Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Gazeta.uz” nashri bir qator vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqlab, maqola e’lon qildi.

Illyustrativ surat

Illyustrativ surat
Foto: “Avtoevolution.com”

Unda Toshkent shahar hokimligiga yaqinda fuqaro tomonidan sovg‘a qilingan Mercedes-Benz Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekani haqida ham aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 30-noyabr kuni fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovnaga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli, davlat raqami 01M798HB bo‘lgan qora rangli yengil avtotransport vositasini hokimlikka ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish taklifini qabul qilish haqidagi qarorni imzolagandi.

“Nashr manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil aslida Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli. Ehtimol, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi qarorida davlat xizmatchilarining xizmat avtomobillari qiymati cheklangani tufayli Mercedes-Benz S500 Hybrid avtomobilini ‘beg‘araz berish’ga qaror qilingandir. Hokimiyat ‘Gazeta.uz’ga vaziyat bo‘yicha izoh berishni rad etdi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2021-yilda ishlab chiqarilgan bunday avtomobil narxi Avtoelon.uz saytida 295 ming dollar ko‘rsatilgan. Hokimlar avtomobillari uchun cheklov esa bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravari (540 million so‘m) etib belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi