Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinda minglab odamlar mamlakat qirg‘oqlariga kuchli tayfun yaqinlashib kelayotgani sabab xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Rey” tayfuni janubiy Surigao del Norte provinsiyasidan 175 kilometr sharqda qayd etilgan. U ba’zida tezligi soatiga 230 kilometrga yetayotgan shamol yordamida g‘arb tomon harakatlanmoqda. 16-dekabr kunining ikkinchi yarmida u mamlakat janubi-sharqidagi Dinagat oroliga yopirilishi mumkin.

Shu bilan birga, ayrim janubiy va markaziy provinsiyalarga tayfun sabab po‘rtanadan ogohlantirishlar ketmoqda. Mahalliy aholidan qirg‘oqdan va pastlikdagi qishloqlardan, suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli tumanlardan uzoqroqda bo‘lish so‘ralmoqda.

Filippin qirg‘oq xizmati kemalarga yuqori xavf ehtimoli bor zonalarga chiqishni taqiqladi, paromlar va o‘nlab portlardagi yuk kemalari ishi to‘xtatildi. Qutqaruvchilar evakuatsiya va qutqaruv operatsiyalariga tayyorlanmoqda. O‘nlab ichki aviareyslar bekor qilingan.

O‘n minglab aholi maktab va hukumat binolarida joylashgan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Ayrim odamlarni majburan evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, hukumat “omikron” xavfi sabab bir joyda ko‘plab odamlarni to‘plashdan qochishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Filippinda aprel oyida “Surigay” tayfuni sodir bo‘lib, 60 ming kishi evakuatsiya qilingandi. O‘shanda shamol tezligi 195 kilometr soatga yetib, uylarning tomini vayron qilgan va daraxtlarni qo‘porib tashlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)