Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar—iyun oylarida respublika bo‘yicha 19 406 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jami nikohdan ajralish davrida (2021-yil yanvar—iyun):

  • farzandsiz ajrashish – 51,8 foiz;
  • bitta farzand bilan ajrashish – 27,8 foiz;
  • ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashish – 20,4 foizni tashkil qilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda ajrashgan oilalarning 33,8 foizi 1-4 yil yashagandan so‘ng nikohni bekor qilgani, mamlakatda 40,4 foiz holatda ajrimlar moddiy muammolar tufayli kelib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.Eslatib o‘tamiz, mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev oldinlari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lishi, butun mahalla oyoqqa turishi, ajrim — bu katta fojia ekanini aytib o‘tgandi. “Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani endi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa... Oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa... Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman. Oila — bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor”, — degan edi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi