• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Bahora Arslonova bilan “Dugonalar shou”dagi chiqishi sabab orzusidagi rolni boy bergani hamda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytganidan afsuslanishi haqida intervyu (video)

    “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova aktrisa Bahora Arslonova bilan intervyu tashkil qildi. Suhbat davomida aktrisa ba’zi hamkasblaridan nima sababdan ranjigani, san’atdagi gap-so‘zlardan charchagani va turmush o‘rtog‘ini Rossiyaga ketmaslikka ko‘ndirgani uchun afsuslanishi haqida gapirdi.

    “Farzandimni ikki yil kutdim”

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — To‘ydan keyin ikki yil homilador bo‘lolmadim. Bu his qanchalar og‘ir ekanligini farzandli bo‘lishni kutayotgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Shu bois ilk homilamni atrofdagilardan yashirib, o‘zimni oilamga bag‘ishladim. Buni asan’atdagi dugonalarim turlicha talqin qilishdi. Hatto, san’atdan ketganim, o‘rnimni yo‘qotganim haqida ham gap-so‘zlar bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imga ulardan ranjiganimni aytsam, “Hammasi yaxshilikka, atrofdagilarning ichidagini bilib olding”, dedi. Ishonasizmi, o‘sha paytda yonimda san’atdagi “qadrdonlarim”dan hech kim qolmadi. Farzandim dunyoga kelgach, asta-sekin rejissorlar seriallarga taklif etishni boshlashdi. Ijodimga bo‘lgan munosabat avvalgidek yaxshilangani uchun atrofimdagi insonlar soni ham ko‘paydi.

    “Sankt-Peterburgda qolmaganimga afsuslanaman”

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — To‘ydan avval turmush o‘rtog‘im Sankt-Peterburg shahrida yashardi. Men ham bir muddat u yerda yashadim. Ammo yaqinlar sog‘inchi va ijodim sabab,  O‘zbekisonga qaytib kelishni so‘radim. Ammo bu qarorimdan haligacha afsuslanaman. Turmush o‘rtog‘im ham “Siz sabab sportdan va o‘z o‘rnimni topgan Sankt-Peterburg shahridan ketdim”, deb gapiraveradi. Gapini hazilga yo‘yaman-u, ammo baribir qarorimdan afsuslanaman. O‘zimni rivojlantirish uchun ham tavakkal qilishim kerak edi, deb ko‘p o‘ylayman. U yerda rejissorlik bo‘yicha tahsil olib, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olarmidim, deb afsuslanaman.

    “Dugonalar shousidagi ishtirokim pand berdi”

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — Tarixga qiziqsam-da, birorta tarixiy filmda suratga tushmaganman. Ammo ot sporti bilan shug‘ullanganimni va qilichbozlik bo‘yicha malakam ham yaxshi ekanligini rejissorlar yaxshi bilishadi. Ot bilan bog‘liq murakkab tryuklarni ham qiyinchiliksiz bajara olishimni yaxshi bilishadi. Ammo rejissorlar taklif etishmaydi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Kastinglarda ishtirok etishdan og‘rinmayman. Ular aktyorni o‘z ustida ishlashga, izlanishiga undaydi. Ammo kastingdan kutilgan natijaga erishmagach, hafsalam pir bo‘ladi. Film olingach, atayin ko‘raman. Men xohlagan rolga kimni olishibdi, u qaysi jihatlari bilan mendan ustun edi, degan savolga javob olishga harakat qilaman. Ming afsuski, mazza qilib, ijro etadigan epizodni qoyillatmaganidan keyin achchiqlanaman.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Rejissor Ibrohim Rasulov shoira Zulfiyaxonim haqida film olishini aytib, kastingga taklif etdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi, men kastingga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Shoiraning hayot ijodini o‘rganib, Jizzaxga  haykalini ham ziyorat qilib keldim. Kastingda eng ta’sirli epizodni ijro etib, mazza qildim. Rejissorga kastingdan o‘tmasam ham xabar bering qo‘ying, degandim. Oradan ancha vaqt o‘tib, film suratga olinayotgani haqida eshitdim. Eng yomoni o‘sha yerda “Bahora rolni yaxshi ijro etdi, faqat u ‘Dugonalar shou’ ko‘rsatuvida ishtirok etgani uchun uni rolga olmadik”, deyishibdi. Ko‘rsatuv bilan filmning nima bog‘liqligi bor deb hayron bo‘ldim.

    “Akam oti sabab bir o‘limdan qoldi”

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — U qadar kiyim-kechak yoki mol-dunyoga qiziqadigan ayol emasman. Ammo pul to‘plab, ot sotib olishni orzu qilaman. Chunki men xarid qilmoqchi bo‘lgan ot juda qimmat turadi.Oilamiz an’anasiga ko‘ra, otam rahmatli har bir farzandiga bittadan toychoq sovg‘a qilgandi. Uning o‘limidan  keyin  bu ishni akam davom ettiryapti. Ot uyning barakasi hisoblanadi. Kichik akam Turkiyadagi chempionatda ishtirok etayotganda yuragi og‘rib qolgan. Qishloqda qolgan ot zovur bo‘yida arqoniga bo‘g‘ilib o‘lib qolgan. O‘shanda yoshi kattalar akamning boshiga tushishi mumkin bo‘lgan kulfatni ot o‘ziga tortib olganini aytishgandi. Menga atalgan ot esa biroz e’tiborsizlik va sog‘inchdan o‘lib qoldi. Afsuski, bundan ancha keyin xabar topdim.

    Suhbatni to‘liq holda “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

     

    Mavzuga doir:

    • Bahora Arslonova Rossiyaga ketish fikridan voz kechgani hamda 30 kiloga semirganidan afsuslanmasligi haqida so‘zlab berdi
    • Ot, mushuk, to‘ti: O‘zbek shou-biznesi vakillarining sevimli jonivorlari (foto)
    • Aktrisa Bahora Arslonova qachonlardir xonanda Dilniyoz G‘afforov bilan o‘rtalarida sevgi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
    • Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)

    12.01.2022, 16:57   Izoh (0)   38862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirdi

    12.01.2022, 11:00

    “Ameli”, “Emili Parijda”, “Ratatuy”: Fransiyadagi hayot haqqoniy aks ettirilgan eng yaxshi filmlar (foto, video)

    11.01.2022, 14:01

    “Kalmar o‘yini”, Billi Aylish va Keyt Uinslet: “Oltin globus-2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    10.01.2022, 18:40

    “Titanik”dagi eng keksa qahramonni gavdalantirgan Gloriya Styuart yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)

    10.01.2022, 13:38

    Ta’tilni maroqli o‘tkazing: katta-yu kichikka birdek qiziq, chuqur ma’noga ega multfilmlar

    09.01.2022, 12:45

    Gollivud yulduzi Odri Xepbyorn haqida yangi film suratga olinadi. Unda bosh rolni Runi Mara ijro qiladi

    08.01.2022, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.