• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu darajada portlashini kutmagandik”. Toshkentda qo‘lbola “ognetushitel” portlatganlarga nisbatan tergov jarayoni davom etmoqda

    Toshkent shahrida joylashgan “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida 1-yanvar kuni fuqarolar Yangi yilni nishonlash maqsadida qo‘lbola “ognetushitel” portlatgani, oqibatda holatni videoga olayotgan 3 kishi jarohatlangani xabar qilingandi. Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi holat yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonidan lavhalarni e’lon qildi.

    Eslatib o‘tamiz, portlash 1-yanvar kuni soat 00:45 atrofida Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bayram bahona yig‘ilgan bir nechta fuqarolar avtoyo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa mushakbozlik qilish maqsadida qo‘lbola usulda yasalgan o‘t o‘chirish moslamasini joylashtirgan. Tagidan olov yoqilishi oqibatida moslama portlab, bo‘laklarga bo‘linib ketgan.

    Qayd etilishicha, avvalgi yillarda ham shunday o‘t o‘chirgichlarda sinab ko‘rilgan portlashlarni internet orqali ko‘rgan yigit yangiyo‘llik tanishi bilan bog‘lanib, shunaqa moslama topib berishini so‘ragan.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Bunaqa darajada bang‘illaydi deb kutmagandik. Juda vahimali bo‘ldi. Ognetushitel yasash bo‘yicha video ko‘rgandim. Yangiyo‘llik bolalar yasagani haqida. O‘sha videoni yangiyo‘llik og‘aynimga tashaganimda u ‘bu narsa bizda yasalgan’ deb aytdi. U narsa pulli ekan. Aslida, 500 ming so‘m berishimiz kerak edi, lekin 470 ming berdik”, — degan portlatilgan qo‘lbola moslamani sotib olgan o‘spirin.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    Aniqlanishicha, moslamani tayyorlash uchun turli kimyoviy moddalar va yengil avtomobilning ehtiyot qismlaridan foydalanilgan. Bu usulni bir necha yildan beri qo‘llab kelayotgan traktor haydovchisi yoshlarga uni qanday tayyorlashni o‘rgatgan:

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Pul taklif qildi. 80 ming so‘m beraman, dedi. Qo‘ygin, mana ol, olib ketaver desam, keyin 80 ming tashlab ketibdi”.

    Hodisa tashkilotchilaridan biri holat sodir bo‘lgan voqealarni so‘zlab bergan:

    “Mashinalar orasidan o‘tib, yo‘lning o‘rtasidagi bordyorga qo‘ydik. Men o‘zim yoqdim. Yoqqanimdan keyin 10 sekundmi, 15 sekunddan keyin portladi. Voqea joyida 2 daqiqacha turganimdan keyin u yerdan ketdim. Uyga borib, telefonimni o‘ynab o‘tirsam, ikki bola jarohatlangani haqida video kelib qoldi”.

    Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida M.S. (1997-yilda tug‘ilgan) qorin yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, M.A. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘ng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati hamda X.N. (2006-yilda tug‘ilgan) o‘ng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari noto‘liq amputatsiyasi tashxisi bilan turli ko‘rinishdagi tan jarohati olgan.

    2006-yilda tug‘ilgan bemorga shoshilinch ravishda o‘ng oyoq panjasining to‘rtta barmog‘ini replantatsiya qilish, ya’ni uzilib ketgan barmoqlarni ulash operatsiyasi bajarilgan. Hozirgi vaqtda bemor mikroxirurgiya bo‘limida statsionar davo olmoqda. Portlash oqibatida jabrlangan ikki bolaning ahvoli qoniqarli ekani bois ularga uy sharoitida muolaja olishga ruxsat berilgan.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Yo‘lning o‘rtasiga odamlar ko‘p bo‘lib yig‘ildi. Ognetushitel qo‘yishdi. Kim qo‘yganini ko‘rmadim odam ko‘p bo‘lganidan. Odam tarqalgandan keyin qarasam, ognetushitel ekan. Men odamlar to‘planib turgan paytda salyut qo‘yishyapti deb o‘ylagandim. Portlash zarbasi ‘udar’ bilan keldi, boshida hech narsani sezmadim. Yonimdagi odam oyog‘im qonaganini aytib qoldi. Keyin o‘sha yerdagi akalar ko‘tarib mashinaga o‘tirg‘izishdi-da, shifoxonaga olib kelishdi”, — deydi jabrlanuvchi.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    Olib borilayotgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur hodisaga aloqador bo‘lgan 13 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 5 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olingan, yana 5 nafari ma’muriy jarimaga tortilgan.

    Aybdorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi “b” (portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddaga asosan aybdor shaxslar 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, 1-yanvar kuni Sirdaryo viloyatida ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgan. Sirdaryo tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro (2003-yilda tug‘ilgan) o‘t o‘chirish moslamasi portlatgani uchun 15 sutkaga qamalgan.

    13.01.2022, 17:10   Izoh (0)   21818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yetkazilgan iqtisodiy zarar xalq gardaniga tushadi va soliq hisobidan to‘lanadi” — Qozog‘istondagi voqealar haqida ekspertlar bilan suhbat

    13.01.2022, 16:58

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    13.01.2022, 16:24

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi

    13.01.2022, 16:09

    Andijonda fuqaro MIB xodimini pichoq bilan jarohatladi

    13.01.2022, 14:50

    Qurilish vazirligi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi stella barelyefiga zarar yetganiga izoh berdi

    13.01.2022, 12:54

    Toshkentda yiliga 260 foizgacha foyda ko‘rishni va’da qilgan Golden Cash Store moliyaviy piramidasi tafsilotlari oshkor qilindi

    13.01.2022, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.