• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bir asrlik turkiylar hukmronligi yakuni. Pahlaviylar sulolasining Eron taxtini egallab olishi

    Qadimdan fors madaniyati va fani Sharq olamida muhim o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Forslar ancha davrlardan buyon hozirgi Eron davlati hududida yashab keladi. XI asrgacha ushbu hududda yashab, hukmronlik qilgan fors qabilalari keyingi o‘n asrlikda bu yerlar ustidan hukmronlikni yo‘qotadi. Eron nomi ham VII asrdan so‘ng deyarli muomaladan chiqadi. XX asrgacha bu hududlarda asosan turkiy-mo‘g‘ul qabilalari hukmronlik qiladi. Faqatgina 1925-yilga kelib forsiy pahlaviylar sulolasi turkiy qojarlar sulolasini taxtdan ag‘daradi va mamlakatga forslar boshqaruvi va Eron nomini qaytaradi.

    Eronda turkiy-mo‘g‘ul qabilalari hukmronligi qachon boshlandi va qancha davom etdi?

    Ma’lumki, mamlakatning Eron nomi birinchi bor afsonaviy Sosoniylar sulolasi davrida ishlatilgan. Sulola asoschisi Ardasher I o‘zini “shahan shohi Eron” nomi bilan ataydi. Shundan keyin sosoniylar sulolasi shohlari ham o‘zlarini “shohi Eron” deb atay boshlaydi.

    Sosoniylar sulolasi hukmronligiga Arab xalifaligi tomonidan barham berilgach Eron nomi ham keng muomaladan chiqadi (turli viloyatlar o‘z nomi bilan, umumiy hudud Fors nomi bilan ataladi). Xalifalikdan so‘ng Fors hududlarini qisqa vaqt Safforiylar sulolasi boshqaradi. Keyinchalik Eron mayda davlatlarga bo‘linib ketadi.

    1037-yili Eron tarixida turkiylar davri boshlanadi. Dastlab Saljuqiylar, so‘ng Xorazmshohlar hukmronligi ostida bo‘lgan Fors 1221-yildan mo‘g‘ullar nazorati ostiga o‘tadi. Mo‘g‘ullarning Elxoniylar davlati qulagach, Eronda boshlangan o‘zaro kurashlarni sohibqiron Amir Temur to‘xtatadi va butun Fors ustidan nazorat o‘rnatadi.

    Amir Temur vafot etganidan so‘ng ham Eron biroz vaqt Temuriylar qo‘li ostida bo‘ladi. Qora va oqquyunli turkmanlarning G‘arbiy Erondagi qisqa hukmronligidan keyin sahnaga Eronning hozirgi chegara va davlatchilik ustunlarini o‘rnatishda asosiy rol o‘ynagan kuch — Safaviylar kirib keladi. Eron Ozarbayjonining(janubiy Ozarbayjon) Ardabil shahrida tug‘ilgan turkiyzabon yosh Ismoil I Safaviy o‘n yil ichida Eronning katta qismini egallaydi va Safaviylar davlatiga asos soladi. Ismoil I Safaviy asos solgan davlat o‘z davrida “davlati qizilbosh” (islomning shia oqimiga mansub bo‘lgan safaviylar qizil salla o‘rab yurgan) yoki “qizilboshlar podshohligi” nomi bilan ataladi.

    Shoh Ismoil I Safaviy

    Shoh Ismoil I Safaviy
    Foto: Wikipedia

    Safaviylarni Fors taxtidan turkmanlarning afshor qabilasi yetakchisi Nodirshoh yiqitadi. Afg‘on qabilalari poytaxt Isfahonni egallab, mamlakatni talon-toroj qilayotgan vaziyatda Nodirshoh ozodlik kurashini boshlaydi va bir necha yillik urushlar natijasida Eronni ulkan davlatga aylantiradi. Nodirshoh davrida Xiva va Buxoro xonliklari ham uning davlati tarkibiga qo‘shib olinadi.

    Nodirshoh o‘limidan so‘ng uning avlodlari taxtda ko‘p o‘tirmadi. Endilikda Eron oliy hokimiyatini kurdlarning zend qabilasi egallab oladi. Biroq qirq to‘rt yillik kurdlar hukmronligiga turkiylarning qojarlar sulolasi xotima beradi. Qudratli va shafqatsiz hukmdor Og‘a Muhammadxon 1781-yili zendlarni mag‘lub etib, Fors taxtini yana turkiylarga qaytaradi.

    Qojarlar davrida Eron

    Og‘a Muhammadxon 1794-yili rasman shoh unvoni bilan taxtga o‘tiradi va Eronda qojarlar sulolasi hukmronligini boshlab beradi. Og‘a Muhammad Shoh harbiy yurish paytida zaharlanib vafot etgach taxtga jiyani Fath Ali Shoh o‘tiradi. Fath Ali Shoh davrida Eron tashqi siyosatda bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi. Rossiya bilan bo‘lib o‘tgan ikki urushdagi mag‘lubiyatdan so‘ng 1828-yili Turkmanchoy shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko‘ra, qojarlar Rossiya foydasiga Shimoliy Ozarbayjon(bugungi Ozarbayjon davlati), Gruziya va Armanistondan voz kechadi.

    Fath Ali Shoh va uning vorisi Muhammad Shoh Qojar davrida mamlakatda G‘arb ta’siri kuchayib boradi. Muhammad Shohdan so‘ng taxtga o‘tirgan Nasriddin Shoh qojarlar sulolasining eng dono va iste’dodli hukmdori edi. Uning hukmronlik yillarida mamlakatga G‘arb ilm-fani, texnologiya va ta’lim usullari kiritiladi hamda mamlakatni modernizatsiya qilish boshlanadi. Nasriddin Shoh Qojar Eron mustaqilligini saqlab qolishda Rossiya-Buyuk Britaniya qarshiligidan unumli foydalanadi. Nasriddin Shoh uch ming yillik Eron tarixida eng uzoq hukmronlik qilgan uchinchi hukmdor ham hisoblanadi.

    Qojarlar davrida Eron chegaralari

    Qojarlar davrida Eron chegaralari
    Foto: Wikimedia

    Nasriddin Shoh Qojar mutaassiblar tomonidan o‘ldirilgach, taxtga o‘tirgan Muzaffariddin Shoh davrida Fors mamlakati ancha zaiflashadi. G‘arb davlatlaridan katta qarz olinadi va shohning o‘zi bir necha bor ulkan xarajatlarga olib kelgan Yevropa sayohatlarini uyushtiradi. Parijga tashrif buyurgan Muzaffariddin Shoh Qojar Eron kinematografiyasiga asos soladi. Shoh ziyoli, zodagon va diniy ulamolar talabi bilan 1906-yilda Eron tarixidagi ilk Konstitutsiyani qabul qiladi.

    Muzaffariddin Shoh Qojardan so‘ng taxtga o‘tirgan Muhammad Ali Shoh qojar sulolasining inqirozini boshlab beradi. Ikki yilgina hukmronlik qilgan shoh parlamentni tarqatib yuborgach bundan norozi bo‘lgan kuchlar tomonidan uning o‘zi mamlakatdan haydab yuboriladi. Aynan shu voqeadan so‘ng qojarlar sulolasi real hokimiyatni qo‘ldan chiqaradi.

    Taxtga Muhammad Ali Shoning o‘n bir yoshli o‘g‘li Sulton Ahmad Shoh o‘tqaziladi. Amalda esa hokimiyat baxtiyorlar qabilasi yetakchilari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu paytda Fors deyarli Rossiya tomonidan boshqarilayotgan edi.

    To‘ntarish va shohning quvg‘in qilinishi

    Birinchi Jahon urushi boshlanishi bilan Eron shimolidagi rus qo‘shinlari mamlakatni tark etadi. Biroq forslarning mustaqilligi uzoq davom etmaydi. Mamlakat rus, ingliz, nemis va usmonli qo‘shinlari o‘rtasidagi jang maydoniga aylanadi.

    Rossiyada hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tgach sovet hukumati Erondagi imtiyozlaridan voz kechadi. Natijada Buyuk Britaniya Forsdagi yagona katta kuch bo‘lib qoladi. Biroq Eron parlamenti inglizlarning noteng shartnomasini qabul qilishdan bosh tortadi. Shundan so‘ng ichki noroziliklar va xalqaro bosim sabab ingliz qo‘shinlari ham Forsdan chiqib ketadi. Lekin ketishdan oldin inglizlar, fors kazak qo‘shini sarkardasi Rizo Xonga yordam beradi. General inglizlar yordamida Eron shimolida alohida davlat tuzishga intilgan G‘ilon ayirmachilari harakatini bostiradi.

    1921-yili Rizo Xon va siyosiy arbob Ziyovuddin Tabatayi birgalikda davlat to‘ntarishi uyushtiradi hamda bosh vazir Fathullaxon Akbar hukumati ag‘dariladi. Keyingi ikki yil mamlakatda Rizo Xonning kuchayib borish davri bo‘ladi.

    Ahmad Shoh Qojar (chapda) va Rizo Shoh Pahlaviy (o‘ngda)

    Ahmad Shoh Qojar (chapda) va Rizo Shoh Pahlaviy (o‘ngda)
    Kollaj: “Daryo”

    1923-yilda bosh vazir lavozimini egallagan Rizo Xon butun hokimiyatni qo‘lga olish haqida o‘ylay boshlaydi. Shu yili sog‘lig‘i yomonlashgan Ahmad Shoh Qojar davolanish uchun Fransiyaga ketadi. Mamlakat to‘liq Rizo Xon ixtiyoriga qoladi. Dastlab u Mustafo Kamol Otaturk singari respublika tuzumini o‘rnatish va prezident bo‘lish haqida o‘ylaydi. Biroq shia ulamolari va inglizlarning qarshiligidan so‘ng bu fikridan qaytadi.

    1925-yil 31-oktabr kuni Eron parlamenti hisoblanuvchi Majlis Ahmad Shoh Qojaring taxtdan tushirilgani haqida qaror qabul qiladi. Shohning Yevropaga tashrifi uning surguniga aylanadi.

    1925-yil 12-dekabr kuni esa Rizo Xon Rizo Shoh Pahlaviy nomi bilan taxtga o‘tiradi. Eron tarixida Pahlaviylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Shu bilan Fors tarixidagi turkiylar davri tugaydi.

    Eron — “oriylar davlati”

    Aynan pahlaviylar hukmdori Rizo Shoh mamlakat nomi sifatida rasmiy ravishda Eron nomini qo‘llashni boshladi. 1935-yil shoh Millatlar Ligasiga yuborgan maktubida mamlakat nomini hujjatlarda Eron deb o‘zgartirishni so‘raydi(bungacha Fors (Persian) deb atalgan). Shundan so‘ng xalqaro aloqalarda mamlakat Eron deb atala boshlanadi.

    Eron so‘zi “eroni “ ya’ni “oriylar mamlakati” degan ma’noni beradi. Biroq mamlakatdagi ko‘pchilik ziyolilar Fors nomining yo‘qolishi tarixning katta qismi yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligini aytib norozilik bildirgach, hukumat 1959-yil xalqaro va ichki doiralarda mamlakatning ikki nomidan (Fors va Eron) nomidan parallel ravishda foydalanishga ruxsat beradi.

    Shu tariqa Eron tarixidagi turkiy-mo‘g‘ullar davriga yakun yasagan pahlaviylar sulolasi mamlakatga qadimgi nomini ham qaytaradi.

    13.12.2021, 07:40   Izoh (0)   110293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi?

    O‘zbekiston | 10 may, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.