Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2021-yil noyabr oyidagi ajrimiga asosan Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Avlonov Vohid Bahriddinovich egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Vohid Avlonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-(hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 209-moddalar (mansab soxtakorligi) bilan jinoiy ish ochilgan.

Ish 30-noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Uning zimmasidagi lavozim vazifalari vaqtinchalik — tuman hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Ne’matov Bahodir Iskandarovich zimmasiga yuklatilgan.

Bundan avval Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlar jazolangani hamda Andijon viloyati prokurori ishdan olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak