• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Har bir yangi rol aktyor uchun to‘liq o‘z qahramoniga aylanish jarayoni ekanligini isbotlovchi holatlar (foto)

    Ko‘pchilik aktyorlar kinodagi qahramonlariga aylanish uchun haddan tashqari ko‘p kuch sarflaydi, natijada o‘z muxlislarini mahorat bilan ijro etilgan rollari bilan bahramand etishadi. AdMe nashri obraziga kirish uchun har qanday ishni qiladigan, o‘z kasbiga professional tarzda yondashadigan ana shunday aktyorlar haqida ma’lumot beradi.

    Zoi Kravits “Betmen” 

    Foto: The Batman / Warner Bros.

    Foto: The Batman / Warner Bros.

    Zoi Kravits rejissor Mett Rivz tomonidan suratga olingan “Betmen” filmidagi Mushuk ayol/Selina Kayl roliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Kaskadyorlar bo‘yicha koordinator Rob Alonza bilan birgalikda aktrisa o‘z qahramonini yaxshiroq his qilish uchun mushuklar va sherlar jangi aks etgan videolarni o‘rgangan. Rolga tayyorgarlik ko‘rayotganda jang san’ati turlarini, shuningdek, mushukka o‘xshash raqs harakatlarini mashq qilgan.

    Anjelina Joli, “Umrboqiylar”

    Foto: Eternals / Marvel Studios Inc

    Foto: Eternals / Marvel Studios Inc
    “Umrboqiylar” filmidagi superqahramon jangchi Tana roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun Anjelina Joli balet darslariga qatnagan va turli xil qurollardan foydalanishni o‘rgangan, garchi u suratga olish paytida ularni jismonan ushlab turmasa ham — qurollar postprodyuserlik jarayonida raqamli ravishda kadrlarga qo‘shilgan.

    Leonardo Di Kaprio, “Omon qolgan”

    Foto: The Revenant / New Regency Pictures

    Foto: The Revenant / New Regency Pictures
    Leonardo Di Kaprio 2016-yilda unga ilk “Oskar”ni olib kelgan “Omon qolgan” filmidagi roli uchun ko‘p mehnat qilishi kerak edi. Boshqa narsalar qatori, aktyorlar va suratga olish guruhi, masalan, qattiq sovuq, gipotermiya tahdidi, muzli suvda otishmalarga bardosh berishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, Di Kaprio Arikara mahalliy xalqining tilini o‘rganishi kerak edi. Ushbu yo‘qolib borayotgan lahjani o‘zlashtirish uchun u Tom Xardi bilan bir yil davomida mahalliy madaniyat bo‘yicha maslahatchi Kreyg Falkon bilan ishladi.

    Argo Robbi “Xudkushlar guruhi” 

    Foto: Suicide Squad / Warner Bros. Pictures

    Foto: Suicide Squad / Warner Bros. Pictures

    Argo Robbi 2016-yilda “Xudkushlar guruhi” filmida Jokerning sevgilisi bo‘lgan jozibali, ammo beparvo Xarli Kuinni o‘ynagan. Tok-shoulardan birida aktrisa bu rol uchun suv ostida 5 daqiqa nafas olmay turishni o‘rganganini aytgan. Buning uchun Robbi 4 ta fridayving saboqlarini olgan holda metabolizmini sekinlashtira olishni o‘zlashtirgan. “Bu xuddi suv ostida meditatsiya qilish kabi”, — deydi Robbi.

    Jeyk Jillenxol, “Stringer”

    Foto: Nightcrawler / Bold Films

    Foto: Nightcrawler / Bold Films

    Jeyk Jillenxol mahalliy yangiliklarga hayratlanarli videolarni sotish orqali katta pul ishlaydigan frilanser Lui Blumga to‘liq o‘xshashga qaror qildi. “Men uning koyot kabi ko‘rinishini xohlardim. Buning uchun men och ko‘rinishim va och bo‘lishim kerak edi”, — deydi aktyor. U qattiq rejimli diyetaga o‘tdi, har kuni mashq qildi, kuniga 16 kilometr yugurdi va deyarli 14 kilogrammga ozdi.

    Keyt Uinslet, “Avatar-2”

    Foto: jonplandau / Instagram

    Foto: jonplandau / Instagram

    Jeyms Kemeronning “Avatar-2” filmida Keyt Uinslet suvda yashaydigan jonzot rolini o‘ynaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun u fridayvingni o‘rgandi. Hozirda Keyt suv ostida uzoq vaqtgacha nafasini ushlab turishi mumkin: uning shaxsiy rekordi 7 daqiqa-yu 14 soniya.

    Anya Teylor-Joy, “Qirolichaning yurishi”

    Foto: The Queen’s Gambit / Netflix

    Foto: The Queen’s Gambit / Netflix

    Anya Teylor-Joy yetimlikda o‘sgan daho Bet Harmon rolini o‘ynashdan oldin shaxmat haqida “deyarli hech narsa bilmagan”. O‘yin bilan tanishish va Betning har bir shiddatli o‘yinining o‘ziga xos harakatlarni o‘rganish uchun aktrisa mashhur shaxmat murabbiyi Bryus Pandolfini bilan ishlagan.

    “Shaxmat nazariyasini tushunish men uchun muhim edi”, deb eslaydi Teylor-Joy. “Men bu harakatlar ketma-ketligini eslab qolguncha deyarli aqldan ozay deganman. Xullas, men o‘yinni suratga olishdan 5 daqiqa oldin harakatlarni qayta o‘rganib, uni barmoqlarim uchun raqs harakatlari sifatida qabul qilardim”.

    Ben Kingsli, “Gandi”

    Gandhi / Goldcrest Films International

    Gandhi / Goldcrest Films International
    Kelib chiqishi hind bo‘lgan aktyor ser Ben Kingsli Hindiston mustaqilligi uchun kurash olib borgan milliy qahramon Mahatma Gandi rolini qo‘lga kiritgach, darhol qahramonining vataniga borib, u kabi hayot kechira boshladi. U Gandi hayoti haqidagi kinoxronika lavhalarini o‘rganish, u haqidagi kitoblarni o‘qish, parhez tutish, vazn yo‘qotish, yoga bilan shug‘ullanish va Gandi kabi kiyinish orqali o‘z roliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Natijada bu rol unga “Oskar”, “Oltin globus” va “Eng yaxshi erkak roli” uchun Britaniya akademiyasi kinomukofotini olib keldi.

    Elayza Skanlen, “Kichik ayollar”

    Foto: Little Women / Columbia Pictures

    Foto: Little Women / Columbia Pictures

    22 yoshli avstraliyalik aktrisa Elayza Skanlen “Kichik ayollar” filmidagi Bet March rolini o‘ynash uchun kuniga 3 soat pianino chalishni mashq qilishi kerak bo‘lgan, chunki bu kastingning asosiy sharti edi. Filmda Bet pianino chalayotgan sahnalarda Skanlen kompozitsiyalarni o‘zi ijro etgan.

    Antonio Banderas, “Zorro niqobi”

    Foto: The Mask of Zorro / TriStar Pictures

    Foto: The Mask of Zorro / TriStar Pictures

    Ushbu rol uchun Antonio Banderas retroyulduz Errol Flinnga ustozlik qilgan Bob Andersondan qilichbozlikni o‘rgangan. O‘z navbatida, Anderson Banderas afsonaviy Flinndan keyin o‘zi tarbiyalagan eng yaxshi qilichboz ekanligini tan olgan. Aktyor rolini shu qadar jiddiy qabul qilganki, u hatto Ispaniya Olimpiya terma jamoasi bilan ham 4 oy shug‘ullangan.

    Liv Tayler, “Uzuklar hukmdori”

    Foto: The Lord of the Rings / New Line Cinema

    Foto: The Lord of the Rings / New Line Cinema

    “Uzuklar hukmdori” kinotrilogiyasidagi elf Arven Undomiel roli Liv Taylerga olamshumul shuhrat keltirdi. Aktrisa rolini qoyilmaqom ijro etish uchun ot minishni, qilich bilan jang qilishni va elfcha gapirishni o‘rgandi. “Men filmda elflar tilida juda ko‘p gapirganman, hatto qilich o‘ynatish yoki ot minishdan ham ko‘proq, shuning uchun dialekt bo‘yicha murabbiy bilan ko‘p vaqt o‘tkazdim”, — deydi Tayler.

    Al Pachino, “Ayol ifori”

    Foto: Scent of a Woman / Universal Pictures

    Foto: Scent of a Woman / Universal Pictures

    Ushbu rolga tayyorgarlik ko‘rishda Al Pachinoga ko‘zi ojizlar maktabi yordam berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘zlarini hech narsaga qaratishiga yo‘l qo‘ymay, o‘zini ko‘r qilib ko‘rsatgan. Al Pachino suratga olish maydonchasidan tashqarida ham obrazda bo‘lardi. U tayog‘i bilan yurar, odamlar bilan gaplashganda hech kimga qaramas, go‘yo ularni ko‘rmayotganday turardi.

    Ledi Gaga, “Guchchi uyi”

    Foto: House of Gucci / Universal Pictures

    Foto: House of Gucci / Universal Pictures

    35 yoshli aktrisa va qo‘shiqchi “Guchchi uyi” filmidagi Patrisiya Rejani roliga suratga tushishdan 1,5 yil oldin tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini va bu davrda hatto kamera oldida bo‘lmaganida ham 9 oy davomida italyancha aksent bilan gapirganini aytgan. Obraziga kirishish uchun u fotografiya bilan shug‘ullangan va panteralarni ovlash haqida ko‘plab videolarni tomosha qilgan. U Rejanini yovvoyi mushuklarga qiyoslab: “Ular avval o‘ziga maftun qilib, keyin tashlanishadi”, — deydi.

    “Sariq sochli bo‘lganim uchun aksentsiz bilan gapirish deyarli mumkin emas edi. Men darhol sochimni bo‘yadim va dunyoni uning ko‘zlari bilan ko‘ra boshladim: menga moliyaviy foyda keltirishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga e’tibor bera boshladim”, — deydi Gaga.

    Mavzuga doir: 

    • Tanish mushkul: “Garri Potter“ filmidagi Xagrid hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • Foto: “Kalmar o‘yini” Gollivudda suratga olinganida bosh qahramonlarni kimlar ijro etgan bo‘lardi?
    • “Ameli”, “Emili Parijda”, “Ratatuy”: Fransiyadagi hayot haqqoniy aks ettirilgan eng yaxshi filmlar (foto, video)
    • Ayrim narsalar hech qachon o‘zgarmaydi: mashhurlarning opa-ukalari bilan tushgan suratlari

    14.01.2022, 17:38   Izoh (0)   31677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahora Arslonova “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida fikr bildirgani uchun Yulduz Rajabova undan xafa bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)

    14.01.2022, 15:44

    Tanish mushkul: “Garri Potter“ filmidagi Xagrid hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    13.01.2022, 13:42

    Foto: “Kalmar o‘yini” Gollivudda suratga olinganida bosh qahramonlarni kimlar ijro etgan bo‘lardi?

    13.01.2022, 10:49

    Bahora Arslonova bilan “Dugonalar shou”dagi chiqishi sabab orzusidagi rolni boy bergani hamda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytganidan afsuslanishi haqida intervyu (vi...

    12.01.2022, 16:57

    “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirdi

    12.01.2022, 11:00

    “Ameli”, “Emili Parijda”, “Ratatuy”: Fransiyadagi hayot haqqoniy aks ettirilgan eng yaxshi filmlar (foto, video)

    11.01.2022, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.