• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tug‘maydi endi. Bir gap bo‘lsa, javob berasiz”. Farg‘onada homilador ayolning yaqinlari va shifokor o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video tarqaldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi tug‘ruqxonalarning birida shifokor va bemorning yaqinlari o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video tarqaldi. Videoda to‘lg‘oq tutayotgan homilador ayolning eri yashash manzili boshqa hudud bo‘lgani uchun xotinini tug‘ruqxonaga qabul qilishmaganini, ma’lum miqdordagi pul so‘rashganini, videoga ola boshlaganidan keyingina vaziyat o‘zgarganini aytgan.

    Biroq, videoda video muallifi aytgan holat emas, ayolning yaqinlari uni olib ketishga uringani ko‘ringan. Shifokor esa homilador ayolni olib qolishga harakat qilgan. Shu yerda tug‘dirish zarurligini, ayol boshqa joyga yetib borolmay qolishi mumkinligini aytgan.

    “Nega endi bunaqa qilyapsiz, nega avval qabul qilmayman dedingiz-da, endi videoga olayotganim uchun o‘zgarib qoldingiz? Yo‘q, biz endi olib ketamiz. Siz qabul qilmayman dedingiz, endi biz boshqa joyga olib boramiz. Tug‘maydi endi. Bir gap bo‘lsa, Siz javob berasiz. Hozir pul so‘rayotgandingiz-ku, qabul qilmayman degandingiz-ku. Men shu video bilan prezidentga chiqaman”, — deydi homilador ayolning eri. Tug‘ruqxona bosh shifokori ekani aytilgan ayol esa videoga olayotgan erkakni haqoratlab, bemorni olib ketishiga qarshilik ko‘rsatgan.

    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, videodagi holat joriy yilning 11-dekabr kuni Farg‘ona viloyat perinatal markazida kuzatilgan.

    Dastlab, holat yuzasidan izoh olish maqsadida videodagi homilador ayol — Gulsanam Po‘latovaning turmush o‘rtog‘i Mirodil Po‘latov bilan bog‘landik.

    “11-dekabr kuni kech soat 6-7 larda turmush o‘rtog‘im Gulsanam Po‘latovaning to‘lg‘og‘i tutib, biroz tobi qochib qoldi. O‘zimizning poliklinikadagi shifokorlar tug‘ruq vaqtini 2-yanvar kuniga belgilashgandi. Biz qo‘rqib ketib tez tibbiy yordamga telefon qildik. Tez tibbiy yordam turmush o‘rtog‘imni to‘g‘ri ‘Oybek’ tug‘ruqxonasiga olib bordi. Tug‘ruqxonaga borganimizda to‘lovlari borligini aytishdi. Men ‘bepul emasmi’ desam, ‘qayerda bepul joy bor, to‘lov qilmasangiz bemorni olib ketavering’, deyishdi. Unda menga qabul qilmaymiz, deb yozib beringlar desam, ‘Sizga kim yozib beradi’, deyishdi. Unda o‘zim videoga yozib olaman deb telefonimni olishim bilan haqoratlab ketishdi. Telefonimni olib qo‘yish uchun yugurdi, ololmaganidan keyin muloyim gapira boshladi. Eshikni qulflab olib, o‘zim shu yerda tug‘diramanga o‘tib oldi va xotinimni ichkariga qarab sudrashga tushdi. ‘Shu yerda tug‘asan’, deb. Shuncha qilgan ishlaridan keyin qanday qilib bu ayolga ishonardim. Bir narsa qilib eshikni ochib, turmush o‘rtog‘imni Vodilga (Farg‘ona tumani markazi) olib ketdim. 30-35 kilometr joyga o‘zimning Damas mashinamda olib bordim. Vodildagi tug‘ruqxona shifokorlariga rahmat. Darrov besh-oltita xodimi chiqib, turmush o‘rtog‘imni qabul qilib oldi. Yaxshi xizmat ko‘rsatishdi, minnatdorman”, — deydi Mirodil Po‘latov.

    “Daryo” so‘roviga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

    Ma’lum qilinishicha, 11-dekabr kuni soat 17:50 larda Farg‘ona tumani “Cheksho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan homilador ayol Gulsanam Po‘latova oila a’zolari hamrohligida shaxsiy mashinada viloyat perinatal markaziga kelgan va hech qanday yo‘llanmasiz shifokorlarga murojaat qilgan.

    Qabul bo‘limi navbatchi akusher-ginekologi D.Mamasidiqova homilador ayolga akusherlik ko‘ruvi o‘tkazib, ayolda to‘lg‘oq dardi borligini ma’lum qilgan. Shuningdek, tug‘ruqxonada qolish uchun koronavirusga qarshi test topshirishi kerakligini, bu tahlil to‘lov asosida amalga oshirilishini tushuntirgan.

    “Sog‘liqni saqlash vazirligining 151-sonli buyrug‘iga ko‘ra, homilador va tug‘uvchi ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hududiylashtirish tamoyillariga asoslanadi. Fiziologik tug‘ruqlar birinchi darajali tug‘ruq bo‘limlarida amalga oshiriladi. Viloyat perinatal markazi esa uchinchi darajali tug‘ruq muassasasi hisoblanib, u yerda homiladorligi asoratlar bilan o‘tayotgan, ona va bola salomatligiga ta’sir qiladigan xavflar mavjud bo‘lgan va operatsiya o‘tkazilishi shart bo‘lgan homilador ayollar qabul qilinadi.

    Homilador ayolning turmush o‘rtog‘i buyruqlarning asl mohiyatini tushunishni xohlamagan. Perinatal markaz mutaxassislari Gulsanam Po‘latovani tug‘ruqxonada olib qolishga qaror qilganligiga qaramasdan, turmush o‘rtog‘i uni majburlab, olib ketishga uringan. Qayd etilishicha, Gulsanam Po‘latova Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limiga 40 daqiqadan so‘ng yetib borib, soat 20:35 da qiz farzand ko‘rgan. Tug‘ruq asoratsiz kechgan, ona va bolaning salomatligi yaxshi. Tug‘ruq jarayonini viloyat perinatal markazining bosh shifokori telefon orqali nazorat qilib turgan”, — deyiladi boshqarma axborotida.

    Gulsanam Po‘latovaning turmush o‘rtog‘i va qaynonasi ularni viloyat perinatal markaziga tez tibbiy yordam mashinasi olib borganini aytdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi esa homilador ayol oila a’zolari hamrohligida shaxsiy mashinasida kelganini ma’lum qildi. O‘sha kuni navbatchilikda turgan perinatal markazi qorovuli Samadillo Yusupov sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumotini tasdiqladi. Uning aytishicha, Gulsanam Po‘latova va uning yaqinlari tug‘ruqxonaga shaxsiy Damas mashinasida kelishgan va yana xuddi shu avtomashinada qaytib ketishgan.

    Qayd etilishicha, 16-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilish davomida viloyat perinatal markazi bosh shifokorining deontologiya (shifokor muomalasi) qoidalarini buzganligi aniqlangan. Bosh shifokordan tushuntirish xati olinib, intizomiy chora ko‘rish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan.

    17.12.2021, 15:05   Izoh (0)   111319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni taklif etdi

    17.12.2021, 14:58

    Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    17.12.2021, 14:23

    “Maktabni yomon qilgan siz bilan bizmiz”. Erkinjon Turdimov Samarqanddagi maktablarning shakliga hokim va sektor rahbarlari javob berishini ma’lum qildi

    17.12.2021, 14:08

    O‘zbekistonda dam olish kuni yomg‘ir yog‘adi

    17.12.2021, 13:40

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari e’lon qilindi

    17.12.2021, 13:11

    O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

    17.12.2021, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin qurshovida Ukrainadagi urushni tugatish tarafdori paydo bo‘ldi — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 17:25

    Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:11

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.