• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “O‘zgalar dardi”, “Antiqa sovchilar”, “Kapalak tushi” va poytaxt teatrlaridagi eng ko‘p tomosha qilinayotgan boshqa spektakllar (foto)

    So‘nggi marta qachon teatrga bordingiz? Bu savolga darhol javob beradiganlar juda ozchilikni tashkil etishi aniq. Chunki tomoshabinlar avvalgidek teatrlarga serqatnov emas, o‘z xohishi bilan spektaklga keladiganlar esa barmoq bilan sanarli. Xo‘sh, poytaxt teatrlaridagi eng tomoshabop spektakllar va ularning chipta narxi qancha?

    Botir Muhammadjonov — O‘zbek milliy akademik drama teatri truppa rahbari:

    — Ayni kunlarda teatrimizdagi eng tomoshabop spektakllar: “Andishali kelinchak”, “Ko‘ngil”, “Keldi-yu, ketdi”, “Urush odamlari” va “O‘zgalar dardi” hisoblanadi. Dam olish kunlari mazkur spektakllarga chipta topish muammo. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafotidan so‘ng “O‘zbekcha raqs” spektaklining namoyishi vaqtincha to‘xtatilgandi. Dekabr oyidan boshlab spektakl yana sahnaga qaytdi. Endilikda asosiy rolni Malika Ibrohimova va Mahfuza Bobotillayevalar ijro etishyapti.

    Keyingi paytlarda komediya janridagi asarlarga talab yuqori. Dam olish kunlari namoyish etiladigan “Andishali kelinchak” va “Ko‘ngil” spektakllariga bir necha hafta oldin chiptalar sotuvi tugatiladi.

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    “Andishali kelinchak” spektaklining ilk premyerasi 2005-yilning 15-iyun sanasida o‘tkazilgan. Shu kungacha necha marta namoyish etilganligi haqidagi aniq ma’lumot yo‘q. Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda bosh rollarni: Dilnoza Kubayeva, Shodiya To‘xtayeva, Rixsitilla Abdullayev, Avaz Qodirov, Saida Rametova, Shohida Ismoilova va Xosiyat Husanova kabi el ardog‘idagi aktyorlar jamoasi ijro etishadi.

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Spektakl haqida qisqacha: Asar Olmaxon ismli yosh kelinchakning o‘zga xonadonga moslashib ketishi haqida hikoya qiladi. Kelinchakni qaynonasi xushlamaydi, shu bois oilada ziddiyatli vaziyatlarga uchraydi. Hatto qaynona kelinini tug‘maslikda ayblab, o‘g‘lini boshqa qizga uylantirmoqchi bo‘ladi. Ikki yosh esa baxt uchun kurashib, onaning ko‘ngliga yo‘l topishadi.

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    “Ko‘ngil” spektaklining premyerasi 2015-yilning 8-aprel sanasida o‘tkazilgan. Asar muallifi Erkin Xushvaqtov “Ko‘ngil”ni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning taklifiga ko‘ra yozgan. Dramaturg asarni yozishda shoira Marhabo Karimovaning she’ridan ilhomlanganini ham yashirmaydi. Bosh rollarni Muqaddas Xoliqova, Farhod Abdullayev, Shahlo Temirova, Baxtiyor Yusupovlar ijro etishgan.

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Foto: “Milliyteatr.uz”

    Spektakl haqida qisqacha: Ayolga turmush o‘rtog‘i guldasta olib keladi. Bundan quvongan ayolning dunyoga bo‘lgan qarashlari o‘zgaradi. Tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishi lozimligini anglab yetadi. U avvalgidan go‘zallashadi. Turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan munosabatlari ham o‘zgaradi. Ammo erkak ayolni quvontirgan gulni xarid qilmagani va uni yo‘lakdan topib olganini aytadi. Spektakl so‘ngida erkak oilaviy munosabatlarning yaxshilanishida e’tiborning naqadar katta kuchga egaligini tushunib yetadi.Chiptalar 30 000 – 50 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi.

    Xayrulla Inog‘omov — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining tomoshabinlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari:

    Foto: “Muqimiyteatr.uz”

    Foto: “Muqimiyteatr.uz”

    — Shu kungacha teatrimizdagi eng anshlag spektakl “Super qaynona” bo‘lgan. U 20 yilga yaqin namoyish etilib, ikki yil avval repertuardan olib tashlandi. Hozirgi kunda “Antiqa sovchilar”, “Aqldan ozish hech gapmas”, “Asl xazina” va “Oliftalar” spektakliga talab birmuncha yuqori.

    Spektakllarimizga bilet topish muammo emas. Dam olish kunlari 400 kishilik tomosha zali muxlislar bilan to‘ladi, qolgan kunlari esa 100-200 kishi tashrif buyuradi. Ixtiyoriy tashrif buyuruvchilar kamligi uchun korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi.

    Foto: “Muqimiyteatr.uz”

    Foto: “Muqimiyteatr.uz”

    “Antiqa sovchilar” spektakli Isfandiyor qalamiga mansub bo‘lib, bosh rollarni Mehri Bekjonova, Gulchehra Nosirova, Turg‘un Beknazarov, Xayrulla Inogomov, Malika Qayumova, Maxsuda Otajonova kabi aktyorlar jamoasi ijro etishadi.Spektakl haqida qisqacha: Izzat aka qizi Nargizaga kelgan sovchilardan birini tanlolmay boshi qotadi. U qiziga oshiq bo‘lgan Baxtiyorga qizini turmushga berishni istamaydi.  Bir kuni Izzat akaning tushiga rahmatli otasi kirib, nabirasini Baxtiyorga turmushga bersa, baxtli bo‘lishi haqida aytadi. Shu kundan boshlab ota Baxtiyorning hayotiga qiziqadi. U yashirincha bo‘lsa-da, yigitga Nargizaga uylanishni taklif qiladi. Spektakl ikki yoshning baxt oqshomi bilan yakunlanadi.Chiptalar 10 000 – 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi.

    Uchqun O‘sarov — O‘zbekiston davlat drama teatri adabiy emakdoshi:

    Foto: “Uzddt.uz”

    Foto: “Uzddt.uz”

    — Ayni kunlarda teatrimiz asosan yosh tomoshabinlar uchun “Yangi yil ertagi” spektaklini namoyish etmoqda. Tan olish kerak, spektakl tomoshalariga tashrif buyuruvchilar nihoyatda kam. Shu bois maktab, institut va korxonalar bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi. “Ayajonlarim”, “Ming yillik hangoma”. “Qaytar dunyo” va “Vafodor” singari spektakllarimiz tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolayotgani ko‘ngilni xira qiladi.

    Foto: “Uzddt.uz”

    Foto: “Uzddt.uz”

    “Yillar armoni” — O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan dramaturg Uchqun O‘sarov qalamiga mansub, rejissor Rasuljon Tog‘ayqulov tomonidan sahnalashtirilgan. Unda bosh rollarni Po‘lat Normatov, Shukurjon So‘fiyev, Madina To‘xtayeva, Mahbuba Xurramova kabi aktyorlar ijro etishgan. Asarda Abdulla Oripovning hayot va ijodi bilan bog‘liq voqealar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, shoirning mashhur she’rlari yozilishiga turtki bo‘lgan voqealar ham spektakl sujetiga kiritilgan.

    Chiptalar 10 000 – 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi. Kelishuvga ko‘ra maktab o‘quvchilari va talabalar uchun maxsus chegirmalar mavjud.

    Qahramon Meliyev — O‘zbek davlat satira teatri direktori o‘rinbosari:

    Foto: “Satirateatri.uz”

    Foto: “Satirateatri.uz”

    — Teatr binosi chekka hududda joylashgani uchun tomoshabinlarning kelishi havas qilgudek emas. Ko‘p hollarda 300 o‘rinli tomosha zaliga 50-100 ta tomoshabinlar kelishadi. Barmoq bilan sanarli tomoshabinlar uchun spektakl qo‘ygan paytlarimiz ham ko‘p bo‘lgan. Ayni kunlarda teatrimizda “Julqunboy”, “Uylanish”, “Doktor falsafasi” kabi spektakllar namoyish etilmoqda. Bolajonlar uchun “Qor malikasi” spektakli sahnalashtirilgan. Bu spektaklga maktab va korxonalar bilan hamkorlikda chiptalar sotilmoqda.

    Foto: “Satirateatri.uz”

    Foto: “Satirateatri.uz”

    “Julqunboy” — yozuvchi Abdulla Qodiriyning kichik hikoyalari asosida sahnalashtirilgan. Unda jamiyatdagi adolatsizlik, poraxo‘rlik va mansabparastlik kabi illatlar achchiq kulgi ostiga olinadi.

    Chiptalar 10 000 – 20 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotiladi.

    Bobur Yo‘ldoshev — “Diydor” teatr-studiyasi rahbari:

    Foto: Instagram / @diydor_teatr_studiyasi

    Foto: Instagram / @diydor_teatr_studiyasi

    — Ayni kunlarda teatrimizda “Yulduzli tunlar”, Arshin mal alan”, “Mungli ko‘z”, “Kapalak tushi” kabi spektakllar namoyish etilmoqda. Spektakllar faqat shanba va yakshanba kunlari namoyish etiladi. Teatr binosi kichik bo‘lgani uchun tomosha zalimizga 100 ta odam sig‘ishi mumkin, ammo har doim ham bu natijaga erishmaymiz. Odatda, 60-70 ta tomoshabin tashrif buyuradi.

    Foto: Instagram / @diydor_teatr_studiyasi

    Foto: Instagram / @diydor_teatr_studiyasi

    “Diydor” teatr-studiyasida chiptalar bepul.

    Eng qimmat chipta bilan balet spektaklini tomosha qilasiz

    Foto: “Gabt.uz”

    Foto: “Gabt.uz”

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri tomoshabop spektakllarni sahnalashtirishda faol.Shu kunlarda “Bogema” operasi 33-55 ming so‘mgacha, “Oqqush ko‘li” va “Qarsildoq” balet spektakllariga esa 33-110 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda chiptalar sotilmoqda. Teatr bir oy davomida taxminan 5-6 balet spektaklini, 3-4 ta opera spektaklini namoyish etadi. Balet spektakllarining chiptalari bir hafta avval xarid qilinishi ko‘pchilik o‘zbek tomoshabinlari uchun taajjublanarli hol.

    Bolalar teatrlarida nima gap?

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    1. O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri — 25-dekabrdan boshlab “Qor malikasi” spektakli namoyish etiladi. Seanslardan oldin qorbobo va qorqiz ishtirokidagi bayram tomoshalari ham o‘tkaziladi.Chiptalar narxi 25 000 so‘m.2. O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri — 25-dekabrdan boshlab “Uchar kema” nomli sarguzasht spektaklni namoyish etadi. Spektakl namoyishidan avval Yangi yil konsert dasturi ham o‘tkaziladi.Chiptalar narxi 25 000 so‘m.

    17.12.2021, 14:42   Izoh (0)   44518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Otamdan qolgan dalalar”dagi Dehqonqul, “Lafz”dagi Tolib. Aktyor va chempion A’zam Shokirjonov hozir qayerda? (foto, video)

    16.12.2021, 12:23

    “Bugungi kechani uch yil kutdik”. Anqaradagi o‘zbekistonliklar uchun gala konsert tashkil etildi (foto)

    15.12.2021, 20:15

    “Voy alamjon” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan xonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi

    08.12.2021, 20:33

    Hamza Umarov, Zaynab Sadriyeva va boshqa kino darg‘alarining ota-onasidek mashhur bo‘la olmagan san’atkor farzandlari (foto)

    07.12.2021, 20:25

    Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qiladi

    02.12.2021, 23:31

    O‘zbekiston 30-noyabrdan 7-dekabrgacha xalqaro yoshlar teatr san’ati forumiga mezbonlik qiladi

    01.12.2021, 08:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.