• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Bir-biriga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    Gollivud shu qadar ko‘p sonli yulduzlarni “ishlab chiqaradi”ki, ularning ba’zilarini bir-birining nusxasi deyish ham mumkin.

    Tendi Nyuton va Zoi Saldana

    Tendi Nyuton:  “Yovvoyi G‘arb dunyosi”, “Roken rolchi”, “Baxt ortidan” filmlari.

    Zoi Saldana: “Avatar”, “Galaktika qo‘riqchilari” filmlari.

    2018-yilda Grem Norton shousida “Yovvoyi G‘arb dunyosi” yulduzi Tendi Nyuton fitnes darsida Viktoriya Bekhem uni Zoi Saldana bilan adashtirganini tan oladi. Jurnalist Jeyms Kordenga bergan intervyusida Zoi Saldananing aytishicha, uning onasi bir marta “Yovvoyi G‘arb dunyosi” filmining suratga olish jarayoni qanday o‘tganini so‘ragan. Qizi bu serialda hech qachon o‘ynamaganligini aytganida uning hayratini tasavvur qiling. Hatto qarindoshlar ham bu ikki aktrisani chalkashtirib yuborishsa, oddiy tomoshabinlar haqida nima deyish mumkin.

    Genri Kevill va Mett Bomer

    Genri Kevill: “Jodugar”, “U.N.C.L.E.dan kelgan josuslar”, “Betmen Supermenga qarshi”

    Mett Bomer: “Amerikancha dahshatli hikoya”, “Oq yoqa”, “Telba patrul”.

    Bugungi kunda Mett Bomer mashhurligi bo‘yicha Genri Kevildan ancha past bo‘lishiga qaramay, ikkala aktyor ham tashqi ko‘rinishi bilan hayratlanarli darajada o‘xshash.

    Keti Perri va Zoi Deshanel

    Keti Perri: “I Kissed a Girl”, “Teenage Dream”, “Roar” singillari.

    Zoi Deshanel: “Yozning 500 kuni”, “Faqat ‘ha’ de”, “Yangi kelgan qiz” filmlari.

    Keti Perri va Zoi Deshanel turli sohalarda mashhur — biri pop yulduzi, ikkinchisi iste’dodli aktrisa. Bundan tashqari, Keti Perri yorqin va ekstravagant liboslarni yaxshi ko‘radi, Zoi Deshanel esa noodatiy uslublar va romantik ko‘rinishlarni afzal ko‘radi. Ammo bu farqlarga qaramay, mashhurlarni tashqi ko‘rinishdan adashtirish mumkin.

    Xavyer Bardem va Jeffri Din Morgan

    Xavyer Bardem: “Qariyalarga joy yo‘q”, “Vikki Kristina Barselona”, “Ona!”, “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar gapirmaydi”.

    Jeffri Din Morgan: “G‘ayritabiiy”, “Tirik murdalar”.

    Aftidan, temperamentli va xarizmatik ispaniyalik Xavyer Bardemni hech kim bilan adashtirib bo‘lmaydi, deb o‘ylarsiz. Ammo 2005-yilda “G‘ayritabiiy” seriali chiqqanida tomoshabinlar hayratda qoladi, chunki ekranda ular bosh qahramonning otasi, amerikalik aktyor Jeffri Din Morgan rolidagi Bardemning deyarli aniq nusxasini ko‘rishadi. Keyinchalik Morgan hatto karyerasining boshida ispan kino yulduzining muxlislari unga esdalik sifatida suratga tushish iltimosi bilan murojaat qilganini kulib tan oladi.

    Natali Portman va Kira Naytli

    Natali Portman: “Leon”, “Qora oqqush”, “Yaqinlik” filmlari bilan tanilgan.

    Kira Naytli: “Poklanish”, “G‘urur va andisha”, “Anna Karenina”, “Karib dengizi qaroqchilari: qora marvarid la’nati”.

    Bu go‘zallar o‘rtasidagi ajoyib o‘xshashlikni sezmaslik qiyin. Natali faoliyatini erta boshlaganiga qaramay, hozir ularning darajasi deyarli bir xil. Qizig‘i shundaki, ular nafaqat tashqi ko‘rinishidan bir-biriga o‘xshash, balki ikkalasi ham ajoyib filmlarda faol rol o‘ynagan, “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan, ko‘p yillar davomida Miss Dior va Coco Mademoiselle parfyumeriya to‘plamlarining yuzlari bo‘lgan.

    Margo Robbi va Jeymi Pressli

    Margo Robbi: “Bir paytlar Gollivudda”, “Tonya dunyoga qarshi”, “Uoll-strit bo‘risi”, “Xudkushlar guruhi”, “Ikki malika”, “Barbi”.

    Jeymi Pressli: “Mening ismim Erl”, “Jek va Jill”.

    Bu juftlikning eng mashhur aktrisasi, shubhasiz, Margo Robbi bo‘lib, u 30 yoshida Gollivudning eng mashhur rejissyorlari — Richard Kertisdan tortib Kventin Tarantinogacha hamkorlikda ishlashga muvaffaq bo‘lgan va ikkita “Oskar” nominatsiyasini olgan. Aktrisalik iste’dodidan tashqari, u o‘zining “qo‘g‘irchoqqa o‘xshash” ko‘rinishi bilan tanilgan, buning natijasida u bir necha bor XXI asrning eng go‘zal ayollaridan biri sifatida tan olingan. Biroq uni yagona deb bo‘lmaydi: ko‘k ko‘zli maftunkor mallasochalar har doim jahon kinosida juda mashhur bo‘lgan. Shuning uchun ham Margo Robbi doimiy ravishda hamkasblari bilan, ko‘pincha model va aktrisa Jeymi Pressli bilan taqqoslanadi.

    Richard Madden va Gas Kenvorti

    Richard Madden: “Taxtlar o‘yini”, “Romeo va Juletta”, “Roketmen” filmlari.

    Gas Kenvorti sportdagi yutuqlari bilan tanilgan: 2014-yilgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medal, AFP Jahon chempionatida uchta g‘alaba

    Richard Madden “Taxtlar o‘yini” kultida rol o‘ynagach, haqiqiy kino yulduziga aylandi. Shubhasiz, 2014-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori Gas Kenvorti ham serialning ashaddiy muxlisi edi. U kutilmaganda lord Eddard Starkning to‘ng‘ich o‘g‘li va Vinterfell merosxo‘ri rolini o‘ynagan aktyorga o‘xshashligini payqab qoladi. Amerikalik fristaylchi hatto Twitter’da post yozgan va u yerda suratga olish paytida vaqti-vaqti bilan uning o‘rniga Richard Maddenni taklif qilgan. O‘sha paytda bu shunchaki hazildek tuyulgan bo‘lsa, ammo hozir Gas Kenvorti aktyorlik karyerasiga jiddiy kirishganga o‘xshaydi. 2019-yilda u “Amerikacha dahshatli hikoyalar” filmining yangi mavsumida epizodik rolda paydo bo‘ldi. Sportdagi yutuqlariga qaraganda, u har qanday faoliyat bilan shug‘ullansa, doimo g‘alaba qozonadigan va tan olinadigan odamlardan biridir.

    21.05.2024, 09:45   Izoh (0)   28470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyor#film#epizodik rol

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Robot-repetitor, genlarni tahrirlash, lazerli ko‘z jarrohligi — mashhurlik, e’tirof va muvaffaqiyatga erishgan kashfiyotchi olimalar

    17.05.2024, 12:45

    Forbes reytingi: 2023-yilda Gollivudning eng ko‘p gonorar olgan top-10 aktyorlari (foto)

    20.05.2024, 10:50

    Suratga olish maydonchasida hamkasblarini o‘ldirib qo‘yishiga oz qolgan aktyorlar

    20.05.2024, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.