• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda oila farovonligi indeksi joriy etiladi

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi YuNISEF bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda bolalar va onalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish” loyihasini tayyorladi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qayd etilishicha, loyiha doirasida ekspertlar O‘zbekistonda kambag‘allikni ko‘p o‘lchovli o‘lchash metodologiyasini ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan metodologiya asosida O‘zbekistonda oila farovonligi indeksi joriy etiladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning may oyi oxirida O‘zbekistonda ilk bor aholining minimal iste’mol xarajatlari (MIX) qiymatining dastlabki hisob-kitoblari e’lon qilingandi. MIX bir oila a’zosi uchun kishi boshiga bir oyda 440 ming so‘mni, shundan oziq-ovqat xarajatlari 69 foizni va nooziq-ovqat xarajatlari 31 foizni tashkil etdi. Shunday qilib, mamlakatda monetar kambag‘allikni o‘lchashga harakat qilindi.

    Xabarda aytilishicha, keyingi 5 yil davomida boshqa mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi sezilarli darajada yaxshilanadi. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida kambag‘allikni o‘lchashning nomonetar usullarini parallel ravishda o‘rganish rejalashtirilgan. Xususan, YuNISEFning Multidimensional Overlapping Deprivation Analysis (MODA) usuli va BMTTDning ko‘p o‘lchovli kambag‘allik Multidimensional Poverty Measure (MPM) usuli.

    Shu maqsadda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida “O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchash” mavzusida seminar o‘tkazilgan. Tadbirda YuNISEF tadqiqot markazining (Innochenti) xalqaro ekspertlari Gvizer Ris (Gwyther Rees) va Alessandro Karraro (Alessandro Carraro) ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha xalqaro tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bo‘yicha ma’lumot bergan, Gruziya, Qozog‘iston va Chernogoriyadan amaliy misollar keltirgan.

    Xalqaro ekspertlar, shuningdek, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar Bolalar farovonligi indeksini muvaffaqiyatli amalga oshira olmaganini ham ta’kidlab o‘tgan.

    “Oila yoki bolaning farovonligi darajasini o‘lchashga qiziqish 1970-yillarda boshlangan. Bu YaIM va mamlakatning farovonligi oshishi bilan bog‘liq. Farovonligini o‘lchash uchun ko‘p o‘lchovli yondashuv so‘nggi 10 yil ichida joriy etildi”, — degan Gvizer Ris.

    Inson yoki oilaning farovonligi haqida umumiy e’tirof etilgan ta’rifning yo‘qligi qayd etilgan. Odatda, bu kabi tushuncha bir necha tarkibiy qismlardan iborat: sog‘liqni saqlash, ta’lim, sifatli oziq-ovqat, uy-joy, bandlik va boshqa shunga o‘xshash imkoniyatlar.

    Tadbir ishtirokchilari amaliy seminar o‘tkazish oila va bolalar farovonligi sohasidagi monitoring vositalari va siyosat bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan tajriba va fikr almashish imkoniyati ekanini ta’kidlagan.

    “Olingan ma’lumotlar, masalan, kelajakda bola nafaqalari miqdorini aniqlashda turli yondashuvlarni modellashtirishga imkon beradi, bu esa ularning zarur miqdorini aniqlashga yordam beradi. Uy-joy sharoitlariga nisbatan deprivatsiyalarni o‘lchash tegishli mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan foydalanish uchun ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash siyosatini o‘zgartirishga imkon beradi”, — degan seminar tashkilotchilari.

    Mavzuga doir:

    • 440 ming so‘mlik kambag‘allik chegarasi qanday hisoblab chiqilgan va nega bu ko‘rsatkich O‘zbekiston uchun muhim?
    • Qanday yashayapsiz, odamlar? Oyiga 440 ming so‘m ham top(ol)maydigan o‘zbekistonliklar bilan suhbat

    07.12.2021, 22:15   Izoh (0)   30133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda qabul qilishimiz kerak”. Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotlar...

    07.12.2021, 21:32

    Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahbusni afv etdi

    07.12.2021, 21:09

    Samarqanddagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

    07.12.2021, 20:52

    Shavkat Mirziyoyev BMTning maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynni qabul qildi

    07.12.2021, 20:37

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami bilan tabrikladi

    07.12.2021, 20:07

    O‘zbekistonda 6 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

    07.12.2021, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.