Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Orlando avtomobilining dvigatel qismida yong‘in chiqdi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 14-dekabr kuni soat 19:25 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasida haydovchi Sh.A. (1981-yilda tug‘ilgan) Orlando avtomobilida harakatlanayotib Hilton mehmonxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.








