• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama qilindi

    O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Pokiston vakillari Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan Termiz—Mozori Sharif —Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini muhokama qilishga kirishdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, 6—7-dekabr kunlari Toshkentda ushbu temiryo‘l liniyasini loyihalash va qurish bo‘yicha transport vazirliklari va idoralarning mas’ul rahbarlari va mutasaddi vakillari ishtirokida uch tomonlama (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston) va ko‘p tomonlama (O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston) muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

    Yig‘ilish yakunida tomonlar tez orada ilgari surilgan temiryo‘l liniyasini qurish loyihasini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ishchi guruhlar yig‘ilishini doimiy ravishda o‘tkazish va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqqandan so‘ng loyihaga xalqaro moliya institutlarini jalb qilish bo‘yicha kelishib oldi.

    Tomonlar qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro transport kommunikatsiyalari va savdo aloqalarining mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida hamkorlikni chuqurlashtirishda mazkur loyiha ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan.

    7-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afg‘oniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv davomida tomonlar yaqin orada Termiz shahrida savdo-iqtisodiy masalalarini, jumladan,  Mozori Sharif—Kobul—Peshovar yo‘nalishi bo‘ylab temiryo‘l qurish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun qo‘shma muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olgandi.

    30-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiyasining Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston tashabbusi bilan boshlangan Mozori Sharif–Kobul–Peshovar temiryo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqlagandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2-fevral kuni O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari bo‘yicha O‘zbekistonga boshqa bozorlarga chiqish uchun “eng qisqa va eng arzon yo‘l” bo‘ladigan Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘lini qurish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) qabul qilingan.

    Temiryo‘l qurish loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan qo‘shma murojaati asosida AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘larining jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

    Temiryo‘l qurilishi 2022-yilning sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir: “Bu asr loyihasi”. Shavkat Mirziyoyev Mozori-Sharif—Kobul—Peshavor temiryo‘li haqi

    10.12.2021, 13:53   Izoh (0)   21741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda DXX choyxonada qimor o‘ynayotgan 17 kishini qo‘lga oldi. O‘yinni 63 yoshli erkak tashkil qilgan

    10.12.2021, 13:02

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    10.12.2021, 12:28

    O‘zbekistonga 2021-yilning 11 oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma’lum qilindi

    10.12.2021, 12:01

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 11-dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    10.12.2021, 11:12

    O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari ma’lum qilindi

    10.12.2021, 10:57

    Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining yana bir o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

    10.12.2021, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.