• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pora bilan qo‘lga tushgan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi

    “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olishda gumon qilinib, hibsga olingani haqida 2021-yil 8-yanvar kuni ma’lum qilingandi.

    Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

    Foto: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

    Qayd etilishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming AQSh dollari so‘raganlikda gumonlangan. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

    Shundan so‘ng tadbirkor deputatga shikoyat qilgan. U esa o‘z navbatida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan.

    Ular maxsus tadbirda o‘rtadagi shaxsni hamkorlik qilishga ko‘ndirgan. 24-dekabr kuni o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni Bazarimbetovning kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarni qo‘lga olgan.

    Tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning o‘rtadagi shaxsga qarata aytgan “Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y”, degan so‘zlari bor.

    Dekabr oxirida Xorazm viloyat sudining JIB sudlov hay’atida “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ sobiq bosh direktori Murodboy Bazarimbetov va jamiyat bo‘limining sobiq boshlig‘i K.B.ga nisbatan Xiva shahar sudining 9-iyuldagi hukmi yuzasidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

    Xorazm viloyat sudining JIB sudlov hay’ati birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirish, apellyatsiya shikoyatlarini qanoatlantirmaslik to‘g‘risida ajrim chiqardi.

    Hukmga ko‘ra, Murodboy Bazarimbetovga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan 45-modda (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llanib, 3 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 57-modda (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Unga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

    Uning sherigi K.B.ga esa Jinoyat kodeksining 28 va 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 45-modda qo‘llanib, 2 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 57-modda qo‘llanib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Unga ham jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

    Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchilar oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bo‘lib, Tuproqqal’a tumani, “Sorimoy” posyolkasida yangidan tashkil qilinayotgan “B.A.M.” MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi uchun o‘rnatiladigan transformator punktini 6-10 kilovattlik elektr liniyasiga yaqin tayanchdan ulab berish bo‘yicha murojaat qilganidan foydalangan.

    K.B. tadbirkorning ushbu murojaati natijasi to‘g‘risida so‘ragan Z.A.ga ishini ijobiy hal qilib berishini aytib, buning evaziga tadbirkordan 15 ming AQSh dollari olib berishini aytgan.

    K.B. Xonqa tumani hududida Z.A.dan Nexia-3 rusumli avtomashinasi salonida 15 ming dollarni Murodboy Bazarimbetovga pora tariqasida olib borib berish uchun olganida ushlangan va pora olish jinoyatini sodir qilishda ishtirokchilik qilgan.

    Davom ettirilgan tadbir natijasida Murodboy Bazarimbetov o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda K.B.dan 15 ming dollarni olganida qo‘lga tushgan.

    Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sud JIB sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat, protest bildirishi mumkin.

    Avvalroq Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.

    30.12.2021, 20:51   Izoh (0)   22079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    30.12.2021, 20:12

    Qashqadaryodagi choyxonada mast erkak hamqishlog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    30.12.2021, 19:55

    Narzullo Oblomurodov Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi

    30.12.2021, 18:53

    O‘zbekistonda dollar kursi 3 kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    30.12.2021, 18:11

    Namanganda 420 ta oila Yangi yilni yangi uylarda qarshi oladigan bo‘ldi

    30.12.2021, 17:25

    O‘zbekistonda so‘nggi 6 oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi

    30.12.2021, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.