• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat O‘zbekistonda 2020—2021-yillarda gaz-ballon o‘rnatilgan 17 ta mashina portlagani haqida axborot berdi. Aslida oxirgi bir yilning o‘zida kamida shuncha portlash bo‘lgan

    O‘zbekiston Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zolari 23-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida gaz-ballon bilan jihozlangan avtomobillar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni o‘rganib chiqqan, 24-noyabrda esa viloyatdagi ahvol va ko‘rilayotgan choralar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

    Senator Tolibjon Madumarov Farg‘ona viloyatida gaz-ballon o‘rnatilgan avtomobillarning texnik holatini ko‘zdan kechirmoqda, 2021-yil 23-noyabr.

    Senator Tolibjon Madumarov Farg‘ona viloyatida gaz-ballon o‘rnatilgan avtomobillarning texnik holatini ko‘zdan kechirmoqda, 2021-yil 23-noyabr.
    Foto: Senat axborot xizmati

    Yig‘ilishda, jumladan, Farg‘ona viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli 341 820 ta avtotransport vositasining 249 664 tasi (73 foizi) va 31 814 ta yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalarining 29 214 tasi (91,7 foizi) gaz ballon bilan jihozlangani ma’lum qilingan. Ayni vaqtda “olib borilgan ishlar bilan bir qatorda ba’zi kamchilik va muammolar borligi ham ko‘rsatib o‘tilgan”. Masalan, “gaz ballonlariga ortiqcha bosimda gaz to‘ldirilib, yaroqlilik muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan gaz ballonlaridan ham foydalanish holatlari ko‘payib bormoqda”.

    Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov Farg‘ona shahrida gaz-ballon o‘rnatilgan avtomobillar masalasiga bag‘ishlangan muhokamada nutq so‘zlamoqda, 2021-yil 24-noyabr.

    Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov Farg‘ona shahrida gaz-ballon o‘rnatilgan avtomobillar masalasiga bag‘ishlangan muhokamada nutq so‘zlamoqda, 2021-yil 24-noyabr.
    Foto: Senat axborot xizmati

    “Jumladan, 2020-yil va joriy yilning 10 oyi davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 17 ta portlash holati sodir bo‘lgan va ularning bittasi aynan Farg‘ona viloyatida qayd etilgan”, — deyiladi Senat axborot xizmati xabarida. Aynan mana shu nuqtada noaniqlik bor — O‘zbekistonda so‘nggi bir yilning o‘zida gaz-ballonli avtomobillar portlashi bilan bog‘liq kamida 17 ta holat yuz bergan (Senat axborot xizmati ushbu raqam Bosh prokuraturadan olinganini bildirdi).

    Dekabrdan dekabrgacha — jami 17 ta holat

    2021-yil 1-yanvardan to bugun (7-dekabr)gacha gaz-ballon o‘rnatilgan avtomobillarning portlashi bilan bog‘liq kamida 16 ta holat OAVda yoritilgan (avgust oyida Namanganning Uchqo‘rg‘on tumanidagi noaniq qolgan holat ham — avval yong‘in chiqib, so‘ng avtomobildagi gaz-ballon portlaganmi yo gaz-ballon portlagach yuz bergach, yong‘in kelib chiqqanmi — hisobga olinsa, 2021-yilning o‘zida 17 ta holat yuz bergan bo‘lib chiqadi).

    Jumladan, 25-yanvar kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz-ballon o‘rnatilgan Nexia, 27-mart kuni Sirdaryoning Guliston shahrida Damas portlagan. 13-aprel kuni Jizzax shahrida yurib ketayotgan chiqindi tashuvchi Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlashi oqibatida yo‘l chetida turgan ota-bola tan jarohati olgan (oxir-oqibat bolaning oyog‘i kesib tashlangan). 22-aprel kuni Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz-zapravkadagi Nexia’ning gaz-balloni portlab ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, gaz-zapravkaning bir xodimi jarohatlangan.

    Chiroqchi tumanida 22-may kuni harakatlanib ketayotgan Nexia’ning gaz-ballon portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, avtomobilning o‘zi esa mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelgan edi.

    Chiroqchi tumanida 22-may kuni harakatlanib ketayotgan Nexia’ning gaz-ballon portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, avtomobilning o‘zi esa mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelgan edi.
    Foto: Telegram

    22-may kuni ikkita baxtsiz hodisa qayd etilgan — biri, senatorlar ta’kidlaganidek, Farg‘ona viloyatida, ikkinchisi esa Qashqadaryoda. Quvada gaz to‘ldirayotgan “Jiguli”ning gaz-balloni portlashi oqibatida mashinaning 32 yoshli haydovchi va mashina yaqinida turgan yana bir 58 yoshli fuqaro jarohatlangan. Chiroqchida esa yurib ketayotgan Nexia’ning gaz-balloni portlab, ikki kishining umriga zomin bo‘lgan, yana bir kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    1-iyun kuni odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan yana bir hodisa Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yuz bergan — yo‘lda harakatlanib ketayotgan Lacetti’ning gaz balloni yorilib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 9-iyun kuni Samarqand shahridagi gaz-zapravkada Nexia avtomobilining balloni portlab ketgan (jabrlanganlar yo‘q). 28-iyul kuni shunga o‘xshash voqea Surxondaryoning Muzrabot tumanidagi gaz-zapravkada UAZ avtomobili bilan sodir bo‘lgan.

    Sirdaryoning Oqoltin tumanida 1-iyun kuni harakatlanib ketayotgan Lacetti’ning gaz-ballon uskunasi portlashi oqibatida ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, haydovchi va yana bir yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

    Sirdaryoning Oqoltin tumanida 1-iyun kuni harakatlanib ketayotgan Lacetti’ning gaz-ballon uskunasi portlashi oqibatida ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, haydovchi va yana bir yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
    Foto: Telegram / @Sirdaryo

    8-sentabr kuni Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida “Gazel” yuk mashinasi gaz-balloni portlagan, bir kishi jarohatlangan. 29-sentabr kuni Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi gaz-ballonli Lacetti portlagan, bir kishi tan jarohati olgan. 2-oktabr kuni Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanidagi gaz-zapravkada Lacetti avtomobili portlab ketgan. 14-oktabrda Buxoroda yuk mashinasiga aylantirilgan gaz-ballonli “Volga” portlagani haqida xabar berilgan.

    27-oktabr va 4-noyabr kunlari Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida gaz-ballon o‘rnatilgan Nexia’lar ishtirokida portlashlar yuz bergan (jami to‘rt kishi tan jarohati olgan). 18-noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz-zapravkada Matiz avtomobili portlab ketgan, uch kishi tan jarohati olgan. Shunday qilib, avtomobillarda gaz-ballon portlashi bilan bog‘liq 2021-yilning o‘zida yuz bergan kamida 16 ta hodisa oqibatida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 7 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi tan jarohati olgan.

    Buxoro viloyatida 2020-yil 20-mart kuni Nexia-3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonining portlashi oqibatida 50 va 24 yoshli ikki ayol va 3 yoshli bolakay halok bo‘lgan edi.

    Buxoro viloyatida 2020-yil 20-mart kuni Nexia-3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonining portlashi oqibatida 50 va 24 yoshli ikki ayol va 3 yoshli bolakay halok bo‘lgan edi.
    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Agar bunday baxtsiz holatlar hisob-kitobini 2020-yil dekabr oyidan boshlasa, portlashlar soni 17 tani tashkil etadi — 22-dekabr oqshomida Buxoro shahrida harakatlanib ketayotgan “Jiguli” avtomobilidagi gaz-ballon portlab ketgan, haydovchi tan jarohati olgan. Bundan tashqari 2020-yilda yana kamida to‘rtta (Sirdaryoda bitta, Andijonda bitta, Buxoroda ikkita) portlash yuz bergan. Xususan, 20-mart kuni Buxoroda Nexia-3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz-ballon portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan — 2020—2021-yillarda yuz bergan va jamoatchilikka oshkor qilingan boshqa biror holatda bu qadar ko‘p qurbon bo‘lmagan.

    07.12.2021, 16:39   Izoh (0)   38996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda “aholini boy qilish maqsadida” arzon kredit evaziga qurilgan issiqxonalar birinchi qordan keyinoq qulab tushdi

    07.12.2021, 15:11

    “Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha quruq so‘zdan amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi” — Abdulaziz Komilov

    07.12.2021, 14:36

    Jizzaxda mahkum o‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirib, jinoyat sodir etdi

    07.12.2021, 14:05

    “O‘zgidromet” 8-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    07.12.2021, 13:50

    O‘zbekistonda foydalanilgan vaksinalar soni 35 mln dozadan oshdi

    07.12.2021, 13:08

    Toshkentdagi chegara bojxona postida yuk konteyneriga yashirilgan 200 mln so‘mlik elektromobil aniqlandi

    07.12.2021, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

    O‘zbekiston | 18 iyun, 21:00

    Kim qon donori bo‘lishi mumkin? Donorlik va uning foydasi haqida to‘liq qo‘llanma

    Layfstayl | 18 iyun, 20:55

    ABC: AQSH harbiy-dengiz kuchlarining kamida ikkita esminetsi Isroilni himoya qilishda ishtirok etmoqda

    Dunyo | 18 iyun, 20:50

    Andijonda yigit Instagramʼdagi izohi uchun 6 sutkaga qamaldi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 20:40

    “Isroil Trampni mojaroga tortmoqchi” — Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 18 iyun, 20:30

    BTS guruhi xonandalarining harbiy xizmatdan qaytishi Janubiy Koreya iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltirishi mumkin

    Musiqa | 18 iyun, 20:20

    Prezident Kumushkondagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi (foto)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.