• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahri markazidagi xarobada yashayotgan 69 ta oila bor. Aholi karantin paytida ushbu xarobasidan ham mosuvo bo‘lishi mumkin

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri markazida 69 ta oila “Shodlik” mahallasida joylashgan xarobaga aylangan yotoqxonada istiqomat qiladi. “Daryo”ga murojaat qilgan aholining aytishicha, ular karantin paytida shu xarobasidan ham ajralib qolishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    “Mamlakatimizda karantin e’lon qilingan bo‘lishiga qaramasdan, shu paytda yashab turgan yotoqxonamizdan chiqib ketishimizni talab qilishmoqda. Biz esa qayerga borishni bilmay, boshimiz qotgan. Viloyat hokimligiga borsak, shahar hokimligiga borishimizni aytishadi. Shahar hokimligiga borsak, bizni eshitishmayapti”, — deydi yotoqxonada yashovchi Nodira Davlatova.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur yotoqxonada yashovchi Nasiba Jalilova hamda Nargiza Namozovalarning aytishicha, bu talab O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin boshlangan kundan beri davom etib kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Karantinda ham tinch qo‘yishmayapti, yotoqxonani sotib olishganini, bizga esa chiqib ketishimiz lozimligini aytishadi. Karantin paytida qayerga ham boramiz?”, — deydi Nargiza Namozova.

    Nargiza Namozova

    Nargiza Namozova
    Foto: “Daryo”

    Ushbu yotoqxonada to‘qqiz yildan beri yashab kelayotgan Nasiba Jalilovaning ma’lumot berishicha, mazkur yotoqxona yashovchilarning aksariyati ishsiz. Shu boisdan ham ularni yashab turgan joyidan ajratish, ko‘pchilikning ko‘chada qolishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Pensiyam arzimagan pul, kamligi bois hatto yashashimga ham yetmaydi. Bu yerdan chiqarib yuborishsa, keksa holimga qayerga boraman va kimning uyidan boshpana topaman”, — deydi Nasiba Jalilova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholining aytishicha, viloyat rahbari Zoir Mirzayev hokimlikka tayinlangach, ushbu yotoqxonada bo‘lgan va xonadon vakillari bilan muloqot qilgan.

    Foto: “Daryo”

    “2019-yilning noyabr oylari edi. Viloyat hokimi Zoir Mirzayev va shahar hokimi Normo‘min Xolboyev yotoqxonamizga kelib yashash sharoitimizni ko‘zdan kechirdi. Qishki mavsum uchun yotoqxona derazalari va eshiklariga sellofan qoqib, qishki mavsumga tayyorlash lozimligini aytdi. Va bu yerda yashovchilar uchun munosib shart-sharoit yaratilishini bildirdi”, — deydi aholi vakillari.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilar yotoqxonaga viloyat rahbarining kelishi ularga katta umid bag‘ishlaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Viloyat rahbari kelib-ketgach, sharoitimiz yaxshilanadi, yotoqxonadan chiqib keting, degan dashnomdan qutulamiz deb o‘ylagandik. Ammo berilgan topshiriqqa qaramasdan, shahar hokimi bizning muammomizga e’tibor ham qaratmayapti”, — deydi yotoqxona aholisi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, shaharning 4-kichik tumanida joylashgan 2-sonli yotoqxonada 85 ta xona mavjud bo‘lib, shundan 69 tasida 144 nafar aholi istiqomat qiladi. Yotoqxona 2019-yil may oyida besh nafar tadbirkor tomonidan sotib olingan.

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu yotoqxona 2005-yil fuqaro Ozod Umirov rahbarligidagi ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot balansiga xususiy mulk sifatida o‘tkazilgan. Ozod Umirov esa 2019-yil may oyida binoni bizga sotdi”, — deydi yotoqxonani sotib olgan tadbirkorlar vakili Anvar Jovliyev.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, yotoqxonani sotib olgan tadbirkorlar uni ta’mirlab, xususiy maktab va bog‘chaga aylantirishni maqsad qilgan.

    “Viloyat rahbari ushbu yotoqxonani ko‘zdan kechirgach, biz sotib olganimizni, kelajakda xususiy maktab va bog‘cha qurish niyatimiz borligini eshitdi va qo‘llab-quvvatladi, — deydi Anvar Jovliyev. — Shundan so‘ng biz shahar hokimi Normo‘min Xolboyevga murojaat qilib, qurilishimiz kechikib ketayotganini, yotoqxonani bo‘shatib berishlari lozimligini aytdik. Shahar hokimi esa 2020-yil 1-martga qadar kutib turishimizni iltimos qildi. Ammo 2020-yilning iyul oyi keldiki, yotoqxona haligacha bo‘shatilmadi.

    “Yotoqxona xususiy mulk sifatida sotilganini to‘g‘ri tushunamiz, ammo biz ham ko‘chada qolmasligimiz kerak-ku. Shahar hokimligi bizga ham ko‘mak berib, imkoniyat yaratishini so‘rayapmiz”, — deydi aholi vakillaridan biri Nargiza Namozova.

    Feruza Ro‘ziyeva

    Feruza Ro‘ziyeva
    Foto: “Daryo”

    “Bizga ham ish berishsa, uy olishimiz uchun imtiyoz yaratishsa, qolganini eplaymiz, — deydi mazkur yotoqxonada yashovchi Feruza Ro‘ziyeva. — 11 yildan beri shu yerda yashaymiz. Shuncha payt shu yerda yashab, endi uysiz, joysiz qolish judayam alam qiladi. Eng yomoni turmush o‘rtog‘im ham yo‘q. Yolg‘iz onaman. Aliment puliga ro‘zg‘or tebrataman. Endi karantin payti uydan chiqarib yuborishga harakat qilinishi, bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda”.

    Guli Qahramonova

    Guli Qahramonova
    Foto: “Daryo”

    “Bir nafar farzandimni otasiz katta qilyapman, kafe va oshxonalarda ishlab pul topardim. Karantin paytida ish ham bo‘lmayapti. Endi esa yashab turgan joyimizdan ham chiqarishga urinishyapti, — deydi Guli Qahramonova. — Shahar hokimligiga murojaat qilib, 15 yildan beri shu yerda yashab kelayotganimni, ish va uy olishimiz uchun imkoniyat berishlarini so‘radim. Hokim o‘rinbosari Alisher Nasimov qo‘pol munosabatda bo‘lib, bizni odam o‘rnida ham ko‘rmadi. Umuman yordam berishni istashmayapti”.

    Mamasolih Raimov

    Mamasolih Raimov
    Foto: “Daryo”

    Yotoqxonada yashovchi va ko‘z bo‘yicha birinchi guruh nogironi Mamasolih Raimovning aytishicha, uning shahar hokimligiga qilingan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

    “Hokimlikka murojaat qilib, birinchi guruh nogironi ekanligimni, yordam berishlarini so‘radim. Ammo hech qanday natija yo‘q”, — Mamasolih Raimov.

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, karantin paytida yotoqxonada yashovchilarni hech kim bezovta qilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    “Shahar hokimi topshirig‘i bilan yotoqxonada yashovchilar muammosi o‘rganib chiqilmoqda. Hokimlik imkon qadar aholini qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam berishni maqsad qilgan. Va’da berib aytamizki, karantin paytida aholini hech kim hech qayerga chiqarmaydi”, — deydi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Umid Jabborov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi va muammo yakuni xususida ma’lumot beradi.

    22.07.2020, 08:10   Izoh (0)   48259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ijod maktablari uchun yangi darsliklar yaratiladi

    22.07.2020, 07:55

    O‘zbekistonda axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar Top-10 taligi aniqlandi

    22.07.2020, 07:40

    Andijonda mast mijoz nasiyaga spirtli ichimlik berilmasligini aytgan milliy taomlar oshxonasi ish yurituvchisini pichoqladi (video)

    22.07.2020, 07:26

    “Keyingi yildan davlat xizmati organlari xodimlari tanlov asosida va nepotizmga yo‘l qo‘ymagan holda ishga olinadi” – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining bi...

    22.07.2020, 07:11

    O‘zbekiston TIV vakili Venada BMT bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi

    22.07.2020, 06:56

    Toshkent viloyatida 1,5 tonnadan ziyod noqonuniy alyuminiy olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchi qo‘lga olindi

    22.07.2020, 06:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.