Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 30-dekabr kuni palataning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda deputatlar mazkur lavozimga Oblomurodov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullagan.
Eslatib o‘tamiz, Narzullo Oblomurodov 2021-yil fevral oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangandi. Keyinchalik u prezidentlik saylovida Ekopartiyadan nomzod sifatida tasdiqlangan. 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda u 670 ming 641 ta ovoz bilan 4-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)