• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Nahotki mundialga chiqishni maqsad qilgan terma jamoaning mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘z maydoni bo‘lmasa?”. Karlush Keyrush nima sababdan O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishni istamagani ma’lum bo‘ldi

    Mashhur portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin edi.

    Karlush Keyrush (chapda) va Ektor Kuper

    Karlush Keyrush (chapda) va Ektor Kuper
    Foto: O‘FA

    2018-yil fevral oyida O‘FA ushbu mutaxassis bilan muzokara o‘tkazayotgani, Rossiyadagi Jahon Chempionati bahslaridan keyin Keyrush O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida matbuotda xabarlar paydo bo‘lgandi.

    Ammo keyinchalik argentinalik Ektor Kuper milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ommaga tanishtirildi. Keyrushning nima sababdan O‘zbekistonni boshqarishga rozi bo‘lmagani sabablari oshkor qilinmadi.

    Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, o‘shanda Keyrush O‘FA rahbariyatidan juda katta maosh — yiliga 4 million AQSh dollari so‘ragan. “Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, Keyrush bilan muzokaralarda bu miqdordagi pul haqida so‘z bormagan.

    “O‘FA tomonidan haqiqatan ham Karlush Keyrush bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Portugaliyalik mutaxassis o‘sha payt mundialdan so‘ng Eron terma jamoasi bilan hamkorlikni tugatishga qaror qilgan edi.

    Biz Keyrush bilan gaplashdik. U O‘zbekistonga kelishga rozi bo‘ldi. Ketma-ket ikki marta Eronni Jahon Chempionatiga olib chiqqan murabbiyga endi yangi chorlovlar kerak edi”, — dedi ismi sir qolishini so‘rgan futbol agenti “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    “Keyrush O‘zbekistonning azaliy orzusini amalga oshirish uchun ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo yiliga 4 million dollar maosh so‘ragani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

    U muzokara paytida umuman pul haqida so‘z ochmagan. Asosan, O‘zbekistondagi futbol tizimiga bog‘liq savollar bergandi: ‘Milliy terma jamoaning mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘z maydoni bormi? Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi milliy terma jamoa bilan hamkorlikda ishlaydimi? O‘zbek futbolida menejment qay ahvolda? Murabbiylarni o‘qitish tizimi qanday? Yosh futbolchilarni kashf qilib borish uchun nimalar qilinmoqda? Har bir yoshdagi terma jamoaning yillik rejasi bormi? Bulardan kelib chiqib milliy terma jamoaning strategiyasi ishlab chiqiladimi?’

    Shu kabi mayda-chuyda masalalargacha so‘rgan. Tabiiyki, bizda u aytayotgan ko‘p ishlar hali yo‘lga qo‘yilmagandi.

    ‘Nahotki, Jahon Chempionatiga chiqishni maqsad qilgan terma jamoaning mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘z maydoni bo‘lmasa?’ – deb hayron qolgandi o‘shanda Keyrush”, — deya qo‘shimcha qiladi “Daryo” manbasi.

    Ma’lumot uchun, Keyrush JCh—2018 musobaqasidan keyin Eron bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi. U 2019-yil yanvarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidan keyin Erondan ketdi. Biroz o‘tib Kolumbiya terma jamoasi ustoziga aylandi. Biroq qoniqarsiz natijalardan keyin 2020-yilda Kolumbiyadan iste’foga chiqarildi. 2021-yilning sentabr oyida esa Keyrush Misr terma jamoasini qabul qilib oldi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yozida Vadim Abramov iste’foga chiqarilgach, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida Keyrushning nomi ham bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. O‘FA media bo‘limi rahbari Davron Fayziyev O‘FA ko‘plab nomzodlar qatori Keyrush bilan ham bog‘langani, biroq mutaxassis oilaviy sabablar bilan Mozambikda ekani va ayni vaqtda terma jamoani qabul qila olmasligini bildirgani haqida aytgandi.

    Keyrush murabbiylik faoliyati davomida Eron va Kolumbiyadan tashqari JAR, BAA hamda Portugaliya kabi terma jamoalarda ham ishlagan. Shuningdek, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted” (yordamchi murabbiy), “Nagoya Grampus” va “Sporting” singari klublarda faoliyat yuritgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    27.12.2021, 15:41   Izoh (0)   27007
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yini uchun qaydnoma e’lon qilindi. Unda legionerlar yo‘q

    27.12.2021, 12:54

    APL. “Chelsi” safarda irodali g‘alabaga erishdi, Jorjinyodan dubl

    27.12.2021, 00:28

    APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan o‘yinda “tulkilar”ni tor-mor etdi, “Arsenal” safarda 5 ta gol urdi, “Tottenhem”da ham yirik g‘alaba

    26.12.2021, 22:18

    O‘FA vitse-prezidentiga aylangan Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov yana tengsiz. O‘zbek futbolida 2021-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj

    26.12.2021, 16:35

    Eldor Shomurodovdan Husayn Norchayevgacha. O‘zbekiston futbolining 2021-yildagi eng yaxshilari taqdirlandi

    25.12.2021, 16:23

    Rasman: Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi

    25.12.2021, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.