Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida oilaviy ajrimlar keskin ko‘paygani bois bir qator MFY o‘rinbosarlariga tuman hokimi tomonidan hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Hokim qaroriga ko‘ra, “Armug‘on”, “Boshliq”, “Qushbegi”, “Dilbuloq”, “Muhandislar”, “Meros”, “Muqimiy”, “Yakkasaroy”, “Rakat”, “To‘qimachi”, “Abdulla Qahhor”, “Yunus Rajabiy”, “Belariq” va “Bobur” mahallalarida ajralishlar soni ortgan. Shu munosabat bilan mahalla raisning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga hayfsan berildi.

Qayd etilishicha, yuqorida tilga olingan mahallalarda oilaviy ajrimlar soni keskin oshgan, ko‘plab oilalar ajralish arafasida turibdi. Shu bilan birga, mahallalar raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagan.

Shuningdek, mahalla raislari ogohlantirilgan. Ushbu choralar Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?