Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) 11-dekabr, shanba kuni Toshkentdagi boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschiga Tailand vakili Aekkaueye Kaumane (23-13-0, 11 KO) raqib bo‘ldi. Birinchi raunddayoq Shohjahon kuchli zarbalari bilan raqibini muvozanatdan chiqarib, uni ayanchli ahvolga tushirib qo‘ydi.
Kaumanega ringning o‘zida uzoq vaqt davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi, so‘ngra sportchi zambil yordamida olib chiqib ketildi. Shu tariqa Ergashev navbatdagi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Shohjahon Ergashev bundan oldingi jangida Tanzaniya vakili Salimu Jengoni muddatidan avval mag‘lub etgandi. O‘sha bellashuvga ham Toshkent mezbonlik qilgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)