Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududidan o‘tgan Olmaota—Bishkek avtomobil yo‘lida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus va Mercedes avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Foto: “Zakon.kz”

Foto: “Zakon.kz”

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusdagi 33 nafar yo‘lovchidan 30 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Mercedes-Benz E-Class rusumli mashina haydovchisi yo‘lni muz qoplagani sababli avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan, buning oqibatida qarama qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobus bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yengil mashinada bo‘lgan olti yo‘lovchidan uch nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch nafari esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda bo‘lganlardan faqat uning haydovchisi jarohatlangan.

Vaziyat zudlik bilan Bosh konsulxona nazoratiga olindi. Zarur harakatlar amalga oshirilgach, voqea joyiga boshqa bir avtobus olib kelingan. Ushbu avtobusda barcha o‘zbekistonliklar xavfsiz tarzda Toshkentga jo‘natilgan. Ular 28-dekabr kuni O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi, deya aniqlik kiritdi Bosh konsulxona.

Ma’lumotga ko‘ra, mahalliy hokimiyat organlari ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?