Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Ma’lum qilinishicha, 14-dekabr kuni soat 19:30 larda fuqaro T.E. (1991-yilda tug‘ilgan) Damas avtomashinasini Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy ko‘chasida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan N.S. (2000-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida har ikki avtomashinada yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida Damas haydovchisi R.X. mashina ichida yonib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Avvalroq Tashkent City yaqinida Orlando yonib ketgani, Toshkentda 47-yo‘nalishda qatnaydigan Mercedes avtobusida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi