O‘zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyidagi yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
2022-yilning 21-yanvar sanasida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Tokioning “Saitama” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Srechko Katanes mazkur yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb qildi. Xalqaro taqvimdan kelib chiqqan holda ushbu yig‘inga faqatgina mahalliy klublarda to‘p surayotgan futbolchilar chaqirilgan.
Darvozabonlar: Valijon Rahimov (“OKMK”), O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Umarbek Eshmurodov (“Nasaf”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Dilshod Saitov (“Nasaf”), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Lokomotiv”), Abdulla Abdullayev (“Bunyodkor”), Jaloliddin Jumaboyev (“Lokomotiv”);
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Abubakr Rizo Turdialiyev (“Nasaf”), Abror Ismoilov (“Paxtakor”), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Lokomotiv”), Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”);
Hujumchilar: Sherzod Temirov (“Paxtakor”), Husayn Norchayev (“Nasaf”), Azizbek Omonov (“Lokomotiv”).
Izoh (0)