Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 9-dekabr kuni Asaka tumani hokimining ko‘p qavatli uylarda fuqarolar bilan suhbati aks etgan video Telegram hamda Facebook orqali tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamaga sabab bo‘ldi.
Ushbu videolar “Qadriyat” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Asaka tumani hokimi boshchiligida, tuman hokimining o‘rinbosarlari va sohaga aloqador tashkilotlar rahbarlari birgalikda tumandagi mavjud ko‘p qavatli uylarda aholi bilan uchrashishi jarayonidan olingan.
Shu kuni tuman hokimi va mas’ullar “Qadriyat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 8-, 10-, 12-, 14-, 30-, 36-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41- hamda 42- ko‘p qavatli uylarda bo‘lib aholi vakillari bilan uchrashdi. Ularning muammolari va takliflari ham o‘rgangan edi.
Ta’kidlanishicha, ushbu jarayon onlayn tarzda tuman hokimligining rasmiy Telegram kanalida berib borilgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan video e’tiborsizlik tufayli joylangan. Bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilgan va belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Mavzuga doir:
- Surxondaryoda yana ikki tuman hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosarlari intizomiy jazoga tortildi
- Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari va XTB boshlig‘i o‘quvchilarga rasmga tushish uchun sovg‘a berib, keyin qaytarib olgani aytilgan xabarga munosabat bildirildi
- Chinoz tumani hokimi majburiy obuna tashkil etishga uringani aniqlandi
Izoh (0)