Markaziy bank 14-yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,13 so‘mga pastlab, 10 852,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 103,62 so‘mga ko‘tarilib, 12 449,46 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 10 860,17 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 12-yanvar kuni dollar kursi birinchi marta 10 900 so‘mdan oshdi.
Izoh (0)