Daryo

Qashqadaryodagi korxonalardan birining omborxonasida yong‘in chiqdi (video)

Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish37 734 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan korxonalardan biriga tegishli omborxonada yong‘in chiqdi, deb xabar beradi viloyat FVB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 30-noyabr kuni soat taxminan 11:41 larda Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Koson tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Bunyodkor tekstil” korxonasining qurilishi yakunlanmagan omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga qutqaruv xizmatida 9 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb etilib, yong‘in soat 12:40 lar atrofida to‘liq o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida binoning 260 metr kvadrat shift qismi yongan. Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi korxona yotoqxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi jarohat olgani, Samarqanddagi yelim ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar