Namangan shahrida joylashgan chevarxonalardan birida 30-dekabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 12:09 da shahar FVB bo‘limiga “Ozod” mahallasi A.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli chevarxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga 12:14 da yetib borgan, soat 12:16 da yong‘in joyi o‘rab olingan. 12:45 da holat bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida chevarxona binosining shift va ichki qismidan 70 kvadrat metr joyi, tayyor va yarimtayyor mahsulotlar, 6 dona tikuv mashinasi, 1 dona kompyuter hamda hujjatlar yonib zararlangan. Fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lishi holatlari kuzatilmagan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)