• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Otamdan qolgan dalalar”dagi Dehqonqul, “Lafz”dagi Tolib. Aktyor va chempion A’zam Shokirjonov hozir qayerda? (foto, video)

    Yigirma beshdan ortiq filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan aktyor A’zam Shokirjonov bolaligi, shaxsiy hayoti, sinovlarga to‘la umri haqida ko‘pchilik hech qanday ma’lumotga ega emas.

    Foto: “Otamdan qolgan dalalar” filmidan kadr

    Foto: “Otamdan qolgan dalalar” filmidan kadr

    A’zam Shokirjonov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida o‘zi haqidagi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan voqealarni gapirib berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ota-onamni eslolmayman…”

    Ikki yoshimda ota-onam vafot etishganidan so‘ng to‘rt-besh yoshgacha qarindosh, urug‘larimnikida yurdim. Ota-onam bolaligimda vafot etib ketishgani uchun ularni eslolmayman, lekin rahmatli xolamni “onamdek bo‘lgan bo‘lsa kerak”, deb o‘ylayman.

    Ikkita kichkina bolani Toshkent viloyati Piskent tumanidagi bolalar uyiga topshirishgan. Bolalar uyida 6-sinfgacha yashadim. To‘qlikka sho‘xlik qilib, 6-sinfda bolalar uyidan qochdim, eng katta akam — Ibrohimbek akamlarnikiga bordim. Bolalar uyidan nolimayman, boquv yaxshi edi. Lekin shaxsiy hayot, issiq yopilgan nonlar, qaymoqlar meni o‘ziga tortgan.

    Katta akamning 11 nafar bolasi bor edi. 10 ta qiz va 10 ta qizdan keyin 11-farzand o‘g‘il edi. Yana ularning yoniga men ham borib olgan edim. O‘sha vaqtda oilada yolg‘iz akam ishlar edi. Yoshlik qilib qiyinchilikka chidamasdan xolamga shikoyat qilgan ekanman. Xolam meni o‘zlarinikiga olib ketganlar. Keyinroq akam “Nimaga mening jigarlarim boshqa yerda yashashi kerak”, deb kichkina akam bilan meni o‘zlarinikiga qaytib, olib kelganlar.

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Kurashga olib kirgan “kalish” haqida

    Xalqimizning bir-biridan ajoyib urf-odatlari borligiga shukr qilaman. Mening oyoqqa turib, o‘zimni tutib olishimga shu xalqimizning urf-odatlari sabab bo‘lgan. Xalqimiz hozir aytilayotgan ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini o‘zlari bilmagan holda necha yillardan buyon qo‘llab keladi.

    Ya’ni yurtdoshlarimiz sunnat to‘ylari vaqtida, albatta, kurash yoki uloq beradi. Mana shu urf-odatlar bizning Sirdaryo viloyatida nihoyatda rivojlangan edi.

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Qishloqda biroz baquvvat bo‘lganim uchun meni kurashga ko‘p chiqarishardi. Sovet Ittifoqi paytida asosan ikki xil kurash bo‘lar edi — buxorocha va farg‘onacha. Biz tomonda buxorocha kurash juda rivojlangan edi. Men goh yiqilardim, goh yiqitardim. 1962—1963-yillarda kurashda yutgan vaqtim menga mukofot sifatida kalish berishgan, shu kalish meni kurash tushishga yanada qiziqtirib yubordi. Shundan keyin atrofimdagi do‘stlarim ham meni kurashchi sifatida e’tirof eta boshlashgan. Shundan keyin bor e’tiborimni kurashga qaratdim. Natijada bolalar uyiga ham bormay qo‘ydim.

    Foto: “Otamdan qolgan dalalar” filmidan kadr

    Foto: “Otamdan qolgan dalalar” filmidan kadr

    3 kilometr uzoqlikdagi maktab, 4 kilometr uzoqlikdagi sport zali haqida

    O‘qishga biroz no‘noqroq bo‘lsam-da, har kuni ertalab qo‘shni qishloqdagi maktabga 3 kilometr yo‘l bosib borib, tushlikda o‘qishdan qaytardim. Keyin kechgacha dalada mehnat qilardim. Tushlikdan keyin yarim kun ishlasam-da, bir kunlik rejani bajarardim. To‘ylarda kurashib yurganimni ko‘rgan Marat O‘razovich degan murabbiy bir kuni menga “Sport zalga kelsang-chi, sendan zo‘r polvon chiqadi”, deb qoldi. “Sport zali qayerda”, deb so‘rasam qishlog‘imizdan 4 kilometr uzoqda joylashgan “Baxt” posyolkasini aytdi.

    Shundan so‘ng 9—10-sinflarimda ertalab maktab, tushlikdan keyin dala, daladan keyin 4 kilometr uzoqlikdagi sport zalida ikki soatlik mashg‘ulotlarga boradigan bo‘ldim.

    “Yetimligim uchun ruhan sindirib qo‘yishgan ekan”

    Hamma meni yetimligim uchun turtkilayverib, ruhan sindirib qo‘yishgan ekan. Urug‘imizda hech kim o‘qimagan, oliy ma’lumotli inson yo‘q edi. Birdaniga menga berilgan institutga yo‘llanma meni hayron qoldirgan.

    Bizning qishlog‘imizdan Sirdaryo shahrigacha 16 kilometr edi. Ana shu 16 kilometr yo‘l bosib, qo‘limdagi rektor nomiga berilgan yo‘llanmani necha marotaba qayta o‘qiganimni bilmayman. Uyga kelib bu qog‘ozni akamga ham, yangamga ham ko‘rsata olmadim. Maktabimga borib adabiyot ustozimga ko‘rsatdim. Ustozim menga “bu qog‘oz bilan sen tayyor talabasan” deb, menga qanday hujjatlar topshirishim kerakligini uqtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Nari borsa qishloqda bir traktorchi bo‘lardim, lekin…”

    Keyin men Toshkentda tibbiyot bilim yurtida o‘qiydigan tog‘amni topdim. Hujjatlarni topshirganimizdan so‘ng Toshkentni tomosha qilib to‘ymadim. Shahar ayniqsa kechalari chiroqlar bilan yanada chiroyli bo‘lib ketar edi. “Skver”dagi diskotekalarga borardim. Kechasi bilan shaharni aylanib chiqar edim. Shu kunlarda imtihon bo‘ldi. Lekin men imtihondagi tibbiyot komissiyasidan yiqildim. Yoshligimdan qulog‘imda bo‘lgan xastalikning asorati sabab meni “medkomissiya” imtihondan o‘tkazmadi.

    Shunda tog‘am menga hujjatlarimni olib boshqa fakultetga topshirishimni aytdi. Tibbiy komissiyaga esa akamning buxorolik kursdoshining ukasi mening o‘rnimga kirib, “sog‘lom” degan qog‘oz bilan chiqdi. To‘g‘ri bu o‘sha vaqtda noma’qbul ish bo‘lgandir, lekin ana shu shifokorning birgina manfiy xulosasi sabab, men nari borsa qishloqda bir traktorchi bo‘lishim mumkin edi. Hozir esa men qanchadan-qancha sportchilarning ustoziman. Hayotda o‘z yo‘limni va o‘z o‘rnimni topishimda men uchratgan yaxshi insonlar, hayotdagi qiyinchiliklarda pishgan zuvalam va mendan oqqan chelaklab peshona teri sabab deb o‘ylayman.

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    “Qiziq muhabbat tarixim bor”

    Kech oila qurishimning sababi avvalo yo‘qchilik. Men ham boshqalarga o‘xshab sevganman. Maktabda ham sevganim bo‘lgan. Institutda ham sevganman. Taqdirimga tan bermay ilojim yo‘q, eng qizig‘i institutda o‘zim sevgan qizni ko‘rsam qotib qolardim. Yo‘lakda ko‘rsam u o‘tib ketganidan keyin yurardim. Bazilarga o‘xshab “e kursdosh, qandaysiz?” deb qo‘l berib ko‘rishib, kulishib ketolmasdim. U qaddi-qomati kelishgan, bo‘ylari baland, sochlari uzun o‘zbek qiz edi.

    Taqdirni qarang, institutdan keyin, yo‘llanma bilan qishloqlarga ketdim. Qaytib kelganimdan so‘ng 26 yoshimda armiyaga ketdim. Armiyadan keyin tibbiyot institutida ish boshladim.

    Meni Jismoniy tarbiya institutidagi ustozlar ham juda hurmat qilishardi. Sababi men nafaqat yaxshi sportchi, balki ilg‘or paxtakor edim. Paxta dalalarida yaxshi paxta terardim. Bir kuni meni ko‘rib qolishib, qayerda ishlashimni surishtirishdi. Aytib bersam meni institutga chaqirishdi. U yerga kelganimdan keyin, “bola-chaqadan nechta bo‘ldi”, deyishganida, uylanmaganimni aytdim. Shunda futbol murabbiyi bo‘lib ishlaydigan ustozim “bir qiz bor, shu bilan oila qursang-chi”, deb oliygohda talabalik yillari men ko‘ngil qo‘ygan Klarani aytdilar.

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Foto: A’zam Shokirjonov arxivi

    Hayajonlanganimdan “hali turmushga chiqmadimi”, deb yuboribman. Keyin “hali Toshkentda uyim bo‘lmasa, menga turmushga chiqarmikin”, deb o‘ylanib qoldim. Keyin “uning ham oldidan bir o‘tinglar” deganimda, u ham “bir ko‘rishay-chi”, deb so‘rabdi.

    Keyin ko‘rishdik. Eng qizig‘i “men sizni ko‘p bezovta qilavermay, telefon raqamingizni bering, bo‘sh vaqtingizda telefonlashib turamiz”, deb aytdim. Shunda “hech kimga raqamimni bermagan edim, lekin mayli sizga beraman”, deb menga raqamini berdi.

    O‘sha davrda chet elga chiqish nihoyatda mushkul edi. Shunday paytlarda uni Ruminiyadagi musobaqaga hakamlikka taklif qilishayotganini aytib, “borsam maylimi”, deb mendan ruxsat so‘radi. Qaror qabul qilishdan oldin mendan ruxsat so‘raganidan nihoyatda quvonib ketdim va ruxsat berdim. “Men sizni Toshkentdan kuzatib yuborib, Moskvada kutib olaman”, deb kuzatish vaqtida pasportini qo‘limga olib barcha ma’lumotlarini yodlab oldim.

    U uchib ketishi bilanoq nikohni qayd etish idorasiga bordim. Ular “kelin qani?”, deyishgan edi, “kelin xizmat safarida, vaqt ketyapti u qaytsa ishlarimiz boshlanib qoladi, ulgurmaymiz”, deb qo‘liga ozgina pul bergandim. Ular kelin bo‘lmasa ham arizani olib qolishdi. O‘sha vaqtlar kelin-kuyovlar do‘koni uchun kartochka berishar edi. Ana shu kartochkani oldim. Keyin u qo‘ng‘iroq qilib, “Moskvaga borib yurmang, biz ertaroq qaytadigan bo‘ldik” deb aytdi va men uni Toshkentda kutib olib, uyiga kuzatib qo‘yayotganda “mana bu kelin-kuyovlar uchun do‘konga kartochka, xohlagan narsangizni oling, ertadan keyin to‘y”, desam u qotib qoldi.

    Bizni qaynonam ham kuzatib turgan edilar. Ularni ich-ichimdan tushundim. Axir sovchisiz, tog‘orasiz, bordi-keldisiz to‘y bo‘layotgan edi. Ikki kunda eski “Jiguli” avtomobilida kelib, uni olib ketdim. Restoranga o‘sha vaqtdagi hisob bo‘yicha 1500 rubl to‘lab to‘y qildim. Erkak kishi mana shunday, mas’uliyatli paytda hal qiluvchi qarorni qabul qilishi kerakligini ana o‘shanda tushunib yetganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bitta armonim bor”

    Xudodan bir kunga onamni qaytarib berishini so‘rayman. Qaytarib bersa onamni boshimdan tushirmaslikka boshimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman. Bermaydi. Onam va otamni ko‘rgim keladi. Shu armonim bor xolos. Qolgan hammasi yaxshi, xudoga shukr. Kuch-quvvat, aql-zakovat, oila, farzand berdi. Hammasi yaxshi. Ko‘p farzandlarga ota-onasi hamma narsani muhayyo qiladi, lekin farzand ularni baribir xafa qilib qo‘yadi. Qari chollarni, onaxonlarni ko‘rsam xursand bo‘lib ketaman. Ko‘p farzandlar ota-onasi qariganida jerkib muomala qiladi. Qaynotamning bir oyoqlari yo‘q, nogiron edilar. Ularni o‘zim xohlab, chin dildan borib, haftada bir marta cho‘miltirib kelardim. Xursand bo‘lib qolardilar.

    Ma’lumot uchun, A’zam Shokirjonov 1951-yil, 26-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida dunyoga kelgan. Kurash bo‘yicha 23 karra O‘zbekiston chempioni, 5 karra Osiyo chempioni, 3 karra Jahon Chempioni. “Tong otguncha”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Lafz”, “Chegaradagi qishloq”, “Amir Temur”, “Zanjir”, “Said va Saida” kabi 25 dan ortiq filmning 13 tasida bosh rolni ijro etgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, dotsent. Hozirda Prezident Akademiyasining Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi.

     Mavzuga doir:

    • “Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
    • “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    16.12.2021, 12:23   Izoh (0)   101883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bugungi kechani uch yil kutdik”. Anqaradagi o‘zbekistonliklar uchun gala konsert tashkil etildi (foto)

    15.12.2021, 20:15

    “Voy alamjon” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan xonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi

    08.12.2021, 20:33

    Hamza Umarov, Zaynab Sadriyeva va boshqa kino darg‘alarining ota-onasidek mashhur bo‘la olmagan san’atkor farzandlari (foto)

    07.12.2021, 20:25

    Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qiladi

    02.12.2021, 23:31

    O‘zbekiston 30-noyabrdan 7-dekabrgacha xalqaro yoshlar teatr san’ati forumiga mezbonlik qiladi

    01.12.2021, 08:37

    Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (fot...

    29.11.2021, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.