Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zafarjon Qodirovich To‘raqulov Quvasoy shahar hokimi etib tayinlandi.
Zafarjon Qodirovich To‘raqulov 1974-yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Universalbank ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan.
2020-yil 4-apreldan buyon Quvasoy shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Ravshan Rahimjonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bundan avval Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Dilshod Hojiahmedov lavozimidan ozod etilib, suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh (0)