Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

12-yanvar kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.

Ishdan olingan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirat Babaguliyev

Ishdan olingan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirat Babaguliyev
Foto: “Xronika Turkmenistana”

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish davomida davlat rahbari ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik Mirat Babaguliyevni hech qanday tushuntirishlarsiz lavozimidan ozod etgan. Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘i mayor Vepali Atayev ichki ishlar vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlangan. O‘z navbatida, mayor Merdan Muhammetmiradov Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘iga aylangan.

Prezident ishdan olgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari 2021-yilning avgustida lavozimga tayinlangan edi. Shunday qilib Babaguliyev mazkur lavozimda yarim yildan kamroq ishladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyunida Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vaziriga tanbeh berib, uning o‘rinbosarini ishdan bo‘shatgandi. O‘shanda Turkmaniston prezidenti “ishidagi jiddiy kamchiliklari uchun” ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar podpolkovnigi Jumamurat Nurayevni o‘z lavozimidan ozod qilgan. Shuningdek, Berdimuhamedov “xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani, nazorat qilinadigan xizmatlar ustidan nazoratni susaytirgani uchun”  ichki ishlar vaziri Chakiyevga kamchiliklarni imkon qadar tezroq tuzatish to‘g‘risida so‘nggi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi