• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yetkazilgan iqtisodiy zarar xalq gardaniga tushadi va soliq hisobidan to‘lanadi” — Qozog‘istondagi voqealar haqida ekspertlar bilan suhbat

    Yanvar oyining avvalida Qozog‘istonning Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlandi. Keyinroq Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi. 6-yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istonga jo‘natdi. 7-yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi.

    10-yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXShTga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi keraklini aytib o‘tdi. 11-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlament majlisida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlanganini ma’lum qildi.

    “Daryo” mazkur masalalar yuzasidan ekspertlar bilan suhbatlashdi.

    Siyosiy fanlar doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayev

    Siyosiy fanlar doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayev
    Foto: “Daryo”

    Siyosiy fanlar doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayev: “Avvalambor shuni aytish kerakki, prezidentimizning tashabbusi bilan, bevosita harakati bilan Markaziy Osiyo ruhi degan makon paydo bo‘ldi. Bunda hududdagi barcha davlatlar bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan, savdo-gumanitar va madaniy aloqalar nuqtayi nazaridan juda yaqinlik va shu harakatlar natijasida Markaziy Osiyoda yangi bir siyosiy reallik paydo bo‘ldi. Bu yerda davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik juda mustahkam rivojlanib boryapti, boshqacha aytadigan bo‘lsak, bu bir tizim sifatida shakllanib bormoqda. Demak, shu tizimning ichidagi biror-bir davlatda salbiy hodisa va jarayonlar yuz beradigan bo‘lsa, albatta, boshqalarga ham ta’sir qiladi. Shu nuqtayi nazardan, masalan, deylik, Qozog‘istondagi bo‘lib o‘tayotgan voqealarning aks-sadosi, unga nisbatan voqealarning borishi O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlarga ham ta’sir qiladi. Birinchi ta’siri, albatta, savdo-iqtisodiy nuqtayi nazardan, biz bilamizki, oddiy bir mojarodan boshlangan, ya’ni, gazning narxi ko‘tarilishidan boshlangan talablar siyosiylashtirib yuborildi. Bu yerda bundan boshqa kuchlar foydalanib mamlakat miqyosida xaosni keltirib chiqardi. Hamma joy to‘xtab qoldi. Jumladan, iqtisodiy sohadagi, zavod, fabrika va kichik ishlab chiqarish subyektlari to‘xtab qoldi. Ya’ni tadbirkorlarning ishi to‘xtab qoldi. Ma’lumki, bu tadbirkor va zavodlarning O‘zbekiston va mintaqaning qolgan davlatlari bilan aloqalari mavjud. Albatta, ularda mahsulotlar yetib kelishi yoki bizdan ularga mahsulot yetib borishi ham pasayib ketdi. Tabiiy ravishda, odamlarning turmush darajasiga, kundalik xarajatlarini qoplash imkoniyati pasayib ketdi. Bundan tashqari, hududdagi aholi tarixiy, madaniy jihatdan, bir-biri bilan qon-qarindoshlik jihatidan juda yaqin bog‘langan. So‘nggi besh yil ichida bular yanada rivojlangan edi. Albatta, Qozog‘istondagi bu holat, masalan, deylik, chegaralarning yopilishi, qattiq nazoratning o‘rnatilishi yana shu odamlar o‘rtasidagi bordi-keldining, qarindoshlar o‘rtasidagi aloqalarning ham to‘xtab qolishiga olib keldi. Demak, ko‘rinib turibdiki, bu holatlar hududdagi ijtimoiy-madaniy hayotdagi muhitning ham buzilishiga olib kelmoqda. Albatta, biz o‘ylaymizki, bu muammolarning yechilishi aniq va kelajakda bu narsalar hal bo‘ladi, degan fikrdamiz”.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov
    Foto: “Daryo”

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov: “Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik hamkorlik mavjud bo‘lib, hozirgi kunda Qozog‘iston yirik savdo hamkoriga aylangan. Agar buni tahlil qiladigan bo‘lsak, hozirgi kunda Qozog‘iston xalqaro savdo aylanmasining 3-o‘rnida turadigan davlat hisoblanadi. Birinchi o‘rinda Xitoy bo‘lib, savdo aylanmasining 18 foizni tashkil qildi, undan keyingi o‘rinda Rossiya 17,4 foizni tashkil qilsa, keyingi o‘rinda 9,3 foiz bilan Qozog‘iston tashkil qiladi. Demak, biz qaysi yo‘nalishlarda ko‘rishimiz mumkin? Birinchi navbatda, Qozog‘iston biz uchun eng katta miqdordagi neft import qiladigan davlat hisoblanadi. Yonilg‘i moylash materiallari, po‘lat, cho‘yan, don, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini Qozog‘istondan olib kelamiz. Va o‘z navbatida, O‘zbekiston Qozog‘istonga qishloq-xo‘jalik mahsulotlarini, avtomobillar, maishiy texnikalarni eksport qiladi. prezidentimiz ham bu yo‘nalishda katta ishlarni amalga oshirmoqda va o‘rtadagi savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha katta chora-tadbirlar qabul qilingan. Masalan, 2021-yilda bizda 4 milliardga yaqin savdo bo‘lgan bo‘lsa, yaqin kelajakda 10 milliardga yetkazish rejalari turibdi. Albatta, bu narsalar, qilinayotgan chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshishi Qozog‘istondagi tinchlik bilan bog‘liq hisoblanadi”.

    Yuridik fanlari doktori Xushvaqt Hayitov

    Yuridik fanlari doktori Xushvaqt Hayitov
    Foto: “Daryo”

    Yuridik fanlari doktori Xushvaqt Hayitov: “Qo‘shni mamlakatda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz. Haqiqatan, 2-yanvar kuni boshlangan siyosiy harakat va norozilik kayfiyati dastlab tinch yo‘l bilan boshlangan. Bu haqiqatan ham davlat organlariga qonuniy murojaat qilib, u yechimini topishi va davlat organlari tomonidan mavjud muammolarga optimal yechim topish normal holat hisoblandi. Namoyishlarga chiqqan fuqarolarning maqsadi ezgu bo‘lganda, odam o‘ldirmagan bo‘lardi, tadbirkorlarning yoki fuqarolarning hayotiga xavf solmagan bo‘lar edi. Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ryapmizki, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat qilishga o‘tib ketdi. Fuqarolarning mulkini talon-taroj qildi, uyini vayron qildi, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro nizoli holatlarga borilganini ko‘rdik. Bu holatda mamlakat taqdiri juda ham xatarli ahvolga kelib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Xudo saqladi, deymizki, hozirgi holat ancha iziga tushib, davlat organlari o‘z faoliyatini boshladi. Ya’ni konstitutsiyaviy tuzum hozir normal ishlashni boshladi. Lekin bunaqa davlat to‘ntarishiga, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat qilish biror-bir mamlakat tarixida o‘zini oqlab, xalqqa yorug‘lik olib kelmagan. Faqat xalq yo‘qotgan, boyligidan ayrilgan, eng xavfli joyi — mamlakat mustaqilligi ham xavf ostida qoladi. Mamlakatning ichki va xalqaro imijining tushib ketishi, mamlakatning tashqi iqtisodi baquvvat mamlakatlarga qaram bo‘lish xavfini barpo qilish xalqning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi va xalq har tomonlama yutqazadi”.

    Siyosiy fanlar doktori, professor Sayfiddin Jo‘rayev: “Hozirgi holatga e’tibor beradigan bo‘lsak, bundan birinchi navbatda zarar ko‘rgan subyektlar aholi bo‘lib qoldi. Odamlarning shaxsiy mashinalari yoqib yuborildi yoki davlat binolariga o‘t qo‘yildi, davlat tashkilotlari xodimlariga qarshi qurol ishlatildi. Bundan tashqari, juda katta iqtisodiy zarar keltirildi. Savol tug‘iladi, buni kim to‘laydi? Nimaning hisobidan to‘laydi? Borib-borib, xalqning gardaniga tushadi va soliq hisobidan to‘lanadi. Odamlarning ishlab topayotgan pulidan yana shu narsalarni qaytadan tiklashga va joy-joyiga qo‘yish uchun qilinadi. Birinchi navbatda aytish kerak, xalqning bu yerda hech qanday manfaati yo‘q. Tarix ham, zamonaviy davlatchilik ham shuni ko‘rsatadiki, bunday muammolar ko‘chaga chiqish, ommaviy tartibsizliklar orqali hal qilinmaydi. Bu muammolar to‘xtovsiz, uzoq davom etadigan islohotlar bilan hal qilinadi”.

    Mavzuga doir:

    • “O‘zbekistonning KXShTga a’zoligini tiklash huquqiy nuqtayi nazardan noto‘g‘ri bo‘ladi” — Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Oybek Sirojov
    • “O‘zbekistonning qudrati, harbiy salohiyati fuqarolar erkinligi, xalq manfaatlarini himoya qilishga qodir” — huquqshunos Bekzod Narimanov bilan suhbat

    Musulmonbek Ibrohimov suhbatlashdi

    13.01.2022, 16:58   Izoh (0)   14643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    13.01.2022, 16:24

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi

    13.01.2022, 16:09

    Andijonda fuqaro MIB xodimini pichoq bilan jarohatladi

    13.01.2022, 14:50

    Qurilish vazirligi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi stella barelyefiga zarar yetganiga izoh berdi

    13.01.2022, 12:54

    Toshkentda yiliga 260 foizgacha foyda ko‘rishni va’da qilgan Golden Cash Store moliyaviy piramidasi tafsilotlari oshkor qilindi

    13.01.2022, 12:28

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashi qoniqarsiz deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlari javobgarlikka tortiladi

    13.01.2022, 12:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.