Andijon viloyatida 12-dekabr kuni soat 03:30 zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 289 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,7 ballga teng bo‘lgan.
Turli hududlarda silkinishlar kuchi quyidagicha bo‘lgan:
- Xo‘jaobod tumanida 4 ball;
- Jalaquduq tumanida 4 ball;
- Buloqboshi tumanida 3 ball;
- Andijon tumanida 3 ball;
- Andijon shahrida 2-3 ball;
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 2 ball;
- Asaka tumanida 2 ball;
- Marhamat tumanida 2 ball.