• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahridagi xaroba yotoqxonada ta’mirlash ishlari boshlandi (foto)

    Qarshi shahridagi “Shodlik” mahallasida joylashgan 2-sonli yotoqxona xaroba ahvolda ekani, viloyat va shahar hokimligi holatga e’tibor qaratmayotgani xabar berilgandi. Shundan so‘ng viloyat hokimligi mazkur shikoyatga e’tibor qaratib, yotoqxona tadbirkorga tegishli mulk ekanini yozdi va tadbirkorlik subyektida davlat mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlarini olib borish qonunga zid ekanini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining xabar berishicha, 2021-yilning 13—14-dekabr kunlari mazkur yotoqxonada homiylar hisobidan ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yotoqxonada yashayotgan fuqarolarni sovuq ob-havoda ko‘chada qoldirib bo‘lmasligini hisobga olib, homiy tadbirkor va rahbarlarni jalb qilgan holda yotoqxonani ta’mirlab, fuqarolarga shart-sharoit yaratib berishni maqsad qildik. Ammo esdan chiqarmaslik kerakki, mazkur yotoqxona xususiy mulk, shu sababli yotoqxonani budjetdan mablag‘ ajratib ta’mirlab bo‘lmaydi. Qolaversa, yotoqxonada yashovchilarga mahalliy hokimliklar tomonidan imkoniyat yaratib berilgach, ular bu yotoqxonani tark etadi. Ularga uy-joy qilingunga qadar esa biz imkoniyat yaratib berishga qaror qildik”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahar hokimining taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur yotoqxona ta’miriga 200-300 million so‘m mablag‘ sarflanishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mablag‘ homiylar hisobidan bo‘lgani bois, biz ta’mir uchun sarflanayotgan mablag‘ning aniq summasini aytolmaymiz. Kimdir bo‘yoq olib kelgan, yana kimdir deraza romlarini olib kelib, chin ko‘ngildan saxovat qilmoqda”, — dedi Normo‘min Xolboyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimining tan olishicha, mazkur yotoqxona muammosi 2020-yil karantin paytida ham kun mavzusiga aylangan bo‘lib, o‘sha paytdagi viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tomonidan shahar va tuman hokimlariga hududlardan kelib yotoqxonada qo‘nim topgan fuqarolarni o‘z joyiga qaytarib, ularning boshpanali bo‘lishi uchun zarur yordam ko‘rsatilishi kerakligi, shuningdek hokimlarga boshpanasiz fuqarolarni “viloyat hokimligidan yordam beriladi”, deya Qarshi shahriga jo‘natavermaslik lozimligi haqida topshiriq berilgan. Biroq bu topshiriq shunchaki aytilgan va o‘sha joyida qolgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimining qo‘shimcha qilishicha, ta’mirlash davomida yotoqxonaning isitish tizimi, kanalizatsiya muammosi va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari ham hal etilib, yotoqxona oldida bolalar maydonchasi barpo etiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, viloyatning ayni kundagi hokimi Murodjon Azimov ham xuddi Zoir Mirzayev kabi dastlab yotoqxonadagi fuqarolarni shahar va tuman hokimlari yordamida boshpanali qilishni maqsad qilgan va Qarshi, Qamashi, Kasbi, Koson va Nishon tumani hokimlariga bu haqda topshiriq bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayevning topshirig‘i o‘z vaqtida bajarilmagani sababi hamda amalda hokim topshirig‘i qay darajada ado etilayotganini bilish maqsadida mas’ullar bilan muloqot qilishga urindi. Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Nurbek Rasulov muxbirning viloyatning sobiq hokimi topshirig‘i bajarilmagani sababi va ayni kunda viloyatga rahbarlik qilayotgan Murodjon Azimovning topshirig‘i qay darajada bajarilayotganini oydinlashtirishga oid savolini ochiq qoldirgan bo‘lsa, Nishon tumani hokimligi axborot xizmati mas’uli xaroba yotoqxonada nishonlik fuqarolar yo‘qligini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan muloqot qilgan Kasbi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Gulilaylo Tugalova esa hokim To‘xtamurod Meyliyev aslida kasbilik bo‘lgan ikki nafar ayol bilan Zoir Mirzayev topshiriq bergan paytdayoq suhbatlashib, ularni Kasbi tumaniga qaytarish va uy-joy bilan ta’minlash chorasini ko‘rganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ammo har ikki ayol ham hokimga Kasbi tumaniga qaytmasligini aytib, taklifni rad etgan”, — deydi Gulilaylo Tugalova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kasbi tumani hokimligining matbuot kotibi Gulilaylo Tugalovaga ko‘ra, viloyatning amaldagi hokimi Murodjon Azimov tomonidan berilgan topshiriqdan so‘ng bu masala yana kun tartibiga chiqqan. Va kasbilik mas’ullar ikki nafar ayolni tumanga qaytarish maqsadida yana ular bilan suhbatlashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, ayni kunda mazkur yotoqxonadagi 62 ta xonada 158 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yotoqxona ahvoli jamoatchilikka oshkor bo‘lib, odamlarni tashvishga solgach, viloyat hokimligi axborot xizmati mas’ullari holatga e’tibor qaratgan. “Tez kunlarda kim uy-joyga muhtoj, kimning uy-joyi borligi o‘rganilib, har biri bo‘yicha oxirgi xulosalar beriladi. Shunga qarab binoda yashab kelayotgan uy-joyi bo‘lmagan fuqarolarni kelgusida turar joylar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Tumanlardan kelib binoga joylashib olgan fuqarolar avvalgi yashash manzillariga qaytariladi. Barcha fuqarolar muammosi tegishli tartibda hal etilganidan so‘ng bino tadbirkorga bo‘shatib beriladi”, — degandi.

    Mavzuga doir: Video: Qashqadaryolik ayol uch yoshga ham to‘lmagan farzandi bilan ko‘chada yashab, chiqindixonalarda tunab qolmoqda

    15.12.2021, 11:39   Izoh (0)   24346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi mashina ichida yonib ketdi (foto, video)

    15.12.2021, 11:25

    “O‘zgidromet” 16-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    15.12.2021, 10:58

    O‘zbekiston armiyasida yangi “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni joriy etilmoqda

    15.12.2021, 10:28

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 900 so‘mgacha ko‘tarildi

    15.12.2021, 09:37

    Toshkentda akasini himoya qilish maqsadida qasddan odam o‘ldirgan yigit 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    15.12.2021, 09:29

    O‘zbekistonda traktor ishlab chiqarish hajmi 2 yilda qariyb besh baravar qisqargan

    15.12.2021, 08:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.