladi.

    Ikkinchi taxmin hind-oriy tilidagi “rus” yoki “ruksa” so‘ziga qaratilgan. Bu so‘z “yorug‘”, “yorqin” ma’nolarini bildiradi va bunga asosan Rus nomi “Oq yerlar” degan ma’noni beradi. Yana bir taxmin esa Dnepr daryosiga quyiluvchi Ros daryosi bilan bog‘liq. Sharqiy slavyanlar daryo bo‘ylarida yashagani sabab ular o‘zlarini “росы” — “daryo odamlari” deb atagan va bu so‘zdan “Рус” so‘zi paydo bo‘lgan. Bunda olimlar badaviylarning o‘zlarini “cho‘l xalqi”, chukchalar esa “dengiz xalqi” deb ataganlarini dalil sifatida keltiradi. Hozircha bu borada yakdil to‘xtamga kelinmagan.

    Ilk davlatchilik poydevori

    Birinchi sharqiy slavyan davlati haqidagi ma’lumotlar 862-yilga borib taqaladi. Ilk rus yilnomasi hisoblanuvchi “O‘tgan yillar haqida ertaklar” (yoxud “Birinchi solnoma”) kitobiga ko‘ra, varyaglardan chiqqan knyazlar: Ryurik, Sineus va Truvor slavyanlarning chaqirig‘iga javoban Novgorodga keladi va rus yerlarida hukmronlik qilishni boshlaydi. Keyinroq, ukalari o‘limidan so‘ng Ryurik butun rus yerlarining yagona hukmdoriga aylanadi va uning avlodlari IX—XI asrlarda Kiyev Rus nomi bilan tanilgan davlatga asos soladi va boshqaradi. Knyaz Svyatoslav va Yaroslav Mudriy davrida eng katta chegaralarga ega bo‘lgan bu davlat janubda Dunay daryosidan, shimolda Oq dengizgacha, sharqda Volga daryosidan g‘arbda hozirgi Ukraina va Belarus chegaralarigacha cho‘zilgan.

    Qadimgi Kiyev Rus davlati

    Qadimgi Kiyev Rus davlati
    Foto: Runivers

    Kiyev Rus davlati haqida manbalarda ma’lumotlar ko‘p. Vizantiya ta’sirida xristianlikning provaslav yo‘nalishini qabul qilgan slavyanlar har tomonlama yunonlar bilan yaqinlashadi. Kiyev Rusining “oltin davri”ni yaratgan Yaroslav Mudriy Kiyevda Konstantinopoldagi kabi Avliyo Sofiya ibodatxonasini qurdiradi hamda mamlakatda yilnomalar tuzishni boshlashga buyruq beradi.

    Kiyev Rusi bugungi kundagi rus, ukrain va belorus xalqlarining umumiy davlat tuzilmasi hisoblanadi. Bu xalqlarning ajralishi keyinroq, XIV—XVI asrlarda ro‘y beradi. Qolaversa, Qadimgi Rus davlati tarkibiga fin—ugor qabilalari ham kirgan edi.

    Parchalanish va mo‘g‘ul bosqini

    Yaroslav Mudriy vafotidan so‘ng knyazlar o‘rtasida taxt uchun kurash kuchayadi. Bu paytda rus yerlariga janubdan qipchoqlar hujumi davom etadi va Kiyev knyazi Vladimir Monamax barcha knyazlarni bosqinlarga qarshi turish uchun Lyubech shahriga yig‘adi. Yig‘ilishda “Har kim o‘z yeriga egalik qilsin” degan qarorga kelinadi va har bir knyaz avlodi o‘z mulkiga egalik qilishi huquqi tasdiqlanadi. Bu esa tarqoqlikni yanada kuchaytiradi, biroq knyazlarning qipchoqlarga qarshi birlashishiga yo‘l ochadi. Vladimir Monamax va uning o‘g‘li Mstislav Buyuk davrida qipchoqlar mag‘lub etiladi va ularning rus yerlariga hujumlari to‘xtatiladi. Ammo Mstislav vafotidan so‘ng Novgorod va Polotsk Kiyev knyazini tan olishdan bosh tortadi va Rossiya tarixida “tarqoq knyazliklar” (sovet manbalarida “feodal tarqoqlik”) davri boshlanadi.

    Janubdagi knyazliklar aholisi qipchoqlarning doimiy bosqinlari sabab shimolga, Novgorod va Rostov knyazliklariga ko‘chib ketadi. Qipchoqlarning hujumlaridan charchagan janubiy knyazliklar ular bilan quda-andachilik aloqalari o‘rnatib, ittifoq tuza boshlaydi.

    Tez orada sharqdan yangi va qudratli dushman — mo‘g‘ullar kirib keladi. 1223-yil Kalka daryosi bo‘yidagi jangda qipchoqlar va ularga yordamga kelgan rus qo‘shini mo‘g‘ul lashkari tomonidan tor-mor etiladi. Ushbu jangda Kiyev, Chernigov, Smolensk va yana oltita hudud knyazi halok bo‘ladi.

    Kiyev Rusning bo‘linib ketishi. XII asr

    Kiyev Rusning bo‘linib ketishi. XII asr
    Foto: Dzen.Yandex

    1237—1241-yillari mo‘g‘ullar bilan bo‘lib o‘tgan urushda ko‘plab rus knyazliklari mag‘lubiyatga uchraydi va vassalga aylanadi. Mo‘g‘ullar bosqinidan faqatgina shimoldagi Novgorod knyazligi chetda qoladi.

    Mo‘g‘ullar rus yerlari ustidan to‘la hukmronlik o‘rnatmaydi. Rus knyazlari har yili Oltin O‘rda xoniga o‘lpon va yasoq to‘lab turish sharti bilan ichki mustaqillikni saqlab qoladi. Biroq bu Oltin O‘rda beklarining rus yerlariga tez-tez bosqin uyushtirishiga xalal bermaydi. Bu davrda Rus g‘arbdan ham hujumlarga uchraydi, biroq rus knyazlari bu xurujlarni qaytarishga muvaffaq bo‘ladi.

    Buyuk Moskva va birlashish

    Fransiya tarixidagi kabi eng buyuk uch rus hukmdorini qayd etish kerak bo‘lsa, albatta, ular orasidan Moskva knyazi Ivan Kalita ham joy olishi kerak. Moskva knyazligini 1322—1340-yillari boshqargan bu knyaz rus yerlarining Moskva atrofida birlashishiga zamin yaratadi. Ivan Kalita Tver knyazi Aleksandr Tver bilan rus yerlarini birlashtirish borasida raqobatni davom ettiradi va bu kurashda Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon yordamida g‘alaba qozonadi.

    O‘rdaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan Aleksandr Tver “Buyuk knyaz” unvonidan mahrum etiladi va bu unvon Moskva knyazi Ivan Kalitaga beriladi. Shuningdek, Ivan Kalitaga rus knyazliklaridan Oltin O‘rda uchun soliq yig‘ish vazifasi ham yuklanadi va bu orqali Kalita Moskva xazinasini ham to‘ldiradi, ba’zi rus yerlarini sotib oladi. O‘zbekxon yurishlarida qatnashgan Ivan Kalita bir qator rus knyazliklarini Moskvaga qo‘shib oladi va knyazlik qudratini oshiradi. Aynan shu davrda Moskva qudrati boshqa rus knyazliklariga qaraganda ancha ortadi.

    XIII asr boshlarida asos solingan Buyuk Litovsk knyazligi rus yerlarini birlashtirishda Moskvaning yangi raqobatchisiga aylanadi. Sobiq Kiyev Rus davlatining sharqiy hududlarini egallagan Litovsk knyazligi janubda mo‘g‘ul-tatar kuchlarini mag‘lub etadi va bu yerlarni ham o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Bu knyazlik tarkibiga hozirgi Litva, Belorussiya, Ukraina (katta qismi), Latviya,  Estoniya, Moldaviya (Dnestrbo‘yi hududlari) va qisman Polsha (Podlyashe viloyati) hududlari kiradi.

    XV asr boshlarida Oltin O‘rda davlati xonliklarga bo‘linib ketgach, rus yerlarini birlashtirish uchun nihoyat keng yo‘l ochiladi. Moskva knyazligining Rus yerlarini birlashtirish kurashi boy rus knyazligi bo‘lmish Novgorodni bo‘ysundirish bilan boshlanadi. 1478-yil Novgorod Moskva knyazligi tarkibiga qo‘shib olinadi.

    Katta boylik va hududga ega bo‘lgan Moskva tez orada boshqa rus knyazliklarini bo‘ysundira boshlaydi. 1500—1503-yillari Buyuk Litovsk va Moskva knyazligi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushda moskvaliklarning qo‘li baland keladi. Vladimir Donskoyning nabirasi, Moskva knyazi Ivan III Vizantiya imperatori avlodidan bo‘lmish Sofiya Paleologga uylanadi va Vizantiya davlati ramzi bo‘lgan ikki boshli burgutni Moskva knyazligi ramziga aylantiradi (bu davrda Vizantiya imperiyasi Usmonli sulolasi tomonidan qulatilgan edi). Ikki boshli burgut tasviri Rossiya davlatning hozirgi gerbida ham mavjud.

    Ivan III va boshqa Moskva knyazlari o‘zlarini Vizantiya imperatorlari davomchilari, Moskvani esa imperiya merosxo‘ri deb hisoblashgan. Ivan III davrida Moskva bir tomondan Qozon xonligi, boshqa tomondan esa Buyuk Litovsk knyazligi bilan urushlar olib boradi.

    Ivan Grozniy

    Ivan Grozniy
    Foto: Biography
    Ivan III dan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Vasiliy III Buyuk Litovsk knyazligiga bo‘ysunmagan so‘nggi mustaqil rus knyazliklarini Moskvaga bo‘ysundiradi.

    “Butun Rus qirolligi”

    Vasiliy III 1533-yili vafot etganidan so‘ng uning taxtga o‘g‘li Ivan IV o‘tiradi. O‘g‘li yoshligi sabab, davlatni marhum knyazning bevasi Yelena Glinskaya boshqaradi. Knyaginya davrida Moskva uchun muhim bo‘lgan pul islohoti o‘tkaziladi va savdo rivojlanadi. Biroq 1538-yil knyaginya ham vafot etgach, davlatni boshqarish 8 yoshli Ivan IV ning o‘ziga qoladi.

    Ivan IV yoxud Grozniy hukmronlik davri zamonaviy Rossiya uchun eng muhim davr hisoblanadi. 1547-yil 16-yanvar kuni buyuk knyaz Ivan IV ga mitropolit Makariy tomonidan “Butun Rus qiroli” sifatida toj kiydiriladi va Moskva knyazligi nomi “Butun Rus qirolligi” deb o‘zgartiriladi (“Rusiya” so‘ziga ikkinchi “s” Pyotr I davrida qo‘shiladi va imperiya nomi “Rossiya”ga aylanadi). Ivan IV ning “qirol” titulini olishi uni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan siyosiy jihatdan tenglashtiradi. Bungacha Buyuk knyaz tituli “buyuk gersog” rutbasi bilan teng ko‘rilgan. Moskva buyuk knyazining qirolga aylanishi uning xalqaro obro‘sini oshiradi. Rusning eng ashaddiy raqibi bo‘lmish Polsha qirolligi esa Ivan IV va Moskva knyazlarining qirolligini bir necha asr davomida tan olmaydi.

    Ivan Grozniy muntazam va yaxshi qurollangan armiya tuzadi. O‘zining zolimligi va shafqatsizligi sabab Ivan IV “Grozniy”— “dahshatli” laqabini oladi. Grozniy davrida Qozon, Astraxan va Sibir xonliklari, No‘g‘oy o‘rdasi hamda Shimoliy Kavkaz podshohlikka qo‘shib olinadi. Rus qirolligi hududi Grozniy davrida ikki baravarga kengayadi. G‘arbda Litovsk knyazligi ustidan yirik g‘alabalarga erishiladi, biroq Rus qirolligiga endi kuchi yetmasligini anglagan Litovsk knyazligi Polsha qirolligi bilan 1569-yili yagona ittifoqqa birlashadi va Rech Pospolita federativ respublikasiga aylanadi.

    Aynan mana shu davr qadimgi sharqiy slavyanlarning uchga bo‘linish davri hisoblanadi. Qadimiy Kiyev Rusining janubiy yerlari bir necha asrga Polsha qirolligi tarkibiga o‘tib ketadi. Polyak tilining kuchli ta’siri ostida sharqiy slavyanlarning g‘arbiy qismi polyak tiliga yaqinlashadi va eski Kiyev Rus tilidan ham foydalanishni davom etadi. Moskva knyazligi esa rus tilini doimo rivojlantirib boradi. Bir necha asrlik siyosiy chegaralar sharqiy slavyanlarni uchga bo‘lib yuboradi.

    Ivan Grozniy davrida Rus yerlarining kengayishi

    Ivan Grozniy davrida Rus yerlarining kengayishi
    Foto: Dzen.Yandex

    Rech Pospolita bilan urushlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Ivan Grozniy yana bir xato bo‘lmish oprichnina siyosatini ham olib boradi. Biroq bu siyosat 1571-yili Qrim xoni Davlat I Gireyning Moskvani egallab, yoqib yuborishi bilan barbod bo‘ladi. Mamlakatda mutlaq hukmronlikka intilgan Ivan IV katta terror to‘lqinini o‘tkazadi.

    Ivan Grozniy rasman Rossiya tarixidagi eng uzoq (1533—1584) hukmronlik qilgan hukmdordir. Uning davrida bugungi Rossiya davlatiga poydevor qo‘yiladi. Zamonaviy Rossiya davlati aynan Moskva knyazligining davomi hisoblanadi. Ivan Grozniydan so‘ng Rossiya Yevropaning eng katta va qudratli davlatiga aylanadi.

    16.01.2022, 15:31   Izoh (0)   58507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.